Makroiqtisodiy tahlil


Makroiqtisodiy muvozanat tushunchasi


Download 1.84 Mb.
bet21/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

6.1. Makroiqtisodiy muvozanat tushunchasi

Makroiqtisodiy muvozanatga erishishni hal etish muammosi iqtisodiyotning eng muhim masalalaridan biridir. Umuman makroiqtisodiy muvozanatga erishish deganda, iqtisodiy tizimni tashkil etuvchi uning barcha tarkibiy qismlarining barqaror va o‘zaro mutanosib ravishda rivojlanishi tushuniladi.


Iqtisodiy muvozanatlik – bu makroiqtisodiy darajada jamiyat ehtiyojlariga mavjud iqtisodiy resurslar miqdori va ijtimoiy ishlab chiqarish natijalari hajmi hamda tarkibining o‘zaro mos kelishidir. Iqtisodiy muvozanat xususiy va umumiy bo‘lishi mumkin.




Xususiy muvozanat – bu alohida olingan bozorlar, milliy xo‘jalikning turli xil tarmoqlari va iqtisodiy sektorlaridagi muvozatdir. Umumiy muvozanat – bu bir vaqtning o‘zida barcha bozorlarda muvozanat o‘rnatilishi, butun bir iqtisodiy tizimdagi muvozanat, ya’ni makroiqtisodiy muvozanatdir. Bunday makroiqtisodiy muvozanatga esa yalpi talab va yalpi taklif o‘zaro tenglashgandagina erishiladi.

Umumiy makroiqtisodiy muvozanatni aniqlashda muvozanat narxlar darajasi va milliy ishlab chiqarishning real hajmi tushunchalaridan keng foydalaniladi. Muvozanat narxlar darajasi mikroiqtisodiyotda o‘rganilgan alohida olingan tovar yoki xizmat narxidan butunlay farqli ravishda iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan millionlab tovarlarning o‘rtacha narxi bo‘lib, u agregatlangan, ya’ni umumlashtirilgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi ko‘rsatkichi ham endi bir yoki bir necha tovar yoki xizmat turi bo‘yicha hisoblanmasdan, balki endi u agregatlanganligi sababli mamlakatda va uning tashqarisida milliy ishlab chiqarish omillari hisobiga ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.


Iqtisodiy hodisa va jarayonlarga monistik (yagona) tarzda qaralgan mikroiqtisodiyotdan farqli o‘laroq, makroiqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda, shuningdek yalpi talab va taklif muvozanatini xarakterlashda ikki xil yondoshuv, ikki xil maktab ko‘rib o‘tiladi:




1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling