Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fani talab va taklif elastikligi mavzusidan tayyorlagan


Download 94.89 Kb.
bet1/14
Sana18.06.2023
Hajmi94.89 Kb.
#1588983
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ANDIJON FAKULTETI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT
YO’NALISHI 2-KURS 2-GURUH TALABASI
MINGBOYEV OTABEKNING
MAKROIQTISODIYOT VA MIKROIQTISODIYOT FANI
TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIGI MAVZUSIDAN TAYYORLAGAN


REFERATI
Reja:
1. Talab elastikligi.
2.Taklif elastikligi.


1. Talab elastikligi
Biz 3-bo’limda talab tushunchasini ko’rib chiqqanimizda haridorlar odatda tovar narxi pastroq, ularning daromadlari yuqoriroq, o’rin bosuvchi tovarlar narxi balandroq, bir birining o’rnini to’ldiruvchi tovarlarning narxi pastroq bo’lganda ko’proq tovar harid qilishadi. Bizning tovarlarga bo’lgan talabimiz narxga bog’liq yoki bo’lmasligi mumkin. Biz o’zgarish o’lchamiga bog’liq bo’lmagan talab qilingan miqdor ko’chish yo’nalishlarini muhokama qilamiz. Bu o’zgaruvchan miqdorlardagi o’zgarishlarga qancha iste’molchilar javob berishini o’lchash uchun iqtisodchilar elastiklik tushunchasidan foydalanishadi.
Talabning narx elastikligi va uning omillari
Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning oshishiga olib kelishi ifodalaydi. Talabning narx elastikligi - talab qilinadigan miqdor qancha bo’lganda narx o’zgarishiga javob berishini o’lchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o’zgarishiga katta miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o’zgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab noelastik deyiladi.
Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda iste’molchilar kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor ekanliklarini o’lchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal ko’radigan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. Tajribaga asoslangan holda talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi haqidagi ba’zi umumiy qoidalarni ko’rib chiqamiz.
O’rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O’rin bosuvchi tovarlar ko’proq elastik bo’ladi, chunki haridor uchun bu tovardan boshqa tovarga o’tish ancha oson. Masalan, saryog’ va margarin oson o’rin almasha oladi. Saryog’ narxining kichik miqdorda o’sishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryog’ miqdorining kamayishiga sababchi bo’ladi.
Teskari ravishda, tuxumning o’rin bosuvchisi bo’lmaganligi sababli tuxum uchun talab saryog’nikiga qaraganda deyarli elastik emas.

Download 94.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling