Makroiqtisodiy tahlil


-rasm. Keyns modelida muvozanat (Keyns xochi)


Download 1.84 Mb.
bet26/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

6.5-rasm. Keyns modelida muvozanat (Keyns xochi)15

Xarajatlar va daromadlarning muvozanati, ya’ni tovarlar bozorining muvozanati ikki egri chiziq kesishgan nuqtada joylashgan (A nuqta). Bu nuqtada:





  1. rejalashtirilgan xarajatlar ishlab chiqarish hajmi (daromad)ga teng: Ep = Y;




  1. haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng: E = Ep;

  2. in’eksiyalar oqimlarga teng: I = S;




  1. N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018

51

4) rejalashtirilgan investitsiyalar jamg‘armalarga teng:
Ip = S

Muvozanatli bo‘lmagan nuqtalarni ko‘rib o‘taylik. Masalan, B nuqtada in’eksiyalar oqimlardan kam.




Ep < Y, Ep< E Ip< S
Aksincha, C nuqtada in’eksiyalar oqimlardan ortiq.
Ep > Y, Ep> E Ip> S

Keyns yalpi talab nazariyasining umumiy natijasi – bu multiplikator samarasidir. Multiplikator tamoyiliga asoslangan iqtisodiy o‘sish daromadlar va jamg‘armaga chekli moyillikning ortishiga imkon beradi. Yuqori darajadagi faollik davrida jamg‘armalarning ortishi yangi investitsiyalar va demakki, iqtisodiy o‘sishga asos bo‘ladi (akselerator samarasi).




6.7. Multiplikator samarasi

Ishlab chiqarilgan mahsulotning muvozanatli hajmini aniqlash uchun (muvozanatli milliy daromad) uni rejalashtirilgan xarajatlar miqdoriga tenglashtirish kerak bo‘ladi:





  1. = C + I p bunda,

C = Ca + MPCxY


ya’ni, Y = Ca + MPCxY + Ip

Agarda xarajatlar ortsa nima bo‘ladi? Keyns yalpi xarajatlarning oshishi daromadlar ortishiga olib kelishini ko‘rsatib berdi, ammo shunisi muhimki, endi daromadlar uni ortishiga olib kelgan xarajatlarga qaraganda ko‘prok darajada ortar ekan (ya’ni mutiplikator samarasi orqali).





Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling