Makroiqtisodiyot fanidan


Download 0.7 Mb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1345162
  1   2   3
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

Makroiqtisodiyot fanidan.

Reja.

1. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli.

2. Davlat byudjetining mohiyati va funktsiyalari.

3. Yalpi talabining bahodan boshqa omillariga va ularning ad chizig’iga egri chizig’iga ta’siriga izoh bering.


Tayyorladi : BHA 92-2 guruh talabasi: Nadjimov Anvar

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli.

Klassik iqtisodchilar ta’kidlashlaricha, kapitalizmning o‘ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamg‘arma va investasiyalarning tengligini ta’minlaydi. Shuning uchun ham to‘liq bandlik mavjud bo‘ladi.

Bilamizki, iqtisodiyotda to‘liq bandlik sharoitiga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham boshqa bir iqtisodchilar klassik nazariyaning asosiy jihatlarini tankid qila boshladilar.

Keyns nazariyasining eng qimmatli jihati shuki, u bozor iqtisodiyotida ish bilan to‘la bandlikni ta’minlaydigan xech qanday mexanizm yo‘qligini isbotladi. Makroko‘lamda iqtisodiyot muvozanatga erishish mumkinligi, lekin shunda ham ma’lum miqdorda ishsizlik va inflyasiya saqlanib qolinishini, to‘la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tasodif ekanligini, kapitalizm o‘z-o‘zidan tartibga tushib, rivojlanib ketavermasligini isbotlab berdi. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog‘liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyasiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg‘armalarga bevosita bog‘liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning bekarorligiga olib keladi.

Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. «Keyns xochi». Ishlab chikarish xajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi

  • Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko‘p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa eng barqaror komponent bo‘lgan investitsiyalarning o‘zgarishi makroiqtisodiy barqarorlik sabablaridan biridir.
  • Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o‘z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar — moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o‘zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg‘arma va investitsiyalar miadorining o‘zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiktisodiy muvozanatni ta’minlaydi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling