«makroiqtisodiyoT» Fanidan yakuniy nazorat savollari
Majburiy zahiralar – bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir
Download 231.94 Kb.
|
МАКРОИҚТИСОДИЁТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu me’yor qanchalik yuqori bo‘lsa, ortiqcha zahiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo‘li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo‘ladi.
Majburiy zahiralar – bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir.
Majburiy zahira me’yori ikki asosiy vazifani bajaradi: bank likvidligini ta’minlaydi; kredit emissiyasini tartibga soladi. Ya’ni, Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo‘lgan zahiralarning eng quyi normasini o‘rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor qanchalik yuqori bo‘lsa, ortiqcha zahiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo‘li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo‘ladi. Ilk majburiy zahira me’yori AQShda 1865 yilda joriy qilingan edi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so‘mga o‘sgan bo‘lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo‘lganda (zahira normasi – tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so‘mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so‘mni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so‘mga ko‘paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so‘mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so‘mdan tashqari yana 1600 so‘m qarz oluvchilar qo‘lida qoladi. Agar, 1600 so‘m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo‘lgan zahira normasida u 320 so‘mni zahirada qoldirib, 1280 so‘mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so‘nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 so‘mga ko‘payganligini ko‘rsatadi. M = (1/ rr ) x D, bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi; D - dastlabki depozit. 32.Ochiq bozordagi operatsiyalarning mohiyatini va ahamiyatini izohlang. Ochiq bozordagi operatsiyalar (inglizcha – “Open market operations”) - jahon amaliyotida pul muomalasini tartibga solishning asosiy vositalaridan biri hisoblanib, mamlakatdagi pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan usuli hisoblanadi. Bunda, Markaziy bank o‘z mablag‘lari hisobidan ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlarni sotib olishi va sotishi mumkin. Ochiq bozorda amalga oshiriladigan operatsiyalarda katta miqdordagi xilma-xil qimmatli qog‘ozlar ishtirok etadi. 33. Pul kredit siyosati ta’sirini ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga transmission mexanizmi izoxlang Pul-kredit siyosatining transmission (o‘tkazish) mexanizmi Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlashda pul-kredit siyosati choralarining yalpi talab va inflyatsiya darajasiga samarali ta’sir mexanizmining mavjudligi xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Inflyatsion targetlash rejimida Markaziy bank inflyatsiya bo‘yicha qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, foiz stavkalarini o‘zgartiradi va o‘rnatadi. Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an’anaviy tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qat’iylashtiradi. Ushbu choralarning iqtisodiyotning real sektoriga ta’sir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati transmission mexanizmlarining samaradorligi bilan belgilanadi. Pul-kredit siyosatining transmission mexanizmi o‘zida Markaziy bank foiz stavkalari o‘zgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta’sir o‘tkazish jarayonini aks ettiradi. 35.Qayta moliyalash stavkasining mohiyatini va qo‘llanilishidan kutilgan maqsadlari. Download 231.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling