Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fani talab va taklif elastikligi mavzusidan tayyorlagan
Download 94.89 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taklifning narx elastikligini hisoblash
2.Taklif elastikligi
Taklifning narx elastikligi va uning aniqlovchilari Taklif qonuni shuni ko’rsatadiki, yuqori narx taklif miqdorini oshiradi. Taklifning narx elastikligi narxdagi o’zgarishga qancha taklif miqdori o’zgarishini ifodalaydi. Agar taklif narx o’zgarishiga sezilarli darajada javob qaytarsa, tovar taklifi elastik deyiladi. Agar taklif narx o’zgarishiga biroz javob qaytarsa, tovar taklifi noelastik deyiladi. Taklifning narx elastikligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan tovarlar miqdori o’zgarishiga bog’liq. Masalan, sohil bo’yi yerlari noelastik taklifga ega, chunki ularni ko’proq ishlab chiqarish deyarli imkonsizdir. Bunga zid holda, kitob, mashina va televizor kabi tovarlar elastik taklifga ega, chunki ularni ishlab chiqaruvchi firmalar yuqori narxlarga javoban o’z faoliyatlarini uzoqroq davom ettirishadi. Ko’plab bozorlarda, taklifning narx egiluvchanligining asosiy aniqlovchisi vaqtdir. Taklif qisqa muddatdan ko’ra uzoq muddatda elastikroq bo’ladi. Qisqa muddat mobaynida, korxonalar ishlab chiqarish ko’lamini birdaniga oshira olmaydilar. Demak, qisqa muddatda, taklif miqdori narxning o’zgarishiga kamroq javob qaytaradi. Bunga zid holda, uzoq muddatda yangi zavodlar qurishi yoki eskilarini yopishi mumkin. Bundan tashqari bozorga yangi korxonalar kirishi va eskilari tugatilishi mumkin. Demak, uzoq muddatda taklif miqdori narx o’zgarishiga sezilarli javob qaytaradi. Taklifning narx elastikligini hisoblash Biz taklifning narx elastikligi haqida boshlang’ich ma’lumotga ega bo’ldik, endi chuqurroq yondashamiz. Taklifning narx elastikligi taklif miqdorining foizdagi o’zgarishini narxning foizdagi o’zgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni: Misol uchun, faraz qiling 1 qadoq sut narxi 2.85$ dan 3.15$ ga ko’tarilishi sutchi fermerlarning mahsuloti ko’payishiga sabab bo’ladi, oyiga 9000 qadoqdan 11000 ga qadoqqa. Narxning foizdagi o’zgarishi = (3.15-2.85)/((2.85+3.15)/2)* 100=10% Taklifning foizdagi o’zgarishi=(11000-9000)/((11000+9000)/2)*100=20%. Bu vaziyatda taklifning narx elastikligi = 20% / 20% = 2ga teng. Bu ko’rsatkich taklif miqdori narxga nisbatan 2 marta o’zgarganini bildiradi. Download 94.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling