8.1.1-rasm Fiskal siyosat turlari30
bunda,
AD – yalpi talab;
LRAS – uzoq muddatda yalpi taklif; SRAS – qisqa muddatda yalpi taklif;
Y – milliy ishlab chiqarishning real hajmi; P – narxlar darajasi.
Bundan tashqari fiskal siyosat: diskretsion va nodiskretsion (avtomatik) turlarga bo‘linadi.
Soliqlarning yalpi taklifga ta’sirini o‘rgangan olim AQSh sobiq prezidenti R. Reyganning maslahatchisi, «taklif iqtisodiy nazariya»si konsepsiyasi asoschilaridan biri bo‘lgan Artur Lafferdir. Laffer shunday bir gipotetik egri chiziqni yaratdiki, u orqali soliq stavkasi o‘zgarishi tufayli davlat budjetiga tushadigan umumiy soliq tushumlari o‘zgarishini ko‘rish mumkin (bu egri chiziq gipotetik deb atalishining sababi, Laffer unda o‘z xulosalarini statistik ma’lumotlar asosida emas, balki gipoteza (taxmin qilish) orqali, ya’ni logik mulohaza orqali tushuntirib bergan (8.1.2-rasm).
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018
73
8.1.2-rasm. Laffer egri chizig‘i31
bunda,
t – soliq stavkalari;
topt – optimal soliq stavkasi;
T – soliq tushumlari.
Bu egri chiziqda optimal soliq stavkasi ko‘rsatilgan bo‘lib (topt), bunday soliq stavkada soliq tushumlari maksimal (Tmax) bo‘ladi. Agar soliq stavkasi oshirilsa (topt dan), u holda faollik darajasi pasayadi va soliq tushumlari qisqaradi, chunki soliq bazasi – Y kamayadi.
8.1.3-rasm. Soliqlar pasayishining yalpi taklifga ta’siri32
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018
N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018
74
Soliqlarni pasaytirish yalpi talabni oshirib, ishlab chiqarish hajmini oshirsa va inflatsiyaga olib kelsa, yalpi taklifga u antiinflatsiyali chora sifatida ta’sir etadi, ya’ni ishlab chiqarish hajmining oshishi (Y1 dan Y * gacha) narx darajasining pasayishi bilan kuzatiladi (8.1.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |