Makroiqtisodiy tahlil


Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarning pul-kredit tahlili


Download 1.84 Mb.
bet38/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

7.4.3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarning pul-kredit tahlili

Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarning pul-kredit sohasini tadqiqot qiluvchi mutaxassislari biror-bir mamlakatga xos bo‘lgan tizimiy


69
va institutsional xarakterga ega bo‘lgan muayyan muammolarga duch kelishadi.




-Pul aylanish tezligining tez-tez o‘zgarib turishi.
-Tijorat banklari orasida raqobatning yo‘qligi.
-Korxonalarning o‘zaro qarzdorligi.
-Pul va moliya bozorlarining mavjud emasligi.
-Foiz stavkalari sohasidagi muammolar.
-Depozit va kredit stavkalari orasidagi katta farq.
-Davlat sektorining moliyalashtirishga katta ehtiyojlari.


7.4.4. Pul agregatlarini bashoratlash. Pulga talabni bashoratlash. Pul taklifini bashoratlash

PKBIning moliyaviy dasturlashni amalga oshirishdagi asosiy vazifasi belgilangan inflatsiya sur’atlari va YaIMning real o‘sish sur’atini


ta’minlovchi pul taklifi bilan pulga talab darajalarini muvofiqlashtirishdan iborat bo‘ladi. Pulga talab bashorati PKBI belgilangan pul massasi hajmiga erishish maqsadida boshqaruv vositalariga o‘zgartirishlar kiritish uchun zarurdir.




Pulga talab bashorati

Pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarni miqdoriy baholash va ularni iqtisodiyotning boshqa sektorlari bilan bog‘lash uchun asos bo‘lib pul-kredit sharhi (PKSh) xizmat qiladi.


PKShning asosiy ayniyati quyidagicha yoziladi:




NFA+NDC=M2-OIN,

bu yerda: M2 – keng ma’nodagi pul massasi, ya’ni tor ma’nodagi pul massasi (M1) bilan kvazi pullar (QM) yig‘indisi; NFAsof xorijiy aktivlar; NDCsof ichki kreditlar; OIN –boshqa sof moddalar.


PKBIning muhim vazifalaridan biri yuqorida keltirilgan o‘zgaruvchilarning talabga javob beradigan va kutilayotgan boshqa makroiqtisodiy o‘zaruvchilarga mos keluvchi kelgusidagi miqdorlarini bashoratlashdir. Bu yo‘lda birinchi muhim qadam sifatida pulga talabni bashoratlash hisoblanadi.


Pulga talabni baholashda ikkita asosiy yondashuv mavjud. Ulardan birinchisi nominal YaIM ni pul massasi miqdoriga bo‘lish orqali hisoblanadigan pul aylanish tezligining oxirgi o‘zgarishlarini ekstropolyatsiyalashga asoslanadi.



70

.


Agar pul aylanish tezligi oxirgi bir necha yil davomida o‘zgarmagan bo‘lsa yoki qandaydir tendensiya bo‘yicha o‘zgargan bo‘lsa, shu asosda bashorat davri uchun pul aylanish tezligini baholash mumkin. Shu tarzda aniqlangan pul aylanish tezligining miqdoriga asoslanib inflatsion kutish va foiz stavkalari bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish mumkin.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling