Makroiqtisodiy tahlil
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama uchun savollar
- 7-BOB. PUL-KREDIT SEKTORINING IQTISODIY TAHLILI
- 1. 1. Pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari
Qisqасhа хulоsаlаr
Umumiy makroiqtisodiy muvozanatni aniqlashda muvozanat narxlar darajasi va milliy ishlab chiqarishning real hajmi tushunchalaridan keng foydalaniladi. Muvozanat narxlar darajasi mikroiqtisodiyotda o‘rganilgan alohida olingan tovar yoki xizmat narxidan butunlay farqli ravishda iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan millionlab tovarlarning o‘rtacha narxi bo‘lib, u agregatlangan, ya’ni umumlashtirilgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Milliy ishlab chiqarishning real hajmi ko‘rsatkichi ham endi bir yoki bir necha tovar yoki xizmat turi bo‘yicha hisoblanmasdan, balki endi u agregatlanganligi sababli mamlakatda va uning tashqarisida milliy ishlab chiqarish omillari hisobiga ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlarni o‘z ichiga oladi. 55 Nazorat va muhokama uchun savollar 1.Makroiqtisodiy muvozanat to‘g‘risida klassik nazariyaning mohiyatini tushuntirib bering. 2.Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi mohiyati nimada va klassiklar nazariyasidan prinsipial farqlari nimada? Keyns xochi nomli modelda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlovchi mexanizmga izoh bering. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli va AD-AS modelini taqqoslang. 56
1. Pul-kredit siyosatining maqsadi, maqsadli ko‘rsatkichlari va asosiy yo‘nalishlari 1. 1. Pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari Pul-kredit siyosati – bu pullarga bo‘lgan talab va pullar taklifini tartibga solish va nazorat qilishga qaratilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Pul-kredit siyosatining ikki asosiy turi mavjud: Restriktsion pul-kredit siyosati. Ekspansionistik pul-kredit siyosati. Restriktsion pul-kredit siyosati deganda, odatda, muomaladagi pul massasining o‘sish sur’atlarini jilovlashga qaratilgan pul-kredit siyosati tushuniladi. Restriktsion pul-kredit siyosatini amalga oshirishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi: – Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalarining darajasi oshiriladi; – tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan qayta sotib olish sharti bilan sotiladi; – Markaziy bank tomonidan hukumatga va tijorat banklariga tegishli bo‘lgan vaqtinchalik bo‘sh pul mablag’lari depozit hisobraqamlariga jalb etiladi; – Markaziy bank valuta siyosati doirasida milliy valutadagi pul mablag’lari hajmining o‘sish sur’atlarini cheklashga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshiradi. Ekspansionistik pul-kredit siyosati deganda muomaladagi pul massasining multiplikativ kengayishini ta’minlash asosida to‘lovga qobil talabni rag’batlantirishga qaratilgan pul-kredit siyosati tushuniladi. Ekspansionistik pul-kredit siyosatini amalga oshirishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi: – Markaziy bank qayta moliyalash stavkalarini pasaytiradi va tijorat banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning hajmini oshiradi; – tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan Markaziy bank tomonidan belgilangan limitlar hajmi oshiriladi, ya’ni banklarga kreditlar miqdorini oshirishga imkoniyat yaratiladi. 57
– Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari pasaytiriladi; – tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan qayta sotish sharti bilan sotib olinadi; – Markaziy bank valuta siyosati doirasida milliy valutadagi pul mablag’lari hajmining o‘sish sur’atlarini oshirishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshiradi. V. Rudko-Silivanov, N. Kuchina, M. Jevlakova hammuallifligida chop etilgan o‘quv qo‘llanmada pul-kredit siyosatining quyidagi strategik maqsadlarining mavjudligi e’tirof etiladi: – baholar barqarorligini ta’minlash; – to‘liq bandlikka erishish; – ishlab chiqarish real hajmining o‘sishini ta’minlash; – to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash17. Bu erda pul-kredit siyosatining asosiy strategik maqsadi – milliy valutaning barqarorligini ta’minlash e’tirof etilmagan holda, ishlab chiqarish real hajmining o‘sishini va to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash uning strategik maqsadi sifatida qayd etilmoqda. Moiseevning fikriga ko‘ra, pul-kredit siyosatining quyidagi to‘rtta strategik maqsadlari mavjud: – baholar barqarorligi; – milliy valutaning barqarorligi; – mamlakatda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash; – muvozanatlashgan iqtisodiy o‘sish18. R. Miller va D. Van-Xuzning fikriga ko‘ra, pul-kredit siyosatining ikki strategik maqsadi mavjud: tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori va barqaror darajasini ta’minlash; inflatsiyaning past va barqaror darajada bo‘lishiga erishish19. Ushbu iqtisodchi olimlar haqli ravishda e’tirof etadilarki, Markaziy bankning pul-kredit siyosati yordamida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori va barqaror darajasini ta’minlashi ishsizlik darajasini pasaytirish imkonini beradi. Bu esa, Hukumat iqtisodiy siyosatining strategik maqsadlaridan biri bo‘lgan ishsizlikning past va barqaror darajasini ta’minlash maqsadiga mos keladi. Рудко-Силиванов В.В., Кучина Н.В., Жевлакова М.А. Организация деятельности Централного банка. Учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2011. - С. 32-33. Моисеев С.Р. Денежно-кредитная политика: теория и практика. Учебное пособие. – М.: Московская финансово-промышленная академия, 2011. - С. 218. Миллер Р.Л., Ван-Хуз Д.Д. Современние деньги и банковское дело. Пер. с англ. – М.: ИНФРА- М, 2000. – С. 645-646. 58
O. Namozov pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari sifatida moliyaviy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va to‘lov balansining barqarorligini ko‘rsatadi20. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling