Makroiqtisodiy tahlil


Pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


Download 1.84 Mb.
bet31/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

7.2. Pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


7.2.1. Pul-kredit siyosati vositalari (instrumentlari) ning turkumlanishi

Iqtisodiy adabiyotda pul-kredit siyosati vositalari, ya’ni instrumentlarini quyidagi ikki guruhga ajratish keng tarqalgan:





  1. An’anaviy instrumentlar.

  2. Noan’anaviy instrumentlar.

Pul-kredit siyosatining an’naviy instrumentlariga quyidagilar kiradi:



Pul-kredit siyosatining noan’anaviy instrumentlariga quyidagilar kiradi:





  • tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash;







  • tijorat banklari depozitlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilash;




  • selektiv kreditlash.



7.2.2. Pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlari.


Qayta moliyalash siyosati. Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishda uning an’anaviy instrumentlaridan (qayta moliyalash siyosati, majburiy zaxira siyosati, ochiq bozor siyosati, valuta siyosati va depozit siyosati) foydalanish muhim o‘rin tutadi. Nafaqat taraqqiy etgan mamlakatlarda (katta yettilik davlatlari – AQSh, Yaponiya, GFR, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanada), balki o‘tish iqtisodiyoti

61


mamlakatlarida ham an’anaviy monetar instrumentlardan foydalanish pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tayanch vositalari vazifasini bajarmoqda.

Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bog’liq bo‘lgan tadbirlar majmui bo‘lib, ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi:





  1. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli.




  1. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli.




  1. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan to‘g’ridan - to‘g’ri kreditlash usuli.




Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling