Makroiqtisodiy tahlil


Modelning asosiy qoidalari


Download 1.84 Mb.
bet24/86
Sana01.05.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1419822
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil 0202

Modelning asosiy qoidalari:

  • real va pul sektorlari o‘zaro bir-birlari bilan bog‘liq.

  • barcha bozorlarda nomukammal raqobat hukm suradi.

Keyns fikricha, foiz stavkasi investitsiyalar va jamg‘armalar nisbati natijasida kapital bozorida shakllanmay, balki pul bozorida – pulga bo‘lgan talab va taklif nisbati natijasida o‘rnatiladi. Shuning uchun pul bozori to‘liq makroiqtisodiy bozor bo‘lib qoladi, undagi sharoitning o‘zgarishi tovarlar bozoridagi sharoitning o‘zgarishiga ta’sir etadi.


Keyns bu talqinni quyidagicha asosladi: bir xil darajadagi foiz stavkasida amaldagi investitsiyalar jamg‘armalar bilan mos tushmasligi mumkin, chunki investitsiyalar va jamg‘armalar turli iqtisodiy agentlar orqali amalga oshiriladi, bu agentlar esa (firmalar, uy xo‘jaliklari) turli maqsadlarni ko‘zlaydilar. Investitsiyalarni firmalar, jamg‘armalarni esa uy xo‘jaliklari amalga oshiradilar.



45





R






















S1










S2













I






































































































































































I, S


R



MS

























P







Re







MD






























P






M




M
















Pe

P









6.2.1-rasm. Keynscha modelda

6.2.2-rasm. Pul bozori11

investitsiya va jamg‘armalar12




R – foiz stavkasi;

(M P)D – pulga bo‘lgan talab;

S – jamg‘armalar;

(M P)S - pulga bo‘lgan taklif;

I - investitsiyalar;

(M P)e – pul bozoridagi muvozanat.

Keyns bu talqinni quyidagicha asosladi: bir xil darajadagi foiz stavkasida amaldagi investitsiyalar jamg‘armalar bilan mos tushmasligi mumkin, chunki investitsiyalar va jamg‘armalar turli iqtisodiy agentlar orqali amalga oshiriladi, bu agentlar esa (firmalar, uy xo‘jaliklari) turli maqsadlarni ko‘zlaydilar. Investitsiyalarni firmalar, jamg‘armalarni esa uy xo‘jaliklari amalga oshiradilar.





  • barcha bozorlarda pullar noelastik. Xususiy sektorning xarajatlari (uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari va firmalarning investitsiya xarajatlari) potensial ishlab chiqarish hajmiga to‘g‘ri keladigan, ya’ni resurslarning to‘liq bandlik sharoitidagi ishlab chiqarilgan hajmiga teng bo‘lgandagi yalpi talab hajmini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun iqtisodiyotda yoki tovar va xizmatlarga o‘zining talabini bildiruvchi, yohud xususiy sektor talabini rag‘batlantirib, yalpi talabni oshiradigan qo‘shimcha makroiqtisodiy agent paydo bo‘lishi lozim. Bunday agent davlatdir. Shu tariqa Keyns davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (davlat faolligi) kerakligini asoslab berdi.




  • asosiy iqtisodiy muammo (resurslar bandligi to‘liq bo‘lmagan sharoitda) yalpi taklif muammosi bo‘lmay, endi yalpi talab muammosi




  1. N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018




  1. N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018

46


hisoblandi. Keynscha model iqtisodiyotni yalpi talab tomonidan o‘rganuvchi “demand-side” modelidir.



  • davlatning barqarorlik siyosati, ya’ni yalpi talabni tartibga soluvchi siyosat iqtisodiyotga qisqa muddatda ta’sir etar ekan, u holda Keynscha model iqtisodiyotni qisqa muddatda (“short-run” modeli) tasvirlovchi modeldir.



6.4. Keynscha modelda iste’mol va jamg‘arma funksiyalari.

Keynscha makroiqtisodiy modelda yalpi talab to‘rt tarkibiy qismdan iborat: iste’mol (C), xususiy investitsiyalar (I), davlat xarajatlari (G) va sof eksport (Xn). Ammo ularning ichida eng asosiylari ikkita: 1) Iste’mol





  1. va 2) Investitsiyalar (I). Zamonaviy sharoitlarda yalpi xarajatlarning asosiy (2/3) qismi iste’mol (C) ga to‘g‘ri keladi, shuning uchun uy xo‘jaliklarining iste’mol rejalari iqtisodiy hodisa va jarayonlarning yo‘nalishini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Narxlar darajasining noelastikligi (qattiqligi) sharoitida bunday rejalar faqatgina daromad asosida tuziladi. O‘z daromadlarini uy xo‘jaliklari ikki yo‘nalishga ajratishga moyil bo‘ladilar: a) iste’mol (C) va b) jamg‘arma



(S)ga. Jamg‘armalar daromadning iste’mol xarajatlaridan ortgan qismi bo‘lganligi sababli, daromadning jamg‘arma qismi ortishi xuddi shunday kattalikdagi iste’mol qismining kamayishini bildiradi va aksincha, daromadning iste’mol qismi ortishi jamg‘arma qismining kamayishiga olib keladi.

Bundan:
Y=C+S


bunda,
Y – milliy (ixtiyordagi) daromad;
C – iste’mol;
S – jamg‘arma.

Avtonom iste’mol (Ca) uy xo‘jaliklarining joriy daromadlari nolga teng bo‘lgandagi iste’mol darajasini ko‘rsatadi va u avtonom iste’mol deb ataladi (chunki u daromadga bog‘liq bo‘lmaydi).



47




6.3-rasm. Keynsning iste’mol va jamg‘arma funksiyasi13

Joriy daromad mavjud bo‘lmaganda (yoki u mavjud bo‘lib, etarli darajada bo‘lmasa), uy xo‘jaliklari “qarz”ga kun kechiradilar yoki ilgari to‘plagan mulklari yoki jamg‘armalarini sotib yashaydilar (“manfiy jamg‘arma”).


Keynsning jamg‘arma funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega:


S = Y – C = Y – (Ca + MPC x Y) = - Ca + (1 – MPC)Y = - Ca + MPS x Y


ya’ni,

S = - Ca
+ MPS x Y

bunda,
C – iste’mol; MPC – iste’molga chekli moyillik;
Y – daromad; Ca – avtonom iste’mol;

MPS – jamg‘armaga chekli moyillik.
Iste’mol va jamg‘armaga quyidagi omillar ta’sir etishi mumkin:

  • soliqlarning ortishi iste’mol va jamg‘armani kamaytiradi;




  • ijtimoiy sug‘urtaga to‘lovlarining oshishi jamg‘armalar qisqarishiga olib keladi;




  • sun’iy ravishda va asossiz shov-shuv natijasida oshgan talab iste’molning keskin ortishiga sabab bo‘ladi;




  • bozorda taklifning ortishi jamg‘armalarni kamayishiga olib keladi.



6.5. Keynscha modelda investitsiyalar funksiyasi

Keynscha modelda investitsiyalar (I) yalpi talabni rag‘batlantiruvchi ikkinchi bir asosiy omil hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilda





  1. N.Maxmudov, H.Hakimov. Makroiqtisodiy tahlil. O‘quv-uslubiy majmua. T.TDIU, 2018

48

«investitsiya» atamasi jamg‘armani yangi ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa real aktivlarni yaratish maqsadida ishlatilishini anglatadi. Investitsiyalar tarkibiga mashina va asbob-uskunalarni xarid qilish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, zahiralarni o‘zgartirish uchun qilinadigan barcha xarajatlar kiritiladi. Shunisi muhimki, iqtisodchilar investitsiyalarni real aktivlarni sotib olishga qo‘yilmalar bilan bir qatorda zahiralar bilan ham bog‘laydilar. Qimmatli qog‘ozlar (masalan, aksiya va obligatsiyalar)ga mablag‘larni sarflash moliyaviy yoki portfel investitsiyalar deb ataladi. Ishlab chiqarish quvvatlarini, ya’ni real aktivlarni ko‘paytirishga xizmat qiladigan real investitsiyalardan farqli o‘laroq, moliyaviy investitsiyalar mulkning qayta taqsimlanishini va unga egalik qilish huquqini bir sub’ektdan ikkinchisi tomon o‘zgarishini bildiradi. Investitsiyalarni amalga oshirish tovarlar bozori bilan bog‘liq bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi moliyaviy bozor bilan bog‘liqdir.

Investitsiyalar yalpi xarajatlarning tarkibiy qismi bo‘lganligi sababli, ular yalpi talab o‘zgarishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, jamg‘armalar esa aksincha teskari yo‘nalishda ta’sir etadi, ya’ni jamg‘armalarning ortishi yalpi talabni kamaytiradi. Shuning uchun keynschilar iste’molga moyillikning kamayishini investitsiyalarni ko‘paytirish orqali to‘ldirishni taklif etadilar.


Foiz stavkasi investitsiya bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun muhim ahamiyatga egadir. Istalgan vaqtda firmalar investitsiyalarni amalga oshirishlarida muqobil qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Yuqori foiz stavkalari sharoitida kutiladigan sof foyda me’yori eng ko‘p bo‘lgan investitsiya loyihalari amalga oshirilsa, past foiz stavkasida ilgari foyda keltirmagan loyihalarni endilikda amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi va iqtisodiyotda investitsiyalar hajmi ortadi. Shuning uchun investitsiyalar hajmi va foiz stavkasi o‘rtasida teskari funksional bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin.





Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling