Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion
O’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlari
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologik xizmat
O’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlari
ma’noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo’zg’aluvchanligi va umumiy
43 harakatchanligi bilan
sifatlanadigan individual xususiyatlar yig’indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo’lishi. Temperament his -tuyg’ularning paydo bo’lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo’ladigan individual - psixologik xususiyatlarining majmuidir. Agar turli odamlar temperamentlari taqqoslab ko’rilsa, unda temperamentlarning xususiyatlari jihatidan o’xshash juda ko’p guruhi borligi aniqlangan. Ana shu asosda eramizning 1-asrlarida bir necha turli temperament tiplari haqida taxmin qilingan. Bunda temperament tipi deganda, odamlarning qandaydir juda ko’p guruhlarini ifodalovchi psixik xususiyatlarini yig’indisi tushunilgan. Temperamentni 1-marta eramizdan oldingi 5 asrda yashagan vrach Gippokrat 4 ta tipga ajratadi, hozir bu tiplar Gippokrat tiplari deb ataladi. Tiplar quyidagicha nomlangan: ”Sangvinik”(qon),“Xolerik”(safro), “Flegmatik”(balg’am), “Melanxolik” (qora o’t). Hozirgi paytda tushunchalar yangicha mazmun kasb etmoqda. Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi asosiy xususiyatlar bilan aniqlanadi: 1. Senzitivlik, ya’ni psixik reaktsiyani yuzaga keltirmoq uchun zarur bo’lgan nihoyatda kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab xulosa chiqarish. 2. Reaktivlik - bir xil kuch bilan ta’sir qiluvchi tashqi va ichki taassurotlarga odam qanday kuch bilan emotsional reaktsiya qilishiga qarab xulosa chiqarish - hissiylik va ta’sirlanuvchanlik. 3. Faollik - odam qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir etishi va maqsadlarini amalga oshirilishida tashqi hamda ichki qarshiliklarni faollik bilan yengishidir. 4. Reaktivlik va faollikning o’zaro munosabati - bu hakda biz odamning faoliyati ko’p jihatdan nimaga bog’liqligiga qarab, ya’ni tasodifiy tarzdagi tashqi yoki ichki sharoitlariga (kayfiyat va boshqa) yoki maqsadlarga intilish va niyatlarga bog’liqligiga qarab xulosa chiqarish. 5. Reaktsiya tempi - bu hakda har turli psixik reaktsiyalar va jarayonlarning o’tish tezligiga, ya’ni harakat tezligiga, nutq tempiga, farosatlilikka, aql tezligiga qarab xulosa chiqaramiz. 6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama -qarshi sifat bo’lgan rigidlik (qotib qolganlik). O’zgaruvchan tashqi sharoitlarga qanday yengillik bilan yoki sust va qoloqlik bilan moslasha olish. 7. Ekstrovertirovanlik va introvertirovanlik.
Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling