Makroiqtisodiy tahlil
Investitsiyalar va daromad
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.6. Keynscha modelda milliy ishlab chiqarishning muvozanat hajmi
- «Keyns xochi»
Investitsiyalar va daromad. Investitsiyalar funksiyasini keynscha tahlilga kiritish uchun yuqorida aytib o‘tilganlarning o‘zi kifoya qilmaydi. Buning uchun investitsiyalar hajmining yalpi daromad miqdoriga bog‘liqligini aniqlash lozim bo‘ladi.
Investitsiyalar: sof (ishlab chiqarish hajmini oshiruvchi) va tiklanadigan (asosiy kapitalning emirilgan qismini qoplovchi) turlarga bo‘linadi. Keyns modelida YaIM = SIM = MD bo‘lganligi sababli, faqat sof investitsiyalar haqida so‘z yuritiladi. 49 R I 4-rasm. Investitsiyalar va foiz stavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlik grafigi14 Bulardan tashqari, avtonom (daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan – autonomous investment) va indutsirlangan (kattaligi daromad darajasi bilan aniqlanadigan – induced investment) investitsiyalar mavjud. Keyns o‘z tahlilida faqatgina avtonom investitsiyalarni ko‘rib o‘tgan. 6.6. Keynscha modelda milliy ishlab chiqarishning muvozanat hajmi AD–AS chizmasi orqali aks ettirilgan yalpi talab va yalpi taklif grafiklari, ularning muvozanatga erishgandagi holatlari ko‘rib o‘tilgan edi. Bunday ko‘rinishdagi tahlil narxlar darajasi egiluvchan bo‘lgandagi uzoq muddatni ko‘rib o‘tgan klassik modelga xosdir. Keynscha model iqtisodiyotni qisqa muddatda ko‘rib chiqib tahlil etgan va unga narxlarning qattiq bo‘lishi xarakterli bo‘lganligi bizga ma’lum. Shuning uchun keynscha modelni tahlil etish uchun AD-AS grafigining ilgarigi chizmasi endi mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Eslatib o‘tamiz, uni tasvirlashda vertikal o‘qqa narxlar darajasi, gorizontal chiziq bo‘ylab esa milliy ishlab chiqarishning real hajmi belgilangan edi. Keynscha makroiqtisodiy modelda muvozanat o‘rnatilishini tadqiq etish uchun haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar tushunchalarini kiritish kerak bo‘ladi, ular o‘z o‘rinda o‘zaro teng bo‘lmasligi mumkin. Haqiqiy xarajatlar (E) – haqiqatda uy xo‘jaliklari (C - iste’mol xarajatlari) va firmalar (I - investitsion xarajatlar) tomonidan qilingan xarajatlardir, ya’ni, ikki sektorli modelda: ECI N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018 50 Haqiqiy xarajatlar egrisi bissektrisa (450 ga teng chiziq)ni aks ettiradi, chunki haqiqiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga teng bo‘lib, ushbu chiziqning har qanday nuqtasi bu shartga mos keladi. Rejalashtirilgan xarajatlar egrisi musbat qiymatga ega qiyalikni aks ettiradi (qiyalik burchagi iste’molga chekli moyillik kattaligi bilan aniqlanadi – MRS), bu qiyalik koordinatalar o‘qi boshidan boshlanmaydi, chunki daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan avtonom iste’mol (S) doimo mavjud bo‘ladi. Natijada qiyalikda xochni hosil qilamiz, shuning uchun model «Keyns xochi» nomini olgan («Keynesian cross»). Aytib o‘tish kerakki, o‘zining mashhur kitobida Keyns grafiklardan foydalanmagan. Oddiy Keyns modelining grafik talqini ilk bor Nobel mukofoti laureati Pol Samuelson tomonidan uning mashhur «Ekonomiks» deb nomlangan kitobida taklif etilgan.
Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling