Makroiqtisodiy tahlil
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.4. Modellashtirish ob’ektlari turlari
y R x
Umuman olganda iqtisodiy ob’ektning kirishi va chiqishi vaqt bo‘yicha uzluksiz va diskret funksiya bo‘lib, ularning o‘zaro bog‘liqligi uzluksiz va diskret modellar orqali ifodalanadi. 37 5.4. Modellashtirish ob’ektlari turlari Har qanday ob’ektni o‘rganish tizimli yondashuvni talab qiladi, uning mohiyati ob’ektni butun, ya’ni ko‘rib chiqilayotgan ob’ektga nisbatan o‘lchami katta bo‘lgan boshqa ob’ektning bir qismi deb qarashdan iborat. Bu yondashuvning zaruriyati har qanday ob’ekt holati va rivojlanishiga bu ob’ekt faoliyat olib borayotgan muhit ta’sir etishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim bir butun sifatida qaraladi. Ijtimoiy tizim – bu, hayotni ta’minlash unsurlarining ijtimoiy qatlamlar hamda ijtimoiy qatlam ichidagi inson guruhlari orasida taqsimlanish xarakteridan kelib chiqqan mamlakat fuqarolari orasidagi ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Adabiyotlarda «jamiyat» atamasi mamlakatning sinonimi sifatida ishlatiladi. «Mamlakat» tushunchasi ishlatilganda barcha insoniy munosabatlar – siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy munosabatlarning to‘plami tushuniladi; lekin «jamiyat», «jamoa» atamasida asosan ijtimoiy tomonlar nazarda tutiladi. «Jamiyatni tashkil qiluvchi unsurlar – bu, insonlar, uning ijtimoiy aloqalari, harakati va o‘zaro munosabati, ijtimoiy institutlar va tashkilotlar, guruhlar, me’yorlar va qadriyatlardir», deb ta’kidlanadi. Demak, jamiyat – bu, mamlakatning tizim osti, ya’ni u ijtimoiy tizim ostiga moddiy ishlab chiqarish sohasiga kirmaydigan tarmoqlarning majmui: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at kiradi. Iqtisodiy tizim – jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish darajasiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish munosabatlarining tizimidir. Shuning uchun «feodalizm iqtisodiyoti», «kapitalizm iqtisodiyoti», «industrial yoki kapitalistik iqtisodiyot», «postindusrial yoki axborot iqtisodiyoti» tushunchalari farqlanadi. Iqtisodiy tizim atamasi tor ma’noda mamlakat iqtisodiyoti xo‘jalik hayotining tuzilmasini, tashkil etishilishini va holatini, ya’ni xo‘jalik yuritish tizimini bildiradi. Agar ijtimoiy tizim insonning ma’naviy ehtiyojini qondirishga, millat sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan bo‘lsa, iqtisodiy tizim - hayotiy ne’matlarni yaratish yo‘li bilan insonlarning moddiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Shuning uchun iqtisodiy tizim oldida quyidagi fundamental masalalar turadi: jamiyatning moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun qancha tovar ishlab chiqarish va pullik xizmatlar ko‘rsatish kerak ? eng yuqori samaradorlikka erishish uchun bu tovarlar va xizmatlarni qaysi resurslardan va qanday texnologiyada ishlab chiqarish kerak? 38
ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar kim uchun mo‘ljallangan? Davlat ijtimoiy siyosatining asosiy maqsadi hayotning yuqori «sifati»ni ta’minlash, ham butun jamiyat (mamlakatning barcha fuqarolari) uchun, ham uning ayrim qatlamlari, jumladan, ijtimoiy himoyaga ob’ektiv sabablarga ko‘ra muhtoj fuqarolarning hayotiy sharoitlarini yaxshilashdir. Demak, moddiy ishlab chiqarishni modellashtirib, rejalashtirib va nihoyat boshqarib ijtimoiy masalalarni yechish kerak, aks holda ijtimoiy tanglik nafaqat iqtisodiyotning, balki butun jamiyatning, mamlakatning - «organizmi»ni buzadi. Shunday qilib, iqtisodiy tizimni alohida emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy tizimni, mamlakatning ijtimoiy va ishlab chiqarish sohalarini birgalikda ko‘rib chiqish kerak. Yuqoridagilarni hisobga olib, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni, ijtimoiy-iqtisodiy tizimda o‘zgarib, natijada ham jamiyat, ham alohida qatlamlar, aholi guruhlari va har bir insonning hayotini ta’minlaydigan moddiy, ijtimoiy va ma’naviy ne’matlar paydo bo‘ladigan katta tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Tizimli yondashuv asosida ijtimoiy-iqtisodiy tizimga kirishda ijtimoiy-iqtisodiy tizim faoliyat olib borishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi bir nechta unsurlarni ajratish mumkin: - jahon tizimi, uning holati, rivojlanish istiqbollari, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga ta’sir etuvchi asosiy tavsiflari; - tabiiy resurslar va hayvonot dunyosining mavjudligi va sifati; - insonlarning ma’lumot darajasi va sog‘lig‘i (insoniy salohiyat); - ilmiy-texnik salohiyat (sun’iy tabiat); - insonlar yashaydigan muhitning, atrof-muhitning holati; - ichki va tashqi siyosiy tartiboti; - mamlakatda hukmron ahloqning darajasi; - diniy omil va boshqalar. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling