«makroiqtisodiyoT» Fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 231.94 Kb.
bet4/8
Sana07.02.2023
Hajmi231.94 Kb.
#1175845
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
МАКРОИҚТИСОДИЁТ

Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol o‘ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan bog‘liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflatsion zo‘riqishning paydo bo‘lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini
o‘zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta’minlash jarayonlarining har biri o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi.
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o‘zgaradi va ko‘rilgan chora - tadbirlar ko‘tilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal siyosatdavlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini avtomatik o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o‘ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. Bu esa yalpi talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag‘batni yuzaga kelishiga olib keladi. Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi to‘lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham yalpi talabni oshirib, yalpi taklif hajmini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

30. Pul-kredit siyosatining maqsadlari va asosiy vositalariga ta’rif bering


Pul-kredit siyosati deganda, to‘liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o‘sish, to‘liq bandlikni, baholarning hamda to‘lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko‘rsatiladi:
1. Hisob stavkasi;
2. Majburiy zahiralar normasi;
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar.

31.Depozitlarni majburiy zahiralash me’yorining mohiyatini va pul taklifi hajmiga ta’sirini izoxlang.



Download 231.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling