Makroiqtisodiy


Q uyidagi diagramma orqali inflyasiya va uning tarkibini soddaroq ko‘rinishda tushuntirib o‘tamiz


Download 440.48 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2023
Hajmi440.48 Kb.
#1145894
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jasur Kurs ishi makro

Q uyidagi diagramma orqali inflyasiya va uning tarkibini soddaroq ko‘rinishda tushuntirib o‘tamiz:

Bozor iqtisodiyotida tovar va xizmatlar narxi talab va taklifdan kelib chiqib shakllanadi. Ammo shunday tovar va xizmat turlari mavjudki, ularning narxlari davlat tomonidan o‘rnatiladi va tartibga solinadi. Iste’mol savatidagi ayrim tovar va xizmatlar narxlari tartibga solinishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy inflyasiya darajasiga ta’sir etgani uchun bunday tovar va xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlar bazaviy inflyasiyani hisoblashda qo‘llanilmaydi. Shu bilan, bazaviy inflyasiyani hisoblash maqsadida iste’mol narxlari indeksiga tuzatishlar kiritiladi. Iste’mol narxlari indeksi – bu, biz muntazam sotib oladigan iste’mol savatidagi ma’lum bir tovar va xizmatlar narxining ma’lum davrga nisbatan o‘zgarishini ko‘rsatadi. U foizda o‘lchanadi. Markaziy bank ushbu yondashuv orqali narxlar o‘zgarishini (dinamikasini) inflyasiyaga ta’sirini kuzatib boradi. Nega ba’zi tovar va xizmatlar bazaviy inflyasiyaga kiritilmaydi?


Yuqorida ta’kidlanganidek, narx-navosi tartibga solinadigan, qisqa muddatlarda o‘zgaruvchan hamda mavsumiy tovar va xizmat narxlaridagi o‘zgarishlar bazaviy inflyasiyani hisoblashda inobatga olinmaydi. Bunday tovar va xizmatlarning bazaviy inflyasiyaga kiritilishi, yaqqol (sof) inflyasiya darajasiga mutanosib ravishda aks etmasligi, shuningdek, pul-kredit siyosati borasida olib borilgan choralarning ta’sirchanligini baholashga imkon yaratmasligi mumkin.

  • Aynan bu tovar va xizmatlarni bazaviy inflyasiyadan chiqarib tashlash, narxlari shok ta’sirida o‘zgaruvchi tovar va xizmatlarning dinamikasiga chalg‘imasdan pul-kredit siyosati choralarini umumiy narxlarga ta’sirini ajratib olishda qo‘l keladi.

Ushbu matnimizda Markaziy bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim vositalardan biri bo‘lgan – ochiq bozor operasiyalari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Xo‘sh, ochiq bozordagi operasiyalar deganda nima nazarda tutiladi?
Ochiq bozordagi operasiyalar (inglizcha – “Open market operations”) - jahon amaliyotida pul muomalasini tartibga solishning asosiy vositalaridan biri hisoblanib, mamlakatdagi pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan usuli hisoblanadi. Bunda, Markaziy bank o‘z mablag‘lari hisobidan ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlarni sotib olishi va sotishi mumkin. Ochiq bozorda amalga oshiriladigan operasiyalarda katta miqdordagi xilma-xil qimmatli qog‘ozlar ishtirok etadi. Ochiq bozordagi operasiyalar iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Angliya, Germaniya, Kanada va boshqalar)da XX asrning 40-yillarida davlat obligasiyalari bozorining nihoyatda kengayishi va ularning markaziy banklar tomonidan faol sotib olinishi orqali pul-kredit siyosatining asosiy instrumentiga aylangan bo‘lib, ushbu amaliyot bugungi kunda, iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar markaziy banklari tomonidan ham pul mablag‘lariga bo‘lgan taklifni nazorat qilish hamda tartibga solib turishda eng muhim dastakka aylandi.

  • Xususan, respublikamizda ham 1996 yildan 2011 yilgacha davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqarilib, ular tijorat banklari o‘rtasida joylashtirilgan. 2012 yilga kelib davlat qimmatli qog‘ozlarining muomalaga chiqarilishi to‘xtatilgan.

H ozirgi kunda, mamlakatimizda davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bu borada yetarlicha tajriba shakllangan. Xalqaro amaliyotda davlat qimmatli qog‘ozlarining doimiy muomalada bo‘lishi nafaqat davlat byudjeti defisitini moliyalashtirishning maqbul yo‘li, balki mamlakat moliya bozorini rivojlantirishning muhim instrumenti bo‘lib hisoblanadi.O‘z navbatida, Markaziy bank ochiq bozor operasiyalarini faollashtirish maqsadida 2018 yildan davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish borasida Moliya vazirligi bilan tegishli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Bunda, bozorning foiz stavkalari va bank tizimida (tijorat banklari)gi likvidlilik darajasiga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, iqtisodiyotdagi pul massasi hajmi o‘zgarishini muvozanatlashtirish maqsadida Markaziy bank ochiq bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarini, shuningdek, o‘zi chiqargan obligasiyalarni1 hamda boshqaruv qaroriga ko‘ra boshqa qimmatli qog‘ozlarni2 sotib olishi va sotishi mumkin. Joriy yilda Markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirishda davom etdi va 2020-yil 24 fevraldan qisqa muddatli likvidlikni boshqarish instrumentlarini amaliyotga joriy etdi. Xususan, banklar bilan davlat qimmatli qog‘ozlari garovi ostida 2 haftalik REPO3 auksionlari va 1 kunlik overnayt REPO operasiyalari o‘tkazilmoqda.
Markaziy bank tijorat banklaridan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish, ya’ni sotib olish orqali bank tizimi likvidligi miqdorini oshiradi. Aksincha, qimmatli qog‘ozlarni sotish esa teskari ta’sirga ega bo‘lib, bu tijorat banklari likvidligini qisqarishiga olib keladi. Ushbu operasiyalar Markaziy bank hamda tijorat banklari o‘rtasida kechadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Markaziy bank tomonidan qimmatli qog‘ozlarning sotilishi bank tizimi likvidligini qisqartirishi, qimmatli qog‘ozlarning sotib olinishi esa bank tizimi likvidligini oshirishi mumkin.

  1. Markaziy bank faqat pul-kredit siyosatini amalga oshirish maqsadida obligasiyalar emissiyasi (muomalaga chiqarish)ni amalga oshiradi. Shuningdek, obligasiyalarning emissiyasi, joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi hamda muomaladan chiqarilishi tartibi va shartlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

  2. Xorijiy davlatlar qimmatli qog‘ozlari (obligasiya, veksel, depozit sertifikatlari va boshqalar) hamda mahalliy korporativ obligasiyalar.

  3. REPO (inglizcha “Repurchase Agreement”) – oldindan belgilangan narxda va kelishilgan muddatda qayta sotib olish (sotish) majburiyati ostida qimmatli qog‘ozlarni sotish (sotib olish) bo‘yicha tuzilgan bitim.

Markaziy bank asosiy stavkasi - pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri hisoblanadi.Banklararo pul bozoridagi foiz stavkalari, shuningdek, Markaziy bank tomonidan bank tizimiga likvidlikni taqdim etish bevosita asosiy stavkaga bog‘liq.

  • Shunday qilib, asosiy stavka iqtisodiyotdagi foiz stavkalari darajasiga, shuningdek, aholi va biznesning iste’mol va investision (sarmoya kiritish) qarorlariga ta’sir ko‘rsatgan holda ichki talab va inflyasiya darajasi o‘zgarishida ahamiyat kasb etadi.

Asosiy stavka qanday va kim tomonidan belgilanadi?
Asosiy stavka darajasi Markaziy bank boshqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati sharoitlari, joriy va kutilayotgan inflyasiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda, agar inflyasiya darajasi ko‘tarilsa, Markaziy bank ham asosiy stavkani ko‘taradi. Agar inflyasiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi.
Asosiy stavka qanday qilib bank xizmatlariga ta’sir ko‘rsatadi?
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirishga qaror qilsa, bozorni mumkin bo‘lgan o‘sish yoki pasayish haqida avvaldan xabardor qiladi.
O‘z navbatida, tijorat banklari asosiy stavkaning trayektoriyasini kuzatib, pul bozoridagi likvidlik yaqin kelajakda arzon yoki qimmatlashishini tushunadilar. Tabiiyki, bu esa, banklarni o‘z mahsulotlari va xizmatlari narxlarini o‘zgartirishga undaydi (masalan, aholi va tadbirkorlardan jalb etiladigan omonatlar va ularga ajratiladigan kreditlar bilan bog‘liq xarajatlar). Agar iqtisodiyotda inflyasiya darajasining o‘sish sur’ati jiddiy tezlashsa va Markaziy bank asosiy stavkani ko‘tarsa, ushbu holat banklar tomonidan depozit va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirish ehtimolini yuzaga keltiradi. Bu esa, banklararo (joriy likvidlikni ta’minlash maqsadida banklar bir-birlariga pul mablag‘larini ma’lum bir foiz evaziga taqdim etadigan bozor) va umuman olganda pul bozorida mablag‘larni jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarni oshishiga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi hamda asosiy stavkaning pasayishi banklararo pul bozorida pul mablag‘larini jalb etish arzonlashishiga, bu esa, yuqori bo‘lmagan foiz stavkalarida kreditlar ajratish orqali aholi va tadbirkorlar uchun moliyaviy manbalarning maqbullashishiga sabab bo‘ladi.
E’tibor bering! Foiz stavkalarini pasaytirish banklararo raqobatga juda ham bog‘liq.
Markaziy bank asosiy stavkasi kredit tashkilotlari tomonidan mijozlar bilan shartnomalar tuzishda qo‘llanilishi mumkin. Bunday hollarda kredit bo‘yicha foiz stavkasi asosiy stavkaga "bog‘langan" va foiz to‘lovlari miqdori asosiy stavka darajasiga qarab o‘zgaradi.

  • Mamlakatimizda 2020 yilning 11 sentyabrdan boshlab asosiy stavka 14%ni tashkil etadi.

Markaziy bank obligasiyalari – pul-kredit siyosati instrumenti bo‘lib, foiz stavkalarini tartibga solish va tijorat banklarida mavjud ortiqcha likvidlilikni nisbatan uzoqroq muddatga jalb etish maqsadida chiqariladi
Ma’lumki, 2020 yil yanvar oyidan boshlab Markaziy bank obligasiyalari muomalaga chiqarila boshlandi. Xususan, o‘tgan vaqt mobaynida qariyb 1,4 trln. so‘mlik obligasiyalar chiqarilib, tijorat banklariga joylashtirildi
Xalqaro amaliyotda markaziy banklar tomonidan obligasiyalar joylashtirish keng tarqalgan.
Hukumat va korporativ qimmatli qog‘ozlardan farqli ravishda Markaziy bank obligasiyalarining asosiy maqsadi qarz majburiyatlarini jalb qilish emas, balki bank tizimi likvidliligini boshqarish samaradorligini oshirish hisoblanadi. Obligasiyalar qisqa muddatli bank likvidliligini jalb qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, 1 yilgacha bo‘lgan muddatgachiqariladi.

  • Bunda, tijorat banklari likvidlilik bo‘yicha o‘rnatilgan normativlarni bajarish uchun, shu jumladan, moliyaviy bozorlar yaxshi rivojlanmagan va boshqa likvid instrumentlar yetishmagan holatda, ma’lum miqdordagi mablag‘larni bank kassasida yoki Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘ida saqlab keladi. Biroq, mazkur mablag‘lar hech qanday daromad olib kelmaydi. Markaziy bank obligasiyalarining muomalaga chiqarilishi esa tijorat banklari uchun yuqori likvidli aktivga ega bo‘lish bilan bir qatorda, ma’lum miqdorda daromad olish imkoniyatini beradi.

Markaziy bank obligasiyalari tijorat banklari uchun yetarlicha jozibador instrument hisoblanadi, chunki mazkur obligasiyalar xatarlarsiz ma’lum miqdordagi kafolatlangan daromad olish imkonini beradi. Obligasiyalar, yuqori likvidlik bozor instrumenti yoki garov ta’minoti bo‘lganligi uchun, tijorat banklarining kreditlash imkoniyatlarini cheklamaydi.
Obligasiyalarni joylashtirish erkin bozor sharoitida auksion o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Tijorat banklari sotib olish zaruriyati va hajmi to‘g‘risidagi qarorlarini mustaqil qabul qiladilar. Agar tijorat banklarida qo‘shimcha likvidlilikka bo‘lgan talab obligasiyani so‘ndirish muddatidan oldin yuzaga kelsa, ushbu obligasiyalardan garov sifatida foydalanib Markaziy bankdan yoki boshqa tijorat banklaridan kredit olishi mumkin. Bundan tashqari, istalgan paytda banklar ushbu obligasiyalarni ikkilamchi bozorda yoki Markaziy bankning o‘ziga qayta sotishlari mumkin. Umuman olganda, Markaziy bank obligasiyalari quyidagi asosiy maqsad va vazifalarni uchun xizmat qiladi:
birinchidan , pul bozori foiz stavkalarini boshqarishga va ularning Markaziy bank asosiy stavkasiga yaqin darajada shakllanishiga xizmat qiladi;
ikkinchidan, tijorat banklari uchun belgilangan normativlar doirasida likvidlilikni samarali boshqarish hamda bir vaqtning o‘zida daromad olish imkonini beradi va bu bankning kredit operasiyalari bo‘yicha foiz stavkalarini tushirishga imkon beradi;
uchinchidan, moliya bozorining rivojlanishi va “daromadlilik egri chizig‘i”ning shakllanishi uchun zarur bo‘lgan, foiz stavkalarni belgilash bo‘yicha asos (benchmark) bo‘lib xizmat qiladi.
tortinchidan, Markaziy bank obligasiyalarining muomalaga chiqarilishi pul va moliya bozorining boshqa tarmoqlari rivojlanishiga imkoniyat yaratuvchi asosiy instrument sifatida qaraladi.

  • Ma’lumot uchun: “daromadlilik egri chizig‘i” moliyaviy instrumentlarning (masalan, obligasiyalarning) muomala muddatiga bog‘liq foiz stavkalaridagi o‘zgaruvchanlikni ko‘rsatadi. Odatda, obligasiyalarning muomala muddati qanchalik uzoq bo‘lsa, uning daromadligi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Inflyatsiya haqida boshlang‘ich tushuncha
Inflyasiya - lotincha “inflatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “shishish”, “bo‘rtish”, “ko‘tarilish” degan ma’nolarni anglatib, mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o‘sishi) tushuniladi. Narxlarning umumiy darajasi ko‘tarilishi natijasida mamlakat pul birligi (milliy valyuta) xarid qobiliyatining pasayishi ro‘y beradi. Bu esa o‘z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.
Iste’mol narxlari indeksi – uy-xo‘jaliklari talabidan kelib chiqib, ma’lum bir tovar va xizmatlar umumiy narxlarining o‘rtacha o‘zgarish darajasini aks ettiradi. Ushbu umumiy ko‘rsatkich iste’mol savatidagi har bir tovar va xizmat uchun narxlarning o‘zgarishini inobatga olgan holda hisoblanadi.
Mamlakat ichidagi tovar va xizmatlar bahosining o‘sib borishiga ko‘ra inflyasiya turli darajalarda bo‘ladi:

  • Sudraluvchi (moʻtadil) inflyasiya. Uzoq vaqt davomida barqaror va past darajada bo‘lgan inflyasiya (zamonaviy iqtisodiyot uchun yiliga 1-4% normal hisoblanadi)

  • Shiddatli (galloping) inflyasiya. Inflyasiyani yillik darajasi 10% dan oshib, har oyda o‘sib boradi

  • Giperinflyasiya. Mamlakatda o‘rtacha narx-navoning haddan tashqari oshgandagi holati bo‘lib, oyiga 50%, yiliga esa 50 baravardan ham ko‘proq oshishi mumkin.

Uzoq vaqt mobaynida tovar va xizmatlar narxlari barqaror bo‘lgan, rivojlangan mamlakatlarda inflyasiyaning o‘rta muddatli ko‘rsatkichi 2 foiz atrofida, ushbu ko‘rsatkich rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan davlatlar uchun esa nisbatan yuqoriroq, taxminan 2-6 foiz atrofida bo‘lishi maqbul deb topilgan. Bugungi kunda har qanday darajadagi inflyasiya salbiy jihatga ega degan fikr ommada mavjud bo‘lib, aslini olganda inflyasiyaning har qanday darajasi ham iqtisodiyot uchun zararli emas. Iqtisodiy o‘sish uchun kam foizli barqaror inflyasiya bu tabiiy jarayon.
Past darajadagi inflyasiya iqtisodiyotda qo‘shimcha talab yaratishi orqali iqtisodiy o‘sishga turtki beradi. Inflyasiyaning umuman yo‘q bo‘lishi esa iqtisodiyotning o‘sish sur’atini pasaytirib yuborishi mumkin. Shiddatli inflyasiya kelgusida yuqori inflyasiyaga olib kelib, iqtisodiyotni izdan chiqarishi mumkin. Shu nuqtai nazardan past darajadagi barqaror inflyasiya ijobiy hisoblanadi.
Inflyasiyani kelib chiqishiga ko‘ra ikki toifaga ajratish mumkin:

  • Talab inflyatsiyasi: Inflyasiyaning bu turi talabning keskin oshishi natijasida iqtisodiyotda pul taklifining oshishiga yoki xaridorlar tomonidan inflyasion kutilmalarni shakllanishiga olib keladi. Soddaroq qilib aytganda, ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to‘la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovar va xizmatlar narxlari o‘sadi.

  • Taklif inflatsiyasi: Inflyasiyaning bu turi ishlab chiqarish xarajatlarining keskin oshishi natijasida sodir bo‘ladi. Ya’ni, har xil jarayonlar va tarkibiy o‘zgarishlar (soliqlar o‘zgarishi, energiya resurslari narxlari oshishi, davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar oshirilishi va boshqalar) tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Natijada ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning narxlari oshadi.

Oxirgi yillarda tashkil etilgan 23 ta korxona past quvvatlarda ishlayotgani, rejalashtirilgan ayrim loyihalar o’z vaqtida faoliyat boshlamagani tanqid qilindi. Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiy o’sish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan, byudjetga tushumlarni ko’paytiradigan investitsiya loyihalarini shakllantirishga mas’ul bo’lgan doimiy Ishchi komissiya tuzish, investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish ko’rsatkichlari ijrosini muhokama qilib borish bo’yicha topshiriq berildi. Yig’ilishda eksport tarkibi, tashqi bozordagi talab va yurtimiz korxonalarining undagi o’rni chuqur tahlil qilindi. O’zbekiston eksportining 50 foizidan yuqorisini hanuzgacha gaz, oltin, kumush, mis, rux, polietilen kabi xomashyolar tashkil etayotgani, arzon xomashyo mavjud bo’lgan tarmoqlar bo’yicha ishlab chiqarish va eksport yetarlicha yo’lga qo’yilmayotgani ko’rsatib o’tildi. Masalan, mamlakatimizda charm-poyabzal eksporti bo’yicha kamida 1,5 milliard dollarlik salohiyat bo’lsa-da, hozirda bu boradagi ko’rsatkich 200 million dollarga ham yetmaydi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, "O’zcharmsanoat" uyushmasiga terini chuqur qayta ishlab, ayollar poyabzallari va sumkalari, sport anjomlari va boshqa tayyor charmattorlik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish orqali eksport hajmini 2 barobar oshirish vazifasi qo’yildi. To’qimachilik mahsulotlari eksporti so’nggi ikki yilda 2 barobarga oshib, 1 milliard 600 million dollarga yetgan bo’lsa ham, uning deyarli yarmini ip-kalava tashkil etmoqda. Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, "O’zto’qimachiliksanoat" uyushmasiga eksportda tayyor mahsulotlar ulushini oshirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Yana bir tahlil: dunyoda meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozori 205 milliard dollarni tashkil etadi.
Yurtimizning bu bozordagi ulushi esa bir foizga ham yetmaydi. Qishloq xo’jaligi vazirligi va "O’zbek oziq-ovqa txolding" kompaniyasiga meva sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanda ekinlarni to’g’ri joylashtirish, "mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash yoki qayta ishlash – eksport" zanjirini yaratuvchi kooperatsiyalar tashkil etish orqali eksport hajmini bosqichma-bosqich 5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo’yildi. Mashinasozlik va elektrotexnika tovarlarining qo’shilgan qiymati yuqori, dunyoda ularga doimiy talab ham bor. Lekin tarmoq korxonalari bu imkoniyatdan to’la foydalanmayapti. Shundan kelib chiqib, soha mutasaddilariga qo’shni davlatlar bilan savdoni rivojlantirish, eksport hajmini 2-3 barobar oshirish bo’yicha topshiriqlar berildi. Oxirgi uch yildagi faol investitsiya oqimi tufayli soha va hududlarga ko’p mablag’ yo’naltirilgani qayd etilar ekan, jalb qilinayotgan har bir dollarning natijadorligiga asosiy e’tibor qaratish kerakligi ko’rsatib o’tildi. Barcha rahbarlar aniq bilib olsin qat’iy hisob-kitob, texnik-iqtisodiy asoslarsiz biror bir loyihani moliyalashtirishga ruxsat berilmaydi, dedi Prezident, bosh vazir rahbarligida tashqi qarz hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar natijadorligini nazorat qilish bo’yicha komissiya tashkil etib, mas’ul idoralarning hisobotini qabul qilish zarurligi ta’kidlandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan soliq islohotlari tushumlar ko’payishida ijobiy natijalar bermoqda. Buni xalqaro moliyaviy institutlar ham tasdiqlamoqda. Masalan, qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilari soni 12 barobar, foyda solig’i to’lovchilari soni 6,5 barobarga oshgan.
Aholini dori vositalari bilan ta’minlash uchun 1,3 barobar, bolalar sporti dasturi uchun 3 barobar, geologiya-qidiruv ishlari dasturiga 4 barobar ko’p mablag’ ajratish mo’ljallangan. Shuningdek, paxtachilik va bog’dorchilikda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo’jaligi texnikasini xarid qilish xarajatlariga ham alohida o’rin berilgan. Prezidentimiz xarajatlar borasidagi eng ustuvor vazifa moliya-byudjet intizomi, yo’naltirilayotgan har bir so’m iqtisodiyot uchun qanday natija berayotgani asosiy mezon bo’lishi lozimligini ta’kidladi. Moliya vazirligi va Hisob palatasiga byudjetdan moliyalashtiriladigan dasturlarning maqsadli indikatorlarini belgilash va ijrosini baholash tartibini ishlab chiqish vazifasi qo’yildi. Hokimliklarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida hududiy moliya organlarini to’liq mahalliy davlat organlari tuzilmasiga o’tkazish zarurligi ta’kidlandi. Avtomobil yo’llari, irrigatsiya, melioratsiya kabi sohalarga investitsiya xarajatlari bo’yicha uch yillik dastur ishlab chiqish bo’yicha ham vazifalar belgilandi. Muhokama qilingan barcha jihatlarni hisobga olib, "2020-yil uchun Davlat byudjeti to’g’risida"gi qonun loyihasini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga taqdim etish kerakligi qayd etildi.



Download 440.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling