Makroiqtisodiy tahlil


Download 1.84 Mb.
bet35/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

7.3.3. Pul agregatlari

Pul agregatlari pul massasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Har qanday Markaziy bank pul agregatlarini shakllantirishda


quyidagi pintsiplarga asoslanadi:





  1. Pul agregatlari likvidlilik darajasi past bo‘lgan aktivlarga likvidlilik darajasi yuqori bo‘lgan aktivlarni ketma-ket qo‘shib borish yo‘li bilan shakllantiriladi.




  1. Har bir pul agregati o‘zidan oldingi pul agregatini o‘z ichiga oladi. Xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan pul agregatlariga kiradi: M0 – muomaladagi naqd pullar;

M1 = M0 talab qilib olinadigan depozitlar + chekli omonatlar + yo‘l


cheklari;
M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlari;

M3 = M2 + depozit sertifikatlari + jamg’arma sertifikatlari + davlatning qimmatli qog’ozlari.


Qayd etish joizki, AQSh bank amaliyotida pul massasini tavsiflash maqsadida quyidagi pul agregatlaridan foydalanilmoqda:


M0 - Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar;


M1 - M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari + kredit

kartochkalari;


M2 - M1 + kichik summadagi muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlari + pul bozorining depozit hisobraqamlaridagi mablag’lar + qisqa muddatli REPO bitimlari + yevrodollardagi depozitlar;


M3 - M2 + yirik summadagi depozit sertifikatlari + moliya bozorlarida muomalada bo‘lgan o‘zaro fondlarning pul mablag’lari + muddatli REPO hisobarqamlari + yevrodollardagi muddatli shartnomalar; L – M3 davlatning qisqa muddatli qimmatli qog’ozlari + korporativ


qimmatli qog’ozlar + jamg’arma obligatsiyalari + bank aktseptlari.

66


7.4. Pul-kredit sektori tahlili uslubiyati


7.4.1. Pul-kredit sohasining hisoblarini yuritish. Moliya tizimining tarkibi. Pul-kredit tizimi statistikasi asosida hisobga olish



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling