Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash
OʻZBEKISTONDA OLIB BORILAYOTGAN IQTISODIY ISLOHOTLAR-IQTISODIY OʻSISH SUR’ATLARINI
Download 0.66 Mb.
|
07.05.2022
4. OʻZBEKISTONDA OLIB BORILAYOTGAN IQTISODIY ISLOHOTLAR-IQTISODIY OʻSISH SUR’ATLARINI
JADALLASHTIRISHNING YANGI IMKONIYATLARI SIFATIDA. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni xalqimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Unda yaqin besh yillikda mamlakatimiz zabt etishi nazarda tutilgan ulkan dovonlar, xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning mexanizmlari aniq belgilab berilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan jadal va keng ko'lamli islohotlar yurtimizda yangi davrni – yangi O'zbekiston davrini boshlab berdi. Bugun yurtimizda tarixan qisqa fursatda butunlay yangicha siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma'rifiy va madaniy muhit paydo bo'ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Xalqaro valyuta jamg'armasi va nufuzli reyting agentliklari tahlillariga ko'ra, hozirgi qiyin va murakkab sharoitda O'zbekiston jahonning sanoqli mamlakatlari qatorida moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarini tiklash va iqtisodiy faollikni oshirishga erishib kelmoqda. Mana, yaqinda Amerika Qo'shma Shtatlarining “J.P.Morgan” investitsiya banki tomonidan e'lon qilingan “O'zbekiston: yuksalish yo'li” nomli tahliliy hisobotda ham ayni shu fikrlar bayon etilgan. Shu o'rinda iqtisodiyotimizdagi tarkibiy islohotlar va asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar haqida ayrim ma'lumotlarni keltirib o'tishni zarur, deb bilaman. 2017-2020-yillarda mamlakatimizning iqtisodiy o'sish darajasi 18,3 % ni tashkil etib, yalpi ichki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi. Bu haqda gapirganda, tashqi savdo aylanmasi 2016-yildagi 24 milliard dollardan 2020-yilda 36 milliard dollarga ko'payganini ta'kidlash lozim. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 369 trillion so'mni tashkil qilib, 2016-yilga nisbatan 23,4 %ga o'sdi. Natijada sanoat mahsulotlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 19,5 %dan 27,4 %ga ko'tarildi. Iqtisodiy sohani, jumladan, bojxona tartiblarini liberallashtirish tufayli 2020-yilda eksport hajmi 15,1 milliard dollarni tashkil qilib, 2016-yilga nisbatan 25 %ga o'sdi. Islohotlarimiz samarasining turli xalqaro reytinglarda tan olinishi mamlakatimiz uchun xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatini yaratdi. Jumladan, joriy yilda 635 million dollarlik va 2,5 trillion so'mlik davlat yevroobligatsiyalari, Ipoteka bankining 785 milliard so'mlik va “O'zavtomotors” aksiyadorlik jamiyatining 300 million dollarlik korporativ obligatsiyalari chet el investorlariga sotildi. Sarmoyadorlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga bo'lgan ishonchini keskin oshirishga muvaffaq bo'ldik. Investitsiyalarning umumiy hajmi qisqa muddatda 2,1 martaga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobarga yaqin o'sgani ham buning isbotidir. O'tgan uch yil mobaynida soliq sohasida yangi tizim joriy etildi. Soliqlar soni sezilarli darajada kamaytirildi, aylanma mablag'dan olinadigan soliqlar bekor qilindi. Qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 20 % dan 15 %gacha pasaytirilib, ushbu soliq zanjirining yaxlit tizimi yaratildi. 2017-2020-yillarda banklarimiz kapitalini 5,7 barobar yoki 5 milliard dollargacha oshirishga erishdik. Elektroenergetika, neft-gaz, kommunal sohalarda amalga oshirilgan tarkibiy o'zgarishlar natijasida davlat boshqaruvi va xo'jalik funksiyalari bir-biridan ajratildi, raqobat muhitini yaratish uchun muhim qadamlar tashlandi.13 Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. Mamlakatini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilangan. Bular davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish hisoblanadi. 2017-2020-yillarda respublikaning tashqi savdo aylanmasi 1,4 barobarga o‘sdi, inflyatsiya darajasi 18,8% dan 11,1% gacha pasaydi, oltin-valyuta rezervlari 26,4 mlrd. dollardan 34,9 mlrd. dollargacha oshdi. O‘zbekiston barcha eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha bojxona bojlarini bekor qildi, eksport va litsenziyalash tartibi amallarini soddalashtirdi, 60% import qilinuvchi tovarlar uchun bojxona bojlarining «nol» stavkalarini belgiladi va import bojxona bojlari stavkalarini 6,45% gacha kamaytirdi. Islohotlar natijasida kichik biznes sektori sezilarli darajada o‘sdi: 2016-yilda respublikada 27 ming, 2020-yilda esa – 93 ming kichik tadbirkorlik subektlari ro‘yxatdan o‘tkazildi. 2017-2020-yillarda O‘zbekiston dori-darmonlar va tibbiy maqsadli buyumlar uchun 1618 mlrd. so‘m ajratdi (1991-2016-yillarda 227 mlrd. so‘m bo‘lgan). Ulardan 61,6 mlrd. so‘m qismi onkologik kasalliklarni davolash uchun dorilarga (1991-2016-yillarda 8,3 mlrd. so‘m), 217,4 mlrd. so‘m – gematologiya va onkogematologiya uchun dorilarga (1991-2016-yillarda 2,8 mlrd. so‘m) yo‘naltirilgan. Xalq ta’limi tizimidagi islohotlar natijasida 2017–2020-yillarda 328 ta yangi maktab barpo etildi va 11 yillik majburiy maktab ta’limi tiklandi. Maktabgacha ta’lim tizimida ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. 2016-yilda 5,2 ming bolalar bog‘chalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2020-yida ular 18,3 mingga yetdi (shu jumladan davlat bog‘chalari soni 5 mingdan 6,2 minggacha oshdi). Bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi darajasi 2020-yilda 61% ga yetdi, 2016-yilda esa 27,7% bo‘lgan edi. O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda: kambag‘allik darajasi 2000-yildagi 28% dan 2020-yilda 11% gacha qisqardi. Kam ta’minlangan oilalar bolalar bog‘chalari uchun to‘lovlardan ozod etilgan, kam ta’minlangan oilalarning bolalari bo‘lgan maktab o‘quvchilari mavsumiy kiyim bilan ta'minlanmoqda. 2017-2020-yillarda respublikaning tashqi savdo aylanmasi 1,4 barobarga oʻsdi, inflyasiya darajasi 18,8% dan 11,1% gacha pasaydi, oltin-valyuta rezervlari $26,4 mlrd dan $34,9 mlrd gacha oshdi.14 Oʻtkazilgan islohotlar davomida koʻpchilik soliqlar stavkalari kamaydi: yagona ijtimoiy toʻlov – kichik korxonalar uchun 15% va yirik korxonalar uchun 25% dan 12% gacha, jismoniy shaxslarning daromad soligʻi – 22,5% dan (maksimal stavka) 12% gacha, QQS – 20% dan 15% gacha, foyda soligʻi – 14% dan 12% gacha, yuridik shaxslarning mulk soligʻi – 5% dan 2% gacha. Shuningdek, davlat fondlariga ajratmalar va sugʻurta badallari bekor qilindi, soliq tekshiruvlarining turlari esa 13 dan 4 gacha kamaydi.15 2017 yilda naqd pul mablagʻlari aylanmasi boʻyicha cheklovlar bekor qilindi va bankomatlarda pul olish imkoni paydo boʻldi. 2020-yilda plastik kartalarning egalari bankomatlar orqali 62,2 trln. soʻm echib olganlar. Valyuta bozorini liberallashtirish amalga oshirildi: xorijiy valyutani sotish va sotib olish boʻyicha cheklovlar bekor qilindi. Natijada aholi tomonidan sotib olingan valyutaning hajmi 15 barobarga oshdi (2016-yilda $273 mln dan 2020-yilda $4,1 mlrd gacha). Bunda bozor (norasmiy) valyuta kursining oʻrtacha yillik qadrsizlanishi 1998-2016-yillarda 24,4%, 2017-2020-yillarda esa – 10.4% ni tashkil qildi.16 Oʻzbekiston barcha eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlar boʻyicha bojxona bojlarini bekor qildi, eksport va lisenziyalash tartibi amallarini soddalashtirdi, 60% import qilinuvchi tovarlar uchun bojxona bojlarining «nolli» stavkalarini belgiladi va import bojxona bojlari stavkalarini 6,45% gacha kamaytirdi. Islohotlar natijasida kichik biznes sektori sezilarli darajada oʻsdi: 2016-yilda respublikada 27 ming, 2020-yilda esa – 93 ming kichik tadbirkorlik subʻektlari roʻyxatdan oʻtkazildi. Tadbirda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish borasida amalga oshirilgan ishlarga ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, O‘zbekiston birinchi marta diniy masalalar bo‘yicha «alohida xavotir uyg‘otuvchi» davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi. Qo‘shni davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalar mustahkamlanib, chegaralar hamda suv-energetik resurslardan foydalanishga oid masalalar tartibga solindi. Hozir O‘zbekistonda 86 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim amal qiladi (2016-yilda u 9 ta davlat uchun amal qilar edi), respublikamiz xalqaro reytinglarda bir nechta pozitsiyaga yuqoriroq ko‘tarildi. O‘zbekistonning mudofaa salohiyati mustahkamlandi: kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilarning ulushi 68% gacha o‘sdi (2016-yilda 37%), qo‘shinlarning zamonaviy qurol-yarog‘ bilan jihozlanishi darajasi 5 barobarga ortdi. Shuningdek, xalqaro konferentsiya ishtirokchilari tomonidan Harakatlar strategiyasi bugungi globallashuv sharoitida jahonda tub o‘zgarishlar kechayotgan murakkab bir vaziyatda, O‘zbekiston uchun siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning eng muhim besh ustuvor yo‘nalishini amalga oshirishning yaqin istiqbolga mo‘ljallangan muhim milliy strategik hujjati ekanligi amalda to‘laqonli o‘z aksini topganligi e’tirof etildi. Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilar sessiyalarga bo‘lingan holda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga mo‘ljallangan beshta yo‘nalish doirasida soha mutaxassislari bilan erishilgan natijalarni tahlil qilishdi, galdagi vazifalar yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishdi. Har bir sessiya yakunida qizg‘in muhokamalar o‘tkazildi. Konferentsiya yakunida xorijiy va mahalliy ekspertlar o‘zlarining fikr-mulohazalari bilan ham o‘rtoqlashishdi. Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari respublikaning har bir tuman va viloyat imkoniyatlaridan umumdavlat va hududiy manfaatlarda oqilona foydalana olishga bogʻliq. Oʻzbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan koʻra kechroq boshlagan boʻlsa-da, oʻtish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvchi yirik xalqaro moliya tashkiloti yaqinda Oʻzbekiston iqtisodiyotiga bagʻishlanganyangi hisobotinitaqdim etdi. Unda oʻtgan 2018-yil va joriy 2019-yilning birinchi yarmida mamlakatda yuz bergan makroiqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy oʻzgarishlar hamda yaqin 2 yil – 2021-yilgacha boʻlgan istiqbollar keng sharhlanadi. Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsish surʻatlari sekin, ammo ijobiy boʻlib qolmoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (toʻsiqlarni) bartaraf etish va yuqori oʻsish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Mevasabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qoʻllab-quvvatlaydi. 2019–2020-yillarda narxnavoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021-yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga koʻra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Sababi, Oʻzbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun koʻplab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi.17 Jahon banki jamoasi fikriga koʻra, kreditlarning davomli va haddan tashqari oʻsishi inflatsiya bosimini kuchaytiradi va bu makroiqtisodiy barqarorlik uchun asosiy xavflardan biridir. Ekspertlarga koʻra, Oʻzbekiston hukumati moliyaviy intizomni saqlash uchun maqsadli kreditlar hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari, barqaror iqtisodiy oʻsish va pul oʻtkazmalari oqimi mamlakatda asta-sekin qashshoqlikni qisqartirishga yordam berishi ham kutilyapti. Davlatning ijtimoiy siyosatdagi oʻzgarishlari kam daromadli oilalarni qoʻllab-quvvatlash dasturlarini yanada kengaytirish orqali qashshoqlikni kamaytirishi mumkin. 2019-yilda Oʻzbekiston hukumati ijtimoiy himoya xarajatlarini 50 % oshirdi. Bank ekspertlari fikricha, ayrim tovarlar narxining jahon bozorida koʻtarilishi va olib borilayotgan islohotlar tufayli Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar koʻpayishi uchun qulay istiqbollar mavjud, biroq salbiy omillar xavfi ham saqlanib qolmoqda. Ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy va Qozogʻistonda iqtisodiy oʻsishning ancha zaifligi; Tarkibiy va tizimli islohotlarni amalga oshirishning kechikishi; - Inflatsiyaning oʻsishi. Mamlakatning yetarli darajadagi valuta zaxiralariga egaligi va davlat tashqi qarzining nisbatan kamligi sabab iqtisodiyotning tashqi barqarorlik xavfi oʻrtacha boʻladi. Islohotlarning keyingi bosqichi davlat korxonalari va moliya sektori, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlarni xususiylashtirish va qishloq xoʻjaligidagi islohotlar kabi ancha murakkab muammolarni hal qilishga qaratilgan. Ushbu islohotlar iqtisodiy oʻzgarishlar, iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlash va ish oʻrinlarini yaratish uchun muhim ahamiyat ega. Shu bilan birga, ular puxta nazorat qilinishi kerak boʻlgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni ham qamrab oladi. Oʻzbekiston iqtisodiyotida yiliga qariyb 280 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi. Demografik sabablarga koʻra esa har yili deyarli 600 mingta ish oʻrni tashkil etilishi kerak. Shu bois, iqtisodiyotda har yili yaratilayotgan ish oʻrinlari mehnat bozoriga kirib kelayotgan yangi ishchilarni band qilish uchungina ikki baravar oshirilishi lozim. Aksariyat ish oʻrinlari yangi korxonalarni tashkil etish hamda mavjud korxonalarni yanada kengaytirish hisobiga yaratilishi zarur. Hisobot mualliflari Oʻzbekiston mehnat bozorida quyidagi tarkibiy va tizimli kamchiliklar borligini taʻkidlaydi: mehnatga boʻlgan ragʻbatning sustligi; xodimlar malakasining yetarli emasligi; korxonalarda xodimlarni texnik koʻnikmalarga oʻqitish boʻyicha imkoniyatlarning yetishmasligi; yoshlar oʻrtasida ishsizlik darajasi yuqoriligi; iqtisodiy faol boʻlmagan aholi ulushining koʻpligi; uzoq davom etayotgan ishsizlik; ish kuchining cheklangan safarbarligi.18 Iqtisodiy oʻsish – yangi ish oʻrinlarini yaratish uchun asosiy omil, yaxshi naf beradigan ish oʻrinlari yaratilishi iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasini oshirishning muhim shartidir. Mehnat unumdorligi va bandlikning ortishi aholi jon boshiga YaIM singari muhim koʻrsatkichning oʻsishiga xizmat qiluvchi ikkita asosiy omildir. Aholi jon boshiga daromadlari eng yuqori boʻlgan mamlakatlarda soʻnggi ikki asr davomida mehnat unumdorligi keskin oʻsib borayotganini koʻrish mumkin. Mehnat unumdorligining bunday oʻsishi “samaraliroq” yoki yuqori maoshli ish oʻrinlari yaratilishiga olib keldi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM aslida butun aholi mehnati samaradorligi (unumdorligi) koʻrsatkichidir. Yuqori va past daromad darajasiga ega mamlakatlarda aholi jon boshiga YaIMdagi farqlar mamlakatlar oʻrtasidagi mehnat unumdorligi darajalaridagi farqlarni ifodalaydi. Mehnat unumdorligi ortishi YaIM oʻsishining asosiy omili boʻldi. Oʻzbekistonda 1996-yildan 2016-yilgacha boʻlgan muddatda aholi jon boshiga YaIMning kumulyativ oʻsishi 165 % deb qayd etilgan.19 Ushbu davrda bir xodimga nisbatan mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmi, taxminan, 150 % oshdi. Ushbu davrda aholi jon boshiga YaIMning oʻsishi, asosan, mehnat unumdorligi oʻsishi va demografik oʻzgarishlar tufayli yuz berdi. Ammo ushbu davrda iqtisodiy faol aholiga nisbatan bandlik darajasi, shuningdek, mehnatga layoqatli aholiga nisbatan iqtisodiy faol aholi darajasi pasaydi. Oʻzbekistonda mehnat unumdorligi oʻsishi tarmoqlar oʻrtasidagi resurslar almashinuvi hisobiga emas, asosan, tarmoqlar ichida yuz berdi. XULOSA Iqtisodiy oʻsish taklifning tabiiy resurslar, mehnat resurslari, kapital, texnologiyalar kabi takliflar bilan belgilanadi. Iqtisodiy oʻsishni tezlashtirish, asosan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni koʻpaytirish orqali erishish mumkin. Bunga keng oʻsish deyiladi. Maxsusajoyib imkoniyatlarOʻsishni tezlashtirish, mehnat kapitalining koʻpayishi kabi omillardan foydalanish; Fan va texnologiya yutuqlari asosida ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; cheklangan resurslarning taqsimotiga hissa qoʻshadigan iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish; Ishchilarning taʻlim darajasini oshirish va boshqalarning faoliyatini oshirish va hokazo. Ushbu omillar vaqt oʻtishi bilan oʻsib borayotgan intensiv oʻsishni taʻminlaydi. Aholi sonining koʻpayishi va ishlab chiqarish omillarining maksimal hosildorligi tufayli ochlikni saqlash tahdididan qochish mumkin. Iqtisodiy oʻsishni oʻrganishga yangi yondashuvlarni shakllantirishda iqtisodiy oʻsish nazariyalari katta rol oʻynaydi. Bu ushbu nazariyalardan iqtisodiy oʻsish surʻatlarini oʻzgartirish choralarini koʻrish uchun yondashuvlar asosidir. Yangi, hali rivojlanayotgan sharoitlarda,iqtisodiy aloqalarU faqat iqtisodiy qayta tiklanish uchun hech qanday imkoniyat bermasdan, faqat oʻlik bilan olib boradi. Shuning uchun iqtisodiy oʻsish turini oʻzgartirish va tarjima qilish obʻektiv ravishda zarurmilliy iqtisodiyotIntensiv rivojlanish yoʻlida. Biroq, ekologik muammo kabi iqtisodiy rivojlanishning salbiy omillari haqida unutmaslik kerak. Va eng katta natijalarga erishish uchun olimlarning turli yoʻnalishdagi rivojlanishidan foydalanish kerak. Iqtisodiy oʻsish sifatida qoʻshimcha resurslar ishlab chiqarishga jalb qilinganligi sababli iqtisodiy oʻsish. Qoʻshimcha mehnat resurslarini jalb qilish hisobiga keng oʻsish aholi jon boshiga oʻrtacha daromadning oʻsishini taʻminlamasligi mumkin. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarish va mehnat omillarining omillarini soddalashtirish hisobiga keng tarqalgan. Yuqorida aytib oʻtilganidek, iqtisodiy oʻsish keng tarqalishning dastlabki boshlangʻich usulidir. Shuning uchun u bir qator salbiy xususiyatlarga ega, bu esa bu tematik nomukammallikning natijasidir. Iqtisodiy oʻsish bilan bogʻliq muammolarni koʻrib chiqish juda muhimdir, chunki Kengaytirilgan koʻpayishning birinchi modeli boʻlib, ushbu turdagi iqtisodiy rivojlanish uchun bazis ham bor. KQHenzen yoʻli, ishlab chiqarishni koʻpaytirish ishtiroki hisobiga, bu ishsizlikni kamaytirishga, bu resurslar ishini eng katta ish bilan taʻminlashga yordam beradi. Rejalashtirish va texnik xizmat koʻrsatish dasturi oqilona kengaytmada oʻsish surʻatlarining tezlashuvchan vositaidir. Iqtisodiy oʻsish toʻliq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish potentsial YaIM xajmining uzoq muddatli koʻpayishi tendentsiyasini anglatadi. U oʻsish ishlab chiqarish natijalari va omillarida roʻy beradigan miqdor va sifat oʻzgarishlarini xarakterlaydi. Iqtisodiy oʻsish real YaIM ning, yoki aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan real YaIM ni oʻsish surʻati bilan oʻlchanadi. Iqtisodiy oʻsish taklif, talab va taqsimot omillari bilan belgilanadi. Iqtisodiy oʻsishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mexnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshqalar kiradi. Bulardan foydalanish usuliga koʻra iqtisodiy oʻsish ekstensiv va intensiv turlarga boʻlinadi. Ishlab chikarish resurslar miqdorini oʻzgartirmagan holda oʻssa, intensiv omillar hisobiga amalga oshgan hisoblanadi. Iqtisodiy oʻsish modellari deganda iqtisodiy oʻsishni tahlil qilishda foydalaniladigan, ularning manbalarini aniqlash va qonuniyatlarini ochib berishga xizmat qiluvchi modellar tushuniladi. Keynschilar ( Xarrod, Domar) modellarida iqtisodiy oʻsishning asosiy omil investitsiyalar deb qaraladi. Jamgʻarish normasini koʻtarish orqali investitsiyalarni koʻpaytirish va ularning samaradorligini oshirish iqtisodiy oʻsish shartlari deb qaraladi. Klassik modellarda iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning barcha omillariga bogʻliq, mexnat va kapital oʻzaro almashiniladi deb qaraladi. Shunga koʻra kapitalning maʻlum darajasida mehnatning kapital bilan qurollanganlik darajasi, oʻz navbatida ishlab chiqarish hajmi ham turlicha boʻladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling