Normativ yondashuv - tavsiyalar xarakteriga ega bo'lib, qanday sharoitlar yoki
jihatlar ma'qul yoki istalmaganligini belgilaydi.
Pozitiv va normativ yondashuvlarning kombinatsiyasi
yuqori darajadagi ilmiy
mavhumlikka qaramay, makroiqtisodiy tadqiqotlar davlat iqtisodiy siyosatini ishlab
chiqish uchun nazariy asos bo'lib xizmat qilishiga imkon beradi.
1.3. Chegaralangan resurslar va “daromadlar –xarajatlar”ning doiraviy
oqimi modeli
Makroiqtisodiyotda mamlakat iqtisodiyoti va uning yalpi ishlab chiqarishning
o'sishi,
pasayishi, turg'unlik davrlarini iqtisodiy tahlil qiladi va uni tartibga solish
iqtisodiy mexanizmlarini yaratadi.
Makroiqtisodiyotdagi muammolarni qisqacha quyidagicha ifodalash mumkin:
Insonlar chegaralangan imkoniyatlar doirasida yashaydilar. Jamiyatda yoki umuman
dunyo miqiyosida
barcha resurslar, mablag'lar, vaqt, chegaralanganligi u yoki bu
ishlab chiqarishni ma’lum vaqtda amalga oshirishni taqazo etadi. Mablag'larining
chegaralanganligi u yoki bu maqsadni insonlarning jismoniy va aqliy imkoniyatlari
chegaralangandir.
Masalan,
vaqtning
oshirishni
moliyaviy
jihatdan
mushkullashtiradi. Resurslarning chegaralanganligi barchaning bir vaqtning o'zida
hamma ehtiyojlarini ko'ndirish mumkin emasligi
muammosi paydo buladi va
hokazo.
Shuning uchun Makroiqtisodiyotda davlatda nimalarni, qanday va
kimlar uchun ishlab chiqarish muammosi hal qilishga qaratilgandir.
Bundan tashqari resurslarning chegaralanganligi oqibatida raqobat yuzaga
keladi. Bu kishilar o'rtasidagi raqobat bo'lmasdan,
balki alternativ maqsadlar
o'rtasidagi raqobatdir, chunki bir resursni uzi bir necha
maqsadlarga ishlatilish
mumkin. Bu vaqtda ma’lum bir variantda resurslardan samarasiz foydalanishi
hollari va boshqa salbiy holatlar paydo bo'lishi mumkin.
Bularning natijasida
iqtisodiyot bir tekis rivojlanmaydi.
Bu iqtisodiyotdagi notekislikni davlat Makroiqtisodiy siyosat olib borilib, ma’lum
darajada barqarorlikka erishiladi.
Iqtisodiyotga davlat ikki yo'l bilan ta’sir o'tkazishi mumkin. Ulardan biri davlatni
soliqlardan foydalanishi va byudjet mablag'larini sarflashi bilan bog'lik bo'lib, u
fiskal siyosat deyiladi. Ikkinchisi iqtisodiyotda pul muomalasini va kredit pullar
miqdorini tartibga solishdan iborat bo'lib, u
monetar siyosat deyiladi.
Bundan tashqari hukumat iqtisodiyotga maoshlar
va narxlarni chegaralashtirish,
valyuta kurslarni va tashqi savdo siyosati orqali ham keskin ta’sir o'tkazishi
mumkin.Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish
umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning
Do'stlaringiz bilan baham: