~ 30 ~
nazorat va loyihaning barcha ishtirokchilari ishlarini boshqaradi.Kichik
loyihalarda loyiha menedjeri loyihani boshqaradi.
Loyiha jamoasi – maxsus tashkiliy struktura bo„lib, loyiha rahbari
tomonidan
boshqariladi
va
loyihani
amalga
oshirish
davrida
shakllantiriladi.
Shartnomachi – loyihaning tomoni yoki ishtirokchisi bo„lib,
buyurtmachi bilan o„zaro munosabatda bo„ladi, shartnoma bo„yicha
ishlarni bajaralishi uchun javobgarlikni o„z bo„yniga oladi – bu loyihaning
to„liq yoki bir qismi bo„lishi mumkin.
Subshartnomachi – yuqoriroq darajadagi shartnomachi yoki
subshartnomachi bilan shartnoma aloqalariga kirishida. Shartnoma
bo„yicha ish va xizmatlarni bajarishga javobgardir.
Loyihalovchi – yuridik shaxs bo„lib, loyiha doirasida loyihaviy
izlanish ishlarini shartnoma bo„yicha bajaradi. Loyihaning asosiy
shartnomachisi yoki bevosita buyurtmachi bilan shartnoma aloqalariga
kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: