Makroiqtisodiy tahlil
Makroiqtisodiy jarayonlarni modellashtirish
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
5.5. Makroiqtisodiy jarayonlarni modellashtirish
Makroiqtisodiy jarayonlar butun milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi. Makroiqtisodiy jarayonlar asosan uchta katta jarayonlarni o‘rganadi va tushuntirib beradi. Bular: Ishsizlik. Inflatsiya. 39
3. Iqtisodiy o‘sish. Ishchsizlik - bu mamlakat miqyosida faol, mehnatga yaroqli aholining bir qismining ish bilan band bo‘lmasligini bildiradi. Inflatsiya - mamlakat miqyosida umumiy baholarning o‘sishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sish - mamlakat aholisiga yalpi ichki mahsulotning yildan-yilga ko‘proq ishlab chiqarilishi tushuniladi. Ushbu uchta ko‘rsatkich makroiqtisodiy muammolar hisoblanadi. Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi tufayli bu muammolar vujudga keladi va ularni hal qilishning bir necha usullari mavjud. Ushbu muammolar turli xil sharoitlar, davlatning olib borayotgan iqtisodiy siyosati, fiskal va monetar siyosat orqali vujudga kelishi mumkin. Milliy iqtisodiyot darajasida shakllantiriladigan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish modeli o‘sish sur’ati va proporsiyalarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Iqtisodiy o‘sishning bir sektorli va ikki sektorli modellarini ko‘rib chiqish mumkin. Bunday modellarni yaratish uchun quyidagi belgilar qabul qilinadi. X (t) - bir yilda ishlab chiqarilgan milliy daromad; Y (t) - noishlab chiqarish sohasidagi asosiy fondlarning o‘sishiga ketgan xarajatlar hamda qo‘shiladigan milliy daromadning iste’mol qilinadigan qismi; J (t) - asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘sishiga kapital qo‘yilmalar; S (t) - sof ishlab chiqarishga kapital qo‘yilmalar normasi (hissasi). Bunday iqtisodiy mazmunga binoan quyidagi ifodani yozish mumkin:
Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling