Makroiqtisodiyot
Daromadlar - xarajatlar = foyda (zarar)
Download 22.52 Kb.
|
1-hafta Makro
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Asosiy xo`jalik faoliyatidan daromadlar”
Daromadlar - xarajatlar = foyda (zarar)
Moliyaviy natijalarni aniqlash tartibini talabaga tushuntirish uchun, bizning nazarimizda, “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot”da aks etti-riluvchi ko`rsatkichlarning shakllanish tartibini ko`rib chiqish kerak. “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi” hisobotda daromadlar, xarajatlar, foy-da va zararlar xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning quyidagi faoliyat sohalari bo`yi-cha aks ettiriladi: asosiy faoliyat investitsion faoliyat moliyaviy faoliyat. O`zbekiston Respublikasi “Asosiy xo`jalik faoliyatidan daromadlar” nomli 2-Buxgalteriya hisobi milliy standartida daromadlarga quyidagicha ta`rif beril-gan: “Ushbu standartda daromad deyilganda xo`jalik sub`ektlari oddiy faoliyati davomida olingan daromadlar, shu jumladan mahsulotni sotish (ishlarni bajarish va xizmat ko`rsatish)dan olingan daromadlar, olingan foizlar, dividendlar, royaltilar va boshqalar tushuniladi.”(O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Хisobining milliy standartlari, Тoshkent, 2004 y ,38-bet). Asosiy faoliyat yuzasidan daromad va xarajatlarni aks ettirish mahsulot yoki tovar sotuvchi korxonalarda xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlarga nisbatan farq qiladi. Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan shug`ullanuvchi korxonalar o`zining ana shu asosiy faoliyatini yuritishi uchun 2 yo`nalishda xarajatlarni amalga oshiradilar: mahsulot ishlab chiqarish uchun; umuman asosiy faoliyatni tashkil qilish, boshqarish hamda unga xizmat ko`rsatish yuzasidan. Тovarlar sotish bilan shug`ullanuvchi firmalarda ham tovarlarni harid qilish uchun hamda ularni sotish bilan bog`liq operatsion faoliyat bo`yicha xarajatlar yuzaga keladi. Shu sababli Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda asosiy faoliyat bo`yicha uchta element o`z aksini topadi: mahsulot sotishdan yalpi foyda; sotilgan mahsulot tannarxi; operatsion xarajatlar. “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot” shaklida daromadlarni aks ettiruvchi dastlabki ko`rsatkich - bu mahsulot (yoki tovarlar) sotishdan (xizmatlar ko`rsatish, ishlar bajarishdan) yalpi tushumlardir. Hisobotning bo` ko`rsatkichi mahsulot sotishdan yalpi tushumdan tovarlarning qaytarilishi vaxaridorlarga berilgan chegirmalarni ayirib yuborish orqali aniqlanadi. Daromadlar tushun-chasining ta`rifiga mos ravishda bu satr orqali asosiy faoliyat natijasida olingan tushum aks ettiriladi. “Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot” shaklida xarajatlarni aks ettiruvchi dastlabki ko`rsatkich - bu sotilgan mahsulotlar (tovarlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) tannarxi bo`lib, bu ko`rsatkich sotilgan mahsulotlar (tovarlar yoki ko`rsatilgan hizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan qilingan xarajatlarni anglatadi. Mahsulot sotishdan olingan yalpi tushumso`mmasidan sotilgan mahsulot tannarxiso`mmasini chegirib yuborilsa, mahsulot sotishdan yalpi foyda (zarar) ko`rsatqichi kelib chiqadi. Bu ko`rsatkich ijobiy bo`lishi uchun sotuvchi o`z mahsu-lotini uni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan qimmatroq narxda sotishi kerak bo`ladi. Olingan yalpi foyda hisobiga korxonaning operatsion xa-rajatlari ham qoplanishi ko`zda tutilishi kerak. Shuni inobatga olgan holda hisobotda asosiy faoliyatdan foydani aniqlash uchun mahsulot sotishdan yalpi tushum summasidan operatsion xarajatlar chegirib yuboriladi. Operatsion xara-jatlar tarkibiga mahsulotni sotish bilan bog`liq xarajatlar, ma`muriy va boshqa operatsion xarajatlar kiritiladi. Хo`jalik yurituvchi sub`ekt uchun uchchala ko`rsatkich ham, ya`ni sotishdan yalpi tushum, sotilgan mahsulot tannarxi hamda operatsion xarajatlar, muhim ahamiyatga egadir, chunki mahsulot sotishdan tushumni o`stirishning o`zigina foyda summa-sining ko`payishiga olib kelmaydi. Foyda ko`p bo`lishi uchun operatsion xarajat-larni imkon qadar kamaytirish ham talab etiladi. Albatta, mahsulot tannarhini pasaytirish yo`llari topilishi ham ko`zda tutilishi kerak. Download 22.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling