«makroiqtisodiyoT» Fanidan yakuniy nazorat savollari


bu Markaziy bankning Respublikadagi boshqa tijorat banklarga taqdim qiladigan puliga qo‘yilgan to‘lov foizidir


Download 231.94 Kb.
bet6/8
Sana07.02.2023
Hajmi231.94 Kb.
#1175845
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
МАКРОИҚТИСОДИЁТ

bu Markaziy bankning Respublikadagi boshqa tijorat banklarga taqdim qiladigan puliga qo‘yilgan to‘lov foizidir.
Hisob stavkasi darajasi mamlakat iqtisodiyotining umumiy ahvoli va mamlakatdagi inflyatsiya darajasidan kelib chiqib belgilanadi.

Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri – bu, hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko‘zda tutilmagan zarurat tug‘ilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam


bo‘lgan hollardagina oladilar. Hisob stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan qo‘shimcha zahiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. O‘z navbatida, bu tijorat banklarining zahiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko‘paytiradi. Yana shunday holler mavjudki, Markaziy bank hisob stavkasini ko‘tara borib, tijorat banklari tomonidan qo‘shimcha zahiralarni olish yo‘lidagi to‘siqlarni biroz ko‘targanday bo‘ladi va kreditlar berish bo‘yicha ularning faoliyatini pasaytiradi, shu yo‘l bilan pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka past bo‘lsa, unda tijorat banklari ko‘proq kredit olishga harakat qiladilar.
Natijada banklarning ortiqcha zahiralari ortib boradi va muomaladagi pul miqdorining oshib borishiga olib keladi. Agarda hisob stavkasi miqdori yuqori bo‘lsa, unda banklar kamroq kredit olishga, olganlarini esa qaytarib berishga harakat qiladilar, pirovard natijada ortiqcha bank zahiralari qisqaradi, muomaladagi pul miqdori kamayadi.
Bu ko‘rsatkichlar darajasi turli mamlakatlarda iqtisodiy vaziyatga qarab turlicha maqsadda bo‘ladi. Masalan iqtisodiyotda turg‘unlik elimentlari ko‘ringach investitsiyalarni qo‘llab quvvatlash va umuman iqtisodiy faollikni oshirish uchun AQSh Federal zahira tizimi hisob stavkasini 2002 yilda bir foizgacha qisqartirdi.

36. Pul-kredit siyosatining eksapnsiyasi: mohiyatini izohlang.


M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr – majburiy zahiralash normasi ; D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko‘rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsentiga bog‘liq bo‘lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralarnormasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo‘lgan yangi kredit pullarining eng ko‘p miqdorini bildiradi.

37 Pul-kredit siyosatining restriksiyasi: mohiyatini izohlang


Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va
davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiscal siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo‘shimcha turtki bo‘lishi mumkin.

38.Pul-kredit siyosatining uslublari va ularning moxiyati misollar bilan izohlang


Pul-kredit siyosati deganda, to‘liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o‘sish, to‘liq bandlikni, baholarning hamda to‘lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta’minlab turish zarur bo‘ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi. Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko‘rsatiladi:
1. Hisob stavkasi;
2. Majburiy zahiralar normasi;
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar.

39.IS-LM modelining umumiy tavsifini bering.


Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tahlil qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.


IS - LM modeli birinchi marta 1937 yilda Djon Xiks tomonidan Keynsning makroiqtisodiy konsepsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 1949 yilda Elvin Xansenning “Monetar nazariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan so‘ng keng yoyildi.


Shu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi

I S - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi.


40.IS-LM modelida avtonom investitsiyalar.


Milliy daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmagan investitsiyalar. Avtonom investitsiyalarga misollar: infratuzilma rivojiga davlat investitsiyalari yoki korxonalar tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga sarflangan investitsiyalari.

41.IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat


IS egri chizig‘i
rejalashtirilgan xarajatlarga bog‘liq bo‘lganligi uchun uning o‘zgarishi fiskal siyosatidagi o‘zgarishlarni xarakterlaydi.
LM egri chizig‘i
pul taklifiga bog‘liq bo‘lganligi uchun undagi o‘zgarish monetar siyosat tadbirlari natijasini ko‘rsatadi.
IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga birgalikda ko‘rsatadigan ta’sirini baholash imkonini beradi.
IS-LM modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli variantlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda bo‘lgan o‘zgarish ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi.
Masalan, Markaziy bank ochiq bozordan obligatsiyalar sotib ola boshladi. Natijada pul taklifining ko‘payishi foiz stavkasining pasayishini keltirib chiqaradi. Monetar impuls ta’sirida, ya’ni, foiz stavkasining pasayishi oqibatida investitsiya xarajatlari ko‘payadi.
42.Iqtisodiy o‘sishning talab, taklif va taqsimot omillarini izoxlang.
42. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qo‘shimcha o‘sishini ko‘rsatadi . Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I o‘ssa, yalpi ishlab chiqarish ∆K α miqdorga o‘sadi:
∆Ys=∆Kα, K-investitsiyalar hisobiga ta’minlangan kapitalning o‘sishish:
Ys=Iα deb yozish mumkin, bunda,α – kapital quyilmalar (investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. so‘mga oshirish uchun 4 mlrd so‘m investitsiya talab etilsa α =0,25 bo‘ladi.
α=∆Ys/I bir so‘mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot miqdorini ko‘rsatadi.
Talab tenglamasi
∆Yd=∆ I(1/μ), bu yerda
1/μ–xarajatlar multiplikatori
μ–jamg‘arishga chegaralangan moyillik
daromad ∆Yd, yoki yalpi talab qo‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ko‘payishiga teng
Ishlab chiqarish kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad esa qo‘shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida ko‘payishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qo‘shimcha investitsiyalargina ko‘rib chiqiladi.

43.Iqtisodiy o‘sish nazariyalari va ularning qiyosiy tahlili.


Iqtisodiy o'sish va rivojlanish nazariyasining asoslari Yozef Shumpeter tomonidan XX-asr boshlarida yaratilgan.
U birinchi bo'lib iqtisodiy o'sish va rivojlanish o'rtasidagi taffovutni va iqtisodiy o'sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida innovatsiya mohiyatini belgilab berdi.
Y. Shumpeter iqtisodiy o'sishni - miqdoriy o'zgarishlar, ya’ni bir xil tovar va xizmatlarning vaqt o'tishi bilan ishlab chiqarish va iste'mol hajmining ko'payishi deb ta'riflagan.
Iqtisodiy rivojlanish Jozef Shumpeter ijobiy sifat o'zgarishlari, ishlab chiqarishdagi, mahsulotlar va xizmatlardagi, boshqaruv sohasidagi, hayotning boshqa sohalaridagi va davlatdagi iqtisodiy faoliyat turlaridagi yangiliklar.
Iqtisodiy o`sishning samaradorligi deganda tovar va xizmatlarning sifatini yaxshilanishi, ularning raqobatbardorshigini ortishi, yangi tugallangan yuqori texnologiyani o`zida mujassamlashtirgan tayyor tovarlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirish, foydalaniladigan resurslarni qaytimini o`sishi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamayishi tushuniladi.
“Iqtisodiy o`sishning sifati” tushunchasi esa mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ijtimoiy yo`naltirilganini kuchayishini ifodalaydi

44.Iqtisodiy o‘sishning Xarrod-Domar modeli.


Ye.Domarning modelida quyidagi tenglik orqali muvozanatning ta’minlanishi shart qilib qo‘yiladi:
pul daromadning qo‘shimcha o‘sishi (talab) = ishlab chiqarish quvatting qos’shimcha o’sishi (taklif)
R.Xarrodning iqtisodiy o‘sish modeli investitsiya va jamg‘armalar o‘rtasidagi makroiqtisodiy muvozanat, ya’ni ga asoslanadi.

Investitsiya = Jamg‘arma


U statik holdagi makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makromuvozanat uchun alohida formuladan foydalanadi.
R. Xarrod modelida haqiqiy o‘sish sur’ati ishchi kuchining o‘sish sur’ati va kapital unumdorligining o‘sish sur’ati bilan belgilanadi
Pul-kredit siyosati va pul-kredit ekspansiyasining iqtisodiy dinamikasi, tashqi savdo, halqaro kapital oqimlari ta’sirini va pul-kredit siyosati samaradorligini cheklaydigan mezonlarni aniq kiritdi.

45.Iqtisodiy o‘sishning R. Solou modelining amaliy tahlili.


Solou modeliga ko‘ra yalpi ishlab chiqarish hajmi mehnat unumdorligini -bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini (y=Y/L) o‘stirish hisobiga ta’minlanishi mumkin. Ayni paytda mehnat unumdorligi kapital bilan qurollanganlik
darajasining (k= K/L) funksiyasi, ya’ni y = f(k)
Bu yerda f(k)=F(k,l)
Kapital (fond) bilan qurollanganlik darajasining o‘sishi esajamg‘arish normasiga bog‘liq.
Modelda yalpi talab investitsion va iste’mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi.
y = c + i
Davlat xarajatlari va sof eksport ko‘rsatkichlari ham iste’mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
Solou modeli jamg‘arish normasi kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasiga erishishning o‘ta muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, R.Solou modeli aholi o‘sishining yuqori sur’atlarga ega bo‘lgan davlatlarda kapital bilan qurollanganlik past – demakki, daromadlar ham past bo‘lishini tushuntirib beradi.
R.Soluning fikriga ko‘ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o‘sishiga teng sur’atda o‘sib boradi. Aholi sonining tez o‘sishi iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari jadallashishiga ta’sir etadi, ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi.

46.Felpsning «Jamg‘arishning oltin me’yori» iqtisodiy o‘sish modeli.


muvozanatli iqtisodiy o‘sish jamg‘armaning turli me’yorlari bilan muvofiqlashadi. Shuning uchun maksimal iste’mol darajasi bilan iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan me’yor optimal bo‘ladi. Bunday me’yor “Oltin qoida” ga muvofiq keladi. Jamg‘armaning bu me’yoriga mos keladigan kapial bilan qurollanganlik darajasini (k**) bilan iste’molni esa
– (C**) bilan belgilaymiz. Oldin biz ishlab chiqariladigan mahsulot iste’mol va investitsiyalarga sarflanadi deb belgilagan edik: Y=C+I bundan C=Y-I kelib chiqadi.
Berilgan parametrlarning o‘rniga ular barqaror holatidagi ifodasini qo‘ysak, quyidagiga ega bo‘lamiz:
C*=f(k*)-dk*, bu yerda C*- barqaror o‘sish holatidagi iste’mol. Iste’mol hajmi maksimal bo‘ladigan kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasi “Oltin qoida”ga muvofiq keladi.
“Oltin qoida” darajasiga mos keladigan kapital bilan qurollanganlik holatida f(k*) ishlab chiqarish funksiyasi va dk* chizig‘i bir xil og‘maga ega va ist’mol maksimal darajaga erishadi.

47.Iqtisodiy o‘sishning J.Mid modeli


J.Midning iqtisodiy o‘sish modeli ham neoklassik asoslarga ega. U iqtisodiy o‘sishni chekli unumdorlik qonuni qo‘llaniladigan marjinalistik yondoshuvlar bilan tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini J. Mid “Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi” (1961 y.) kitobida bayon etdi. Kobb- Duglas funksiyasining zamonaviylashtirilgan variantidan foydalanib, J Mid barqaror dinamik muvozanat imkoniyati tenglamasini keltirib chiqardi.
Y=αk+βL+r
bu yerda: Y-milliy daromadning o‘rtacha yillik o‘sish surati:
k- kapitalning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati;
L- mehnatning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati;
α- milliy daromadda kapitalning ulushi;
β- milliy daromadda mehnatning ulushi;
r- texnologik taraqqiyot sur’ati

48.Lyuisning iqtisodiy o‘sish modelining mohiyati


A. Lyuis o‘z modelida ishchi kuchi zahirasi (rezerv) ni iqtisodiy o‘sishning asosi sifatida ko‘rib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha, bu model “aholi zichligi yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa cheklangan” davlatlar uchun qo‘l keladi. Bunday mamlakatlarga A. Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi. A. Lyuis o‘z konsepsiyasida erkin bozor g‘oyasiga asoslanganligi tufayli, tahlil markaziga tadbirkor shaxsini qo‘yadi. U bozorda mavjud ishlab chiqarish omillaridan, ya’ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish xususida qarorlar qabul qiladi, Model iqtisodiyotning ikki sektori: agrar va sanoat sektorlarini hisobga olgan holda quriladi:. Agrar sektorda mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat unumdoligi juda past, chekli mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa qishloq xo‘jaligidan ishchi kuchining “olinishi” ishlab chiqarish qisqarishiga olib kelmasligini anglatadi.
Qishloq xo‘jaligida ishchilarning ish haqi yashash minimumi darajasida bo‘lgani sababli, bu ishchi kuchidan sanoatda foydalanish hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Bu sektordagi mehnat unumdoligi agrar sektordagidan ancha yuqori.
Shunday qilib, A. Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini qishloq xo‘jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilaniqtisodiy o‘sish sur’atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu jarayonda asosiy mexanizm bo‘lib tarmoqlararo bozor xizmat qiladi.

49.Xalqaro savdoning zaruriyati va xalqaro savdoning tarkibiy qismlarini izohlang.



50. A.Smitning mutlaq ustunlik va D.Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyalari.
A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi
Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to‘g‘risida dastlabki nazariyalardan biri.
Bu nazariyaga ko‘ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o‘ziga xosligiga tayangan holda ma’lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng ko‘p) ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
D.Rikardoning «Nisbiy ustunlik nazariyasi.
Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki ko‘proq ustunlikka ega bo‘lgan yoxud kamroq zaiflikka ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo ko‘proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o‘zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy ustunlik nazariyasi”da o‘z echimiga ega bo‘ldi.

51.Xalqaro savdoda Xeksher – Olinning neoklassik konsepsiyasining mohiyati.


E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog‘liq holda narxlarni tenglashishi» nazariyasini asoslangan. O‘z tahlillarida ishlab chiqarishning ikki omilini — kapital va mehnat omilini ko‘rib chiqdilar.
Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi - mamlakat qaysi ishlab chiqarish omili bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, shu omilni nisbatan ko‘proq talab qiluvchi tovar ishlab chikarishga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi kerak.

52. Xalqaro savdoda va Leontev “paradoksi”


Leontev “paradoksi” 1947 yilda AQSh tashqi savdosini tahlil qilishda Xeksher-Olin nazariyasini inkor etgan.
Xulosa: tashqi savdo ikki omilli model emas, balki
ko‘p faktorli model asosida ko‘rib chiqiladi.

53.P.Samuelson va R.Djons “Maxsus ishlab chiqarish omillari” nazariyasi (xalqaro savdo).


P.Samuelson va R.Djons
“Maxsus ishlab chiqarish omillari” nazariyasi
Xeksher-Olin nazariyasida ishlab chiqarish omillarining faqat ikki turi — kapital va mehnat inobatga olingan bo‘lsa, “Maxsus ishlab chiqarish omillari” nazariyasida ushbu omillar soni uchtaga yetkazildi, bular kapital, mehnat va yer omillaridir.

54.R.Vernonning “Mahsulotning xayotiylik davri” nazariyasi (xalqaro savdo).


R.Vernonning “Mahsulotning xayotiylik davri” nazariyasi (1960y.)
yangi tovarning kashf qilinishi ma’lum vaqt davomida ixtirochi mamlakatga jahon bozorda yetakchilik qilish imkoniyatini beradi, ammo keyinchalik mahsulot hayotiylik siklida bir bosqichdan boshqa bosqichga o‘tgani kabi bu tovarni ishlab chiqarishdagi ustunlik ham bir davlatdan ikkinchisiga o‘tadi.

55.Halqaro savdoda mamlakatlarning raqobatbardoshlik nazariyasining mohiyati.


56.Tashqi savdo siyosatining mohiyati, maqsadlari va vositalarini izoxlang.


56. davlat tashqi iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sanalib, milliy iqtisodiyotning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish va tashqi raqobatdan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga ko‘maklashuvchi chora-tadbirlar yig‘indisidir.
Tashqi savdo siyosatining yo‘nalishlari
Eksport siyosati
Import siyosati
Tashqi savdo siyosatining asosida mumkin qadar kulaylik yaratish rejimi yotadi.

57.Proteksionizm va tashqi savdo siyosati.


Proteksionizm turlari
selektiv ayrim mamlakatlar yoki tovarlar guruhiga nisbatan qo‘llaniladi
tarmoq muayyan tarmoklarni, avvalo agrar proteksionizm doirasida qishloq xo‘jaligini ximoyalaydi
jamoaviy mamlakatlar birlashmalari tomonidan ushbu bir-lashmaga kirmaydigan mamlakatlarga nisbatan qo‘llaniladi
yashirin ichki iktisodiy siyosat usullari yordamida amalga oshiriladi
Erkin savdoning real daromadlar o‘sishiga olib kelishi inkor qilib bo‘lmaydigan fakt bo‘lgani kabi mahalliy o‘zini-o‘zi ta’minlash darajasini saqlab qolishdan ham mamlakat farovonligi uchun real foyda mavjud.

58. Eksport bojlarini kiritishning iqtisodiy oqibatlarini sharhlab bering


Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko‘p bo‘lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi

59. Tashqi savdo siyosatining tarif va notarif usullariga qiyosiy baho bering.


Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa,
Notarif usullariga eksportyorlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kiradi.

60.Tashqi iqtisodiy strategiyalar va ularning mohiyati


Erkin savdo strategiyasi
Qisman ajralish strategiyasi
Proteksionizm
Taqchil bozorni to‘ldirish strategiyasi
Qisman ajralish strategiyasi
Ichki bozorga tovarlarning ayrim turlarini kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshiriladi. Masalan, mamlakat aholisi turmush tarziga, mafkurasiga mos kelmaydigan kino-videomaxsulotlari, matbaa nashrlari
Taqchil bozorni to‘ldirish strategiyasi “teskari proteksionizm"
Bu strategiya milliy bozorda taqchillik katta bo‘lsa, unda “hamma uchun joy topilsagina” samarali bo‘ladi (O‘zbekiston 1992-1998 yy).

62.Tashqi savdoni tartibga solishning usullari


Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul bo‘lib tarif, ya’ni importga solinadigan bojxona boji hisoblanadi. Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o‘zaro farqlanadi.
Maxsus bojlar import qilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o‘rnatiladi.
Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 yevro.]
Advalar bojlar import qilinayotgan tovar qiymatiga nisbatan ma’lum foiz tariqasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%

63. To‘lov balansining mohiyatini va uni tuzish tamoyillarini izohlang.


To‘lov balansi — ma’lum davr mobaynida mamlakat rezidentlari va tashqi dunyo o‘rtasida bo‘ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir.
Bu ta’rifda institutsional birliklar o‘rtasida haqiqatda amalga oshirilgan operatsiyalar tushuniladi.
To‘lov balansi tushunchasi ilk marotaba 1767 yili merkantilizm maktabi vakillaridan biri Dj. Styuart tomonidan qo‘llanilgan.

64. Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchalarini tavsiflab bering.


Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o‘rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklari
valyutalarning jahon xo‘jaligidagi xarakati natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi.
Xalkaro valyuta munosabatlari takror ishlab chiqarishga nisbatan ikkilamchi xisoblanadi, chunki ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport-import qilish natijasida xalqaro valyuta munosabatlari yuzaga keladi.
Xalkaro valyuta munosabatlarini yuzaga keltiruvchi asoslar:
import va eksport munosabatlar
65. Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullarini izohlang.
Bozordagi talab va taklif ta’siri natijasida vaqti-vaqti bilan valuta kurslari o‘zgarib turadi. Davlat valuta kurslarini barqororlashtirish uchun valuta bozorining amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari mavjud
Zahiralardan foydalanish.
Savdo siyosati.
Valuta nazorati.
Ichki makroiqtisodiy tartibga solish.

66.Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari


Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari:

Birinchi jahon valyuta tizimi 1867 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan davlatlararo kelishuv natijasida tashkil topdi.
Ushbu tizimda oltin-moneta standarti, ya’ni davlatlar o‘rtasidagi aloqalarda to‘lov vositasi sifatida faqat oltindan foydalanish joriy etildi.
I jaxon urushi davrida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz natijasida birinchi jahon valyuta tizimi tugatildi
Ikkinchi jahon valyuta tizimi (1922 - 1944 yy.)
Italiyaning Genuya shaxrida bo‘lib o‘tgan davlatlararo kelishuvning natijasi bo‘ldi
Oltin-deviz standarti qabul qilindi.
1944 yilning 22 iyunida AQShning Bretton-Vuds shaxrida uchinchi jaxon valyuta tizimiga asos solindi
Davlatlararo munosabatlarda oltin bilan birga 30 ta mamlakatning milliy valyutalari xalqaro to‘lov vositasi sifatida e’tirof etildi
Ammo haqikatda Angliyaning funt sterlingi va oltin xalqaro to‘lov vositasiga aylandi.
Yamayka davlatining Kingston shahrida, 1976 yilda bo‘lib o‘tgan davlatlararo kelishuv natijasida yuzaga keldi va 1978 yilda ratifikatsiya qilindi.

67.“Oltin standart” shakllarini izohlab bering.


68.Xarid qobilyati pariteti.
Xarid qobilyati pariteti konsepsiyasi narxlarning tenglashuvi nazariyasiga asoslanadi. Ya’ni, bir xil tovar turli joylarda har xil narxlarda sotilishi uzoq davom etmaydi Agarda, AQSh dollariga mamlakat ichida chet mamlakatlarga nisbatan ko‘proq mahsulot sotib olish mumkin bo‘lsa, u holda mamlakat ichkarisida sotib olingan mahsulotni chetga sotish orqali foyda olish mumkin. Oqibatda foyda olish maqsadida xorijga Tovar olib chiqish ko‘payadi va baholar tenlashishiga sabab bo‘ladi
Xarid qobiliyati pariteti konsepsiyasiga ko‘ra valuta kursi doimo turli
mamlakatlarda baholar darajasining o‘zgarishi natijasida kelib chiqadigan
farqni qoplash uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zgaradi. Ya’ni:
Pd
r = -----
Pt
Bu yerda: r — xorijiy valutaning milliy valutadagi bahosi;
Pd — ichki baholar darajasi; Pt — chet eldagi baholar darajasi.

69.Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valyuta kurslariga ta’siri


69. Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib keladi va bu hol grafikda Xn (E)1 egri chizig‘ini Xn (E)2 holatiga siljishi sifatida namoyon bo‘ladi (19.5-rasm).
Natijada muvozanatli real valuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar qimmatlashadi va sof eksport kamayadi. Shunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan
himoya qilish maqsadida olib boriladigan proteksionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar hisobi va kapital harakati hisobiga ta’sir qilmaydi.
Ammo, u muvozanatli real valuta kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport o‘zgarmagan bo‘lsa ham B nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport va import hajmidan kam bo‘ladi. Importga cheklashlarni joriy qilish ichki narxlar darajasi (Pd)ning oshishiga olib keladi.
Shuning uchun ham uzoq davrda nominal valuta kursi (En) narxlar oshishiga teng tarzda kamayadi. Natijada, o‘sgan muvozanatli real valuta kursi E2 nuqtada barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan E1 nuqtaga qadar pasaymaydi. Baholar darajasining ko‘tarilishiga javoban nominal valuta kursining pasayishi sotib olish qobiliyati paritetini
tiklaydi.

70.Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar


Valuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valuta kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to‘g‘ri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valuta birligining bahosi milliy valutada ko‘rsatilsa, bunga to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 975 so‘mga, 1 Rossiya rubli 32 so‘mga teng va hakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan xorijiy valutaning miqdori o‘rnatiladi. Masalan, 1 o‘zbek so‘mi 0,001025 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Dunyoning ko‘p mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham to‘g‘ri kotirovkalash qabul qilingan.

71. Nominal va real valyuta kursining mohiyatini izohlang


Nominal va real valuta kurslari o‘zaro farqlanadi. Nominal valuta kursi valutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan
nominal valuta kursi haqida fikr yuritdik.
Real valuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning
nisbiy bahosidir.
Real valuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga almashishi mumkin bo‘lgan nisbatni ko‘rsatadi, shu tufayli u savdo sharoiti ham deb yuritiladi.
Nominal va real valuta kurslari o‘rtasidagi nisbat quyidagi
ko‘rinishga ega.
Pd
Er = En ——————
Pt
Bu yerda : Er – real valuta kursi;
En - nominal valuta kursi ;
Pd – milliy valutada ko‘rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi)
Pt – xorijiy valutada ko‘rsatilgan chet eldagi baholar darajasi
(indeksi).
Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis yilga nisbatan berilgan. Real valuta kursining ko‘tarilishi (pasayishi) bu mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi) to‘g‘risida guvohlik beradi.

72. Ochiq iqtisodiyotning mohiyati va turlarini izohlang.


Ochiq iqtisodiyot:
a) mamlakat ishlab chiqarayotgan tovarlari va xizmatlarining ma’lum bir qismini eksport va import qilishini;
b) mamlakat jahon moliya bozorlarida kredit olishi va kredit berishini anglatadi.
Kichik ochiq iqtisodiyot
katta bo‘lmagan mamlakat iqtisodiyoti. Kichik ochiq iqtisodiyot modeli kapital harakati schyoti va joriy operatsiyalar schyotini o‘z ichiga oladi. Bunday iqtisodiyot jahon bozorida katta ulushga ega emas va jahon foiz stavkasiga amalda ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Katta ochiq iqtisodiyot-ko‘lami yirikligi sababli foiz stavkasi mamlakatning ichida ro‘y berayotgan jarayonlarning ta’sirida shakllanadigan iqtisodiyotdir.
Katta ochiq iqtisodiyot - jahon jamg‘armalari va investitsiyalarining katta qismiga egalik qilayotan yirik mamlakat (AQSh, XXR, Germaniya, Yaponiya, Rossiya) iqtisodiyotidir. Bunday mamlakatlar jahon moliya stavkasiga ta’sir ko‘rsata oladi.

73.Resurslar, tovarlar, xizmatlar va daromadlarning doiraviy aylanishi modelini izohlab bering.


“Resurslar - tovarlar va daromadlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning doiraviy oqimi sxemasi soddalashtirilgan makroiqtisodiy model bo‘lib makroiqtisodiyot sub’ektlarining o‘zaro munosabatlarini va makroiqtisodiy jarayonlarning kechishini shartli tarzda aks ettiradi.

74.Resurslar, tovarlar, xizmatlar va daromadlarning doiraviy aylanishi modelida davlatning o‘rnini izohlab bering


Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlarxarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan ta’minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi
Davlat korxonalar va uy xo‘jaliklarini soliqqa tortish bilan birga korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to‘lash orqali ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta’sir etadi. Ayni paytda davlat resurslar bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi.

75.Resurslar, tovarlar, xizmatlar va daromadlarning doiraviy aylanishi modelida moliya bozorining o‘rnini izohlab bering.


76.Resurslar, tovarlar, xizmatlar va daromadlarning doiraviy aylanishi modeli va tashqi iqtisodiy sektor.
Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. Endi unda to‘rtinchi makroiqtisodiy sub’ekt- tashqi dunyo ham paydo bo‘ladi. Chet el investitsiyalarinig kiritilishi va xorijga investitsiya qilish, eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg‘armalarning investitsiyalarga oqib o‘tishi va moliyaviy mablag‘larning qayta taqsimlanishini e’tiborga olsak ko‘rib o‘tilgan model mukammal emasligiga iqror bo‘lamiz. Ammo shu ko‘rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi.

77.Inflyatsiyaning turlari (kelib chiqish sabablari) va oqibatlarini izohlang.


Inflatsiya - ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi

Download 231.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling