Makroiqtisodiy tahlil
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.7.2-rasm. Avtonom xarajatlar multiplikatori 16
- 6. 8. Tejamkorlik paradoksi
- 6.8.1-rasm. Tejamkorlik paradoksi
Multiplikator – bu yalpi xarajatlarning bir birlikka ortishi (kamayishi) yalpi daromadlarni necha marotaba oshishi (qiskarishi)ga olib kelishini ko‘rsatuvchi koeffitsientdir. Multiplikatorning ta’siri bir iqtisodiy agentning sarflagan xarajatlari albatta boshqa bir iqtisodiy agentning daromadiga aylanishi va oxirgisining bir qism daromadini sarflashi uchinchi bir iqtisodiy agent daromadi(va hokazo)ga aylanishiga olib kelishiga asoslangan. Natijada multiplikator samarasi tufayli umumiy daromad miqdori ilk bor qilingan xarajatlar miqdoridan bir necha marotaba yuqori bo‘ladi.
Yalpi daromadlarning ortishi ilk bor qilingan investitsiyalar miqdoridan bir necha barobar katta bo‘ladi, ya’ni multiplikator samarasi 52
amal qiladi va ushbu multiplikator (ammo endi investitsiya xarajatlari multiplikatori) ham xuddi yuqoridagidek aniqlanadi: 1/ 1-MPC
Xarajatlar multiplikatori (masalan, investitsiyalar multiplikatori) samarasining grafik tasviri (6.7.2-rasmda keltirilgan. ) Rasmdan ko‘rinib turibdiki, har bir keyingi ortgan daromad oldingisiga nisbatan kamayib bormoqda. Multiplikatsiya jarayoni daromadning oshishi 0 ga teng bo‘lgunga qadar davom etadi.
6.7.2-rasm. Avtonom xarajatlar multiplikatori16 Iste’molga chekli moyillik (MPC) qanchalik katta bo‘lsa, avtonom xarajatlar multiplikatorining kattaligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Agar masalan, MPC = 0, 9 ga teng bo‘lsa, u holda multiplikator = 10 (1 / (1 – 0, 9) = 10)ga teng, MPC = 0, 75ga teng bo‘lganda, multiplikator = 4 (1 / (1 – 0, 75) = 4)ga teng bo‘ladi. MPC rejalashtirilgan xarajatlar egrisining qiyaligini belgilaganligi uchun, MPC qanchalik katta bo‘lsa, egri chiziq shunchalik tik bo‘ladi. Rejalashtirilgan xarajatlar egrisi qanchalik tik, ya’ni MPC va multiplikator qanchalik katta bo‘lsa, bir xil hajmdagi xarajatlarning ortishi daromadlarning shunchalik ko‘proq hajmda ortishiga olib keladi. N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018 53 6. 8. Tejamkorlik paradoksi Oddiy keynscha modeldan ma’lum bo‘ldiki, iqtisodiyotning o‘sishini ta’minlash uchun yalpi xarajatlarni oshirish kerak, ular esa in’eksiyalar hisoblanib, yalpi daromadlarni multiplikator samarasi orqali oshishini ta’minlab beradi. Xarajatlardan chiqib ketgan oqimlar esa yalpi daromadni multiplikativ qisqartirib, iqtisodiyotni retsessiya yoki depressiya holatiga olib kelishi mumkin. Bunday paradoksdan shunday xulosa kelib chiqadi: iqtisodiyot qanchalik jamg‘arsa, u shunchalik kambag‘allashadi. (Paradoks shundaki, agarda kishi o‘z jamg‘armalarini oshirsa, u boyib boradi, iqtisodiyot esa jamg‘armalar ortgan sayin kambag‘allashadi). Tejamkorlik paradoksining grafik ko‘rinishi 6.8.1-rasmda ikki xil usulda ko‘rsatilgan: 1) investitsiyalar va jamg‘armalar grafigida (a); 2) oqimlar va in’eksiyalar grafigida (b). 6.8.1-rasm. Tejamkorlik paradoksi Keynscha modelda jamg‘armalar daromadga to‘g‘ridan–to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, investitsiyalar avtonom kattalik hisoblanar ekan, u holda, 54
jamg‘arma egri chizig‘i musbat qiyalikni, investitsiya egrisi gorizontal chiziqni aks ettiradi. Jamg‘armalarning ortishi jamg‘arma egri chizig‘ini chapga va yuqoriga S1 dan S2 ga siljitadi. Agarda investitsiyalar miqdori o‘zgarmasa, u holda jamg‘armalarning ortishi yalpi daromadlarni Y1 dan Y2 gacha kamayishiga olib keladi, ya’ni jamg‘armalarning ortishi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuviga olib keladi (6.8.1-b rasm). 6.8.1-a rasmda daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan va shuning uchun gorizontal chiziq ko‘rinishida aks ettirilgan avtonom xarajatlar egri chizig‘i (in’eksiyalar) va yalpi daromadning muayyan bir qismini tashkil etuvchi MLR×Y ga teng bo‘lgan oqimlar egri chizig‘i keltirilgan. Oqimlar egri chizig‘i qiyaligi MLR kattaligi orqali aniqlanadi. Keltirilgan grafik nafaqat jamg‘armalarni, balki har qanday turdagi oqimlarni (masalan, soliqlar, import) iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish imkoniyatini beradi. Oqimlar kattaligi oshganda, MLR ortadi va oqimlar egri chizig‘i kattaligi yanada tikkaroq bo‘ladi. Natijada avtonom xarajatlar kattaligi o‘zgarmas bo‘lganda yalpi ishlab chiqarish hajmi Y1 dan Y2 ga qisqaradi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling