Makroiqtisodiy tahlil


tamoyillari. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari. Pul-depozit banklari. Pul-kredit sharhi


Download 1.84 Mb.
bet36/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

tamoyillari. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari. Pul-depozit banklari. Pul-kredit sharhi

Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi.


Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-kredit sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisob-kitob markazi hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy resurslarni sektorlararo harakatini ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks etadi.


Ikkinchidan, pul-kredit hisoblari ochiq iqtisodiyotni makroiqtisodiy tahlil qilishda markaziy rol o‘ynaydigan o‘zgaruvchilar (pul, kredit, xorijiy aktivlar va passivlar kabi) holatini ifodalaydi. Bu o‘zgaruvchilarning daromadlar, narxlar va TBning holatiga ta’sir mexanizmini tushuntirishi uchun bir qancha turli klassik va hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalari ishlab chiqilgan. Ushbu paragrafda TBga monetar yondashish uchun asos bo‘lgan pul-kredit sohasidagi hisobga olish kategoriyalari ko‘rib chiqilgan. Pul-kredit sohasining hisoblar tizimi yetarli darajada keng va moslanuvchan bo‘lgani uchun pul, narxlar va TBning turli nazariyalarga asoslangan tahlil ishlarida foydalanish mumkin.


Uchinchidan, barqarorlik dasturlari doirasida biror-bir mamlakatda shakllangan muayyan holatlarni hisobga olgan turli xil vosita va yondoshishlardan foydalaniladi. Ushbu dasturlar nazariy asoslarining markaziy elementi bo‘lib pul-kredit agregatlari va soliq-budjet operatsiyalari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar (albatta, TBning yakuniy holatini hisobga olgan holda) hisoblanadi. Shu sababli, pul-kredit sektori hisoblarining tarkibi va holati to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lish, barqarorlashtirish dasturining asosi hisoblanmish pul-kredit tahlilida juda muhimdir.


Va nihoyat, to‘rtinchidan, pul-kredit hisoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni odatda minimal xarajatlar bilan olish mumkin. Hattoki, rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham iqtisodiyotning holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar yetishmasligiga qaramasdan, pul-kredit sektori bo‘yicha ma’lumotlar makroiqtisodiy



67


statistikaning eng ishonchli qismi ekanligi, mamlakatdagi joriy holatni kuzatishda iqtisodiy siyosat olib boradigan idoralar uchun katta ahamiyatga egadir. Shunga ko‘ra, barqarorlashtirish dasturlarini amalga oshirish jarayonida umumlashtiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar ko‘pincha bazis mo‘ljallari va me’yorlari bo‘lib xizmat qiladi.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling