Makroiqtisodiy tahlil
Pul-kredit siyosatining maqsadli ko‘rsatkichlari
Download 1.84 Mb.
|
Makroiqtisodiy Tahlil 0202
7.1.3. Pul-kredit siyosatining maqsadli ko‘rsatkichlari
(indikatorlari) Indikator so‘zi lotincha «indicator» degan so‘zdan olingan bo‘lib, ko‘rsatkich degan ma’noni anglatadi. Frantsiyalik mutaxassislar I.Bernar va J. Kolli tomonidan indikator tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: «indikator umumiy iqtisodiy siyosatni o‘tkazish va uning natijalarini baholash uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, iqtisodiy va moliyaviy miqdorlar evolyutsiyasining raqamli ko‘rsatkichidir»21. A. N. Azriliyan tahriri ostida chop tilgan «Bolshoy ekonomicheskiy slovar»da ham indikator tushunchasi iqtisodiy va moliyaviy miqdorlar o‘zgarishining raqamli ko‘rsatkichi sifatida talqin etilgan22. Indikator tushunchasining yuqorida keltirilgan talqiniga asoslangan holda, pul-kredit siyosatining indikatoriga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Markaziy bank pul-kredit siyosatining indikatori - bu milliy valutaning va mamlakatda baholar barqarorligini ta’minlash tadbirlarining samaradorligini baholashda o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy miqdorlar o‘zgarishining raqamli ko‘rsatkichidir». Yuqorida keltirilgan ta’rifda milliy valutaning va baholar barqarorligini ta’minlash tadbirlari deyilishining sababi shundaki, hozirgi davrda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida, shu jumladan o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida markaziy banklar pul-kredit siyosatining bosh maqsadi bo‘lib, milliy valutaning barqarorligini ta’minlash va mamlakatda baholar barqarorligiga erishish hisoblanadi. Baholar 21 Ив Бернар, Жан-Клод Колли. Толковый экономический и финансовый словарь. Том 1.– М.:Международные отношения., 1994. – С. 144. Большой экономический словарь. Под ред. Азрилияна А., Н. – М.: Институт новой экономики, 1999. – С. 307. 60
barqarorligini ta’minlash faqatgina EMBning bosh maqsadi hisoblanmaydi. Buning sababi shundaki, EMB pul-kredit siyosatini amalga oshirishda butun diqqat e’tiborini faqat yevroning barqarorligini ta’minlashga qaratadi, baholar darajasiga ta’sir etishni pul-kredit siyosatining pirovard maqsadi, deb hisoblamaydi. Hozirgi vaqtda pul-kredit siyosatining indikatori sifatida asosan pul massasining o‘sishi, milliy valutaning almashuv kursi, inflatsiya darajasi ko‘rsatkichlaridan foydalanilmoqda. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling