Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash
Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar (joriy narxlarda, mlrd. so'm)
Download 0.66 Mb.
|
07.05.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy fondlar 2019 2020
- Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/investments
- 2022-yilda asosiy tarmoqlar kesimida YaIM qiymati
Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar (joriy narxlarda, mlrd. so'm)
1-jadval
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/investments Biznes yuritish uchun qulay muhit, xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolatlar va imtiyozlar keng tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini ragʻbatlantirish yaxlit tizimi mamlakatimiz iqtisodiyotiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishga yordam berdi. 2020-yilda mamlakat iqtisodiyotiga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi YAIMga nisbatan 24,1 % ni tashkil etdi. Oʻzlashtirilgan kapital qoʻyilmalar umumiy hajmining 20 % idan koʻpini 2,6 milliard dollar umumiy qiymatdagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar tashkil qildi, shuning 78 % idan koʻpi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalardir. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston eksportining tarkibi sezilarli darajada oʻzgardi, eksport monokulturasi – paxtaga bogʻliqlikka barham berildi, uning ulushi 59,7 % dan 8 % gacha kamaydi, tashqi savdo jugʻrofiyasi tubdan oʻzgardi, bu mamlakatimizning eksport salohiyatiniz oshiradi. 2022-yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etib, YAIM hajmi qariyb 840 trln so‘mga yetishi ko‘zda tutilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi 46,3 mlrd dollarni tashkil etishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, inflyatsiya darajasi 2022 -yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 2022-yilda asosiy tarmoqlar kesimida YaIM qiymati 2-rasm Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/investments Jahon mamlakatlari bilan amalga oshirilayotgan savdo-sotiq, bugungi kunda tashqi savdoning 40 % idan koʻpi Osiyo mamlakatlari, 15 % i Yevropa mamlakatlari bilan amalga oshirilmoqda. Keng qamrovli va muntazam yangilanadigan korxonalar reyestri asosida korxonalarda statistik kuzatuvlari o‘tkaziladi. Statistik faoliyatni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentyabrdagi "Korxonalarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida"gi 274-son qaroriga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi keng qamrovli va muntazam yangilanadigan korxonalar registri (Korxonalarning yagona davlat registri) hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 66-son qarori hisoblanadi. Korxonalar registrini yuritish tartibi (jumladan, yangi korxonalarni qo‘shish, faoliyatini to‘xtatgan korxonalarni chiqarish, mulkchilik shaklini o‘zgartirish) belgilangan talablarga mos keladi. Ma’lumotlar yig‘ish dasturining keng qamrovli xususiyatini ta’minlash maqsadida shakllangan ma’lumotlar doimiy ravishda tahlil qilinadi. Ro‘y berayotgan jarayonlarni hisobga olgan holda hisobot shakllari vaqti-vaqti bilan ko‘rib chiqiladi. Davlat statistika hisobotlarining birlamchi statistik ma’lumotlari bazasida, asosiy kapitalga investitsiyalar shakllantiriladi. Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalarning umumiy hajmi yilda bir marta quyida keltirilgan davlat statistika hisobotlari va kuzatuvlari tomonidan aniqlangan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi. 2-invest qurilish (choraklik) shakli hisobotini iqtisodiy faoliyatning barcha turlarini amalga oshiruvchi(kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari va notijorat tashkilotlardan tashqari), barcha mulkchilik shaklidagi yuridik shaxslar (qurilish xo‘jalik boshqaruv organlarini qo‘shgan holda) taqdim etadilar. Yuridik shaxs o‘zining alohida bo‘linmalari ma’lumotlarini qo‘shgan holda shaklni to‘ldiradi. Asosiy kapitalga investitsiyalar metodologiyasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tomonidan tavsiya etilgan xalqaro standartlarning talablariga javob beradi. Investitsiya: Asosiy kapitalga investitsiyalar hisoblash uslubiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018-yil 30-aprel 10-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar umumiy hajmini shakllantirish bo‘yicha uslubiy nizom»; O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2018-yil 26-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jaliklari qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizom”ga Shaharsozlik normalari va qoidalari (ShNQ 4.01.16-09) “Qurilish bahosini shartnomaviy joriy narxda aniqlash qoidalari”ga asosan hisoblanadi. Davlat statistika qo‘mitasi Xalqaro standartlar talablariga moslashtirilgan uslubiyatni qo‘llagan holda ishlab chiqarish indeksini hisoblashni 2004-yildan beri Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasining tavsiyalariga muvofiq ravishda amalga oshiradi. 12 Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling