Asosiy vositachi – yuridik shaxs bo„lib, uning taklifi buyurtmachi
tomonidan qabul qilingan. Shartnoma asosida ishlarni bajaralishiga
javobgar.
Ta‟minotchilar – subshartnomachilar, ular shartnoma asosida turli xil
yetkazib berish ishlari – materiallar, uskunalar, transport vositalari va
boshqalarni amalga oshiradi.
Ruxsatnoma beruvchilar – tashkilotlar bo„lib, yer maydoniga egalik
qilish huquqi, savdo qilish, ma‟lum turdagi ish va xizmatlar va hokazolar
uchun ruxsat beradi.
Hukumat tashkilotlari – o„z manfaatlarini loyiha ishtirokchilarida
soliq solish yo„li bilan qondiruvchi tomon bo„lib, loyihani amalga oshirish
bilan bog„liq.
Er maydoni egasi – yuridik yoki jismoniy shaxs bo„lib, loyiha jalb
qilingan er maydoni egasidir. Erga egalik qilish yoki foydalanish huquqini
shartnoma asosida beradi va buyurtmachi bilan aloqaga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |