1.2-diagramma. Eksport tarkibi(2022 yil yanvar-dekabr, ulushi%)
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 80,1 %ni tashkil etib, ular asosan
qimmatbaho metallar (kumush bilan birga 28,2 %), energiya tashuvchi va neft
mahsulotlari (14,1 %), to‘qimachilik buyumlari (9,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari
(8,5 %, aksariyat meva-sabzavot – 6,7 %), rangli metal va undan tayyorlangan
buyumlar (5,3 %) hamda kimyo mahsulotlari va buyumlari (4,9 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
MDH mamlakatlari va boshqa mamlakatlarga eksportning yo‘nalishi bo‘yicha
farqlanishlar 29,1 mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan, MDH mamlakatlariga
eksportning 80 % xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda, keyingi o‘rinlarda eksport
hajmi bo‘yicha energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (asosan tabiiy gaz) hamda
meva-savzavot va to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri kelmoqda.
MDH mamlakatlari yo‘nalishiga mashina va asbob-uskunalar, qora va rangli
metallar, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti nisbatan tezroq o‘sdi, faqatgina paxta tolasi eksportida pasayish kuzatildi. 2022 yilda eksport qilingan tovarlar va
xizmatlar tarkibining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida
sezilarli o‘zgarishlar qayd etilmadi, biroq shuni ta’kidlash joizki, 2021 yilga
nisbatan, energiya tashuvchi va neft mahsulotlari hamda kimyo mahsulotlari va
buyumlaridan tashqari barcha tovar va xizmatlarda o‘sish kuzatilgan
Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi, tashqi bozordagi tovarlar
savdosidan tushgan valyutadagi sof daromad va davlatning uni ishlab chiqarishga
va transport harajatlariga sarflagan harajatlari nisbatini, shuningdek, agar tovarlar
kreditga sotilgan bo’lsa kredit koeffitsienti ta’siri hisobga olingan holda ularning
nisbatini ifodalaydi.
1.2- jadval. MDH va boshqa davlatlarga eksport tarkibi(2022 yil yanvar-dekabr)
Respublikada import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab
chiqarishni rag‘batlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida amalgaoshirilayotgan islohotlar importni keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Shu bilan birga, mamlakatga kiritilayotgan salmoqli investitsiyalar natijasida so‘nggi yillarda import hajmi oshib kelayotganligini kuzatish mumkin. Jumladan, hisobot davrida import hajmi 24,3 mlrd. AQSh dollarni (2021 yilga nisbatan 124,9 %) tashkil etib, valyutani erkinlashtirish boshlangan davrga nisbatan 1,7 barobarga oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |