Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


Download 0.66 Mb.
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1070135
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
07.05.2022




OʻZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI
ISLOM IQTISODIYOTI VA XALQARO MUNOSABATLAR
FAKULTETI

ISLOM IQTISODIYOTI VA MOLIYASI, ZIYORAT TURIZMI KAFEDRASI


TURIZM (ZIYORAT TURIZMI) BAKALAVR YOʻNALISHI
MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH” FANIDAN
KURS ISHI

MAVZU: IQTISODIY OʻSISHNI TA’MINLASH
YOʻLLARI

Bajardi: 4-kurs talabasi J. Muhitdinov
Ilmiy rahbar: katta oʻqituvchi Oʻ. Jiyanov



Toshkent-2022





MUNDARIJA

Kirish…………………………………………………………………………3
1. Iqtisodiy oʻsishning mohiyati va nazariy asoslar……………….................5
2. Iqtisodiy oʻsish omillari...............................................................................
3. Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish va uning bosqichlari……………................
4. Oʻzbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar-iqtisodiy oʻsish surʻatlarini jadallashtirishning yangi imkoniyatlari sifatida………….............
Xulosa………………………………………………………………………...
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati…………………………………………


Kirish


Kurs ishining dolzarbligi. Jamiyat a’zolarining ehtiyojlariyuksalib borar ekan, ana shu ehtiyojlarni qondirishning yagona yoʻli iqtisodiy oʻsishdir. Iqtisodiy oʻsish tufayligina ijtimoiy taraqqiyotga erishiladi. Iqtisodiy oʻsish mamlakatning kuch-qudrati oʻsayotganini salohiyatini koʻrsatadi. Mikroiqtisodiy oʻsish firma, korxona va ayrim sektor (tarmoq) miqyosidagi rivojlanishni ifoda etadi va ularda oʻsish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Mikroiqtisodiy miqyosda tadbirkorlar oʻz oldilariga iqtisodiy oʻsish orqali maksimal darajada foyda olishni qoʻyadilar. Makroiqtisodiy oʻsish milliy iqtisodiyot, yaʻni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YaMM) koʻpayishini bildiradi. Makromiqyosda iqtisodiy oʻsishga erishishning optimal maqsadi barcha aholinihayot kechirishini yaxshilash, turmush darajasini koʻtarishdir.
Ekstensiv iqtisodiy oʻsishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining koʻpayishi tufayli erishiladi. Ekstensiv rivojlanishda, agaru sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi oʻzgarmay qoladi, chunki har bir ishlovchiga toʻgʻri keladigan mahsulot miqdori, yaʻni mehnat unumdorligi avvalgicha qoladi. Ekstensiv oʻsishningafzalligi shundaki, u iqtisodiy oʻsishni taʻminlashning eng oson yoʻli. Bunda tabiiy resurslarni tezda oʻzlashtirish hamda nisbatan tez fursatda ishsizlikni qisqartirish mumkin. Iqtisodiy oʻsishning intensiv turi yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qoʻllash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yoʻli bilan erishiladi. Real hayotda ekstensivva intensiv omillar sofholda, alohida-alohida mavjud boʻlmaydi, balki bir-biri bilan qoʻshilgan tarzda boʻladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov istiqlolning ilk yillaridan odamlarning mulkdor boʻlishini kafolatlash, oʻz aqli va salohiyati bilan mahsulot yarataman degan insonni qoʻllab quvvatlash yoʻlida kurashdi. Bunda, avvalo, bozor iqtisodiyotining asosi boʻlgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydiganbarqaror qonunchilik bazasi, uni jadal amalga oshirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga kirishildi. Natijada bugun tadbirkorlik sohasining mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 56,5 % i ga oshdi. Ish bilan band aholi soning 78% i dan ortiqroq qismi aynan shu tarmoqda mehnat qilib, roʻzgʻor tebratmoqda, el-yurtimiz rivojiga munosib hissa qoʻshmoqda. Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev mamlakatni rivojlantirish yoʻlida yangi strategik vazifalarni kun tartibiga qoʻydi. Xalqimiz bugun izchilva barqaror rivojlanayotgan, erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini barpo etish yoʻlini, avvalo, oʻzi va oilasi uchun yanada barqaror va toʻkin hayotga erishishning mustahkam zaminini yaratish uchun ter toʻkib harakat qilmoqda. Bunday kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning subyektlari hajmining ortib borishi mamlakatning iqtisodiy oʻsishini taʻminlaydi. Mamlakatda iqtisodiy oʻsishning taʻminlanishi orqali biz ishsizlikning kamayishiga erishamiz. Ishsizlikning kamayishi esa ishlab chiqarishni koʻpayishigaolib keladi, va buning natijasida aholi turmush tarzining farovonligining oshishiga erishamiz.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev aytganlaridek “Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi”. Shuning uchun hozirgi kunda ishsizlik muammosi bartaraf etilishi lozim boʻlgan eng katta muammolardan biridir.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling