"makroiqtisodiyot" fanidan


-diagramma. Import tarkibi(2022 yil yanvar-dekabr, ulushi%


Download 134.15 Kb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi134.15 Kb.
#1584628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAMLAKATNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA SOLIQ TIZIMINING ROLINI 1

1.1-diagramma. Import tarkibi(2022 yil yanvar-dekabr, ulushi%
Import tarkibi (2022 yil yanvar-dekabr, ulush %) 2-diogramma15
2022 yilda import qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibi tahlili shuni
ko‘rsatdiki, 2021 yilga nisbatan mashina va asbob-uskunalar hamda ularning
qismlari importining ulushi 36,1 % dan 43,8 % gacha o‘sdi, oziq-ovqat mahsulotlari va kimyo mahsulotlari importining ulushi esa 9,1 % dan 7,8 %ga va 15,3 %dan 13,2%ga kamaydi. Umuman olganda, barcha mahsulotlarda o‘sish kuzatilishiga qaramasdan, ularning (mashina va asbob-uskunalardan tashqari) jami importdagi ulushi pasaymoqda. So‘nggi uch yildagi umumiy import hajmining o‘sishi (1,7 barobar) fonida xizmatlar importining mutloq o‘sishiga qaramasdan (1,2 barobar) uning jami importdagi ulushi kamaymoqda (4,1 foiz punkt). Oziq-ovqat mahsulotlarining importi hajmlarining o‘sishiga shakar xomashyosi (6,1 barobar o‘sish), kakao, un va qandolat mahsulotlari (va ulardan tayyorlangan mahsulotlar) (1,7 barobar), sitrus (2,2 barobar) hamda go‘sht va sub oziq-ovqat mahsulotlari(2,1 barobar) importi ta’sir qilgan. Energiya tashuvchi va neft mahsulotlari importi oshishiga esa qayta ishlangan neft mahsuloti importining oshganligi (125 barobar) bevosita ta’sir etgan.
Qishloq xo‘jaligi uchun mashina va asbob-uskunalar (90 barobar), avtomobillar uchun uskuna va ehtiyot qismlar (87 barobar), ekskovator va buldozerlar (119 barobar) hamda tibbiy asbob va moslamalarning (146 barobar) nisbatan yuqori o‘sishi hisobiga jami import hajmini oshishiga olib kelgan.Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, olib kirilgan tovarlar narxining ichki ishlab chiqarish sharoitlari va ularni sotib olish va chegaragacha yetkazib berishga sarflangan barcha valyuta harajatlar nisbatidir. Ko’pincha eksportdan ko’rilgan zarar importdan ko’rilgan foyda hisobiga qoplanilishi tufayli yuqorida aytib o’tilgan ko’rsatkichlarni to’g’riroq qilib aytish uchun uchun quyidagi koeffitsientlar kiritilgan: import uchun eksport samaradorligi ekvivalenti va tegishli ravishda eksport uchun import samaradorligi ekvivalenti.

Download 134.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling