Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash
Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsish va uning bosqichlari
Download 0.66 Mb.
|
07.05.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsuloti o‘sishi tahlili. (2019-2021)
Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsish va uning bosqichlariOʻzbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgan vaqtdan buyon mamlakat YAIMining hajmi xarid qilish qobiliyatining pariteti boʻyicha qariyb 4,5 marta oshdi, shu bilan birga, soʻnggi yillarda iqtisodiy oʻsish surʻatlari kamida 8 % ni tashkil qilmoqda. Oʻzbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yoʻl mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziqovqat va toʻqimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi. Asaka va Pitnak shaharlarida «General Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar, Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish boʻyicha yangi zavodlar ishga tushirildi. Neft-gaz-kimyo tarmogʻida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan gaz-kimyo majmui, Qoʻngʻirot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodi va bir qator boshqa yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi (1-rasm). O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsuloti o‘sishi tahlili. (2019-2021) 1-rasm. Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/investments 2021-yil birinchi yarim yilligi yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti 318,5 trln. so‘mni tashkil etdi. 2020-yilning mos davriga nisbatan YaIM hajmi 6,2% o‘sdi. YaIM deflyatori sezilarli darajada pasaydi va 2021 yilning 6 oyi yakunlariga ko‘ra 12,6% tashkil etdi. Aholi jon boshiga YaIM hajmi 9175,4 ming so‘mni tashkil etdi. 2020 yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan o‘sish sur’ati 4,2 foizni tashkil etdi. 2019-2021 yy. yanvar-iyun oylarida tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida sanoat (0,3 f.p.) va qurilishning (0,2 f.p.) ulushi qisqardi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 0,5 f.p. oshgan bo‘lsa, xizmatlarning ulushi o‘zgarishsiz qoldi Shu bilan birga Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishlar samaradorligini oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda, ular natijasida 2019-2021 yillarda mehnat unumdorligi 2,1 marta oshib, iqtisodiyotning energiya sarfi 3,2 martaga qisqardi (1-jadval) Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling