Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/82
Sana08.12.2021
Hajmi1.63 Mb.
#179334
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82
Bog'liq
psixologik xizmat

 

Mehnatsevarligi  Sinf  xonasini  yig’ishtirishga  yordam  beradi,  lekin 

tengdoshlari  bilan  birgalikda  ishlashni  yoqtirmaydi.  Uy  -  ro’zg’or  yumushlarida 

kattalarga  ularning  qistovi  bilan  hohishsiz  yordam  beradi  Mehnat  qilishni 

yoqtirmaydi  va  o’zgalar  mehnatini  qadrlamaydi  O’qishga  munosabati  salbiy, 

maktabga  o’z  hohishi  bilan  kelmaydi,  darslarni  o’z  vaqtida  va  mustaqil 

bajarmaydi, darslarda passiv ishtirok etadi  



 

Boshqa sifatlari turli narsalarni yasashni va qismlarga ajratishni yoqtiradi, 

uzoq vaqtgacha kek saqlaydi. Tez hafa bo’ladi. O’z kamchiliklarini sezmaydi. O’z 

xatolarida  boshqalarni  ayblaydi.  Qahri  qattiq,  o’z  imkoniyatlarini  yuqori 

baholaydi. Boshqalardan yordam kutmaydi va so’ramaydi.  

 

3. 

Pedagogik korreksiya (tuzatish)ni talab etadigan sifatlari: 

Bolada  o’z  imkoniyatlarini  to’g’ri  baholash,  boshqalarning  fikr  -

mulohazasini  to’g’ri  qabul  qilishga  va  boshlqalarni  hurmat  qilishga,  bir  ishni 

oxiriga  yetkazishga  o’rgatish,  sabr  -  chidamli  va  kechirimlilik  his  -  tuyg’ularini 

tarbiyalash.  

1 - 3 - sinflarda o’quvchilar bilan psixologik - pedagogik tashxis otkazishda 

quyidagi tashxis metodikalaridan foydalanish mumkin;                                  

 

Sezgi  ‘Sehrli  xaltacha”  metodikasi  -bola  xaltadagi  predmetlarni  sifat 

ko’rsatkichlariga  qarab  (hajm,  og’irligi,  o’lchami))teri  -  taktil  sezgisi  orqali 

nimaligini topa olishi kerak  

“Piramidkani  yig”  metodikasi  –  bola  ko’zi  bog’langan  holda  piramida 

doirachalarini ketma- ketlikda va katta - kichikligiga rioya qilib to’g’ri terishi talab 

qilinadi. 

 Qumli qog’ozdan yasalgan harflarni ko’zni yumib tanish. 

 

Idrok  ‘Qismlardan  butun  yasa”  metodikasi  -  6  -  8  qismga  bo’lingam 

syujetli rasmni 2 - 3 daqiqa ichida yig’ishi kerak  

“Yetishmayotgan  elementni  top’”  metodikasi  bola  predmetining 

yetishmayotgan qismini topishikerak.  

“Predmetning  elementidan  o’zini  top”  metodikasi.  Turli  tasvirlar  ichidan 

harf, raqamlarni tanish 

 

Tafakkur  “To’rtinchisi  ortiqcha”  metodikasi  -bu  metodika 2  - 3  sinflarda 

qo’llanilganda  predmetlarning  rasmlaridan  emas,  balki  so’zlarning  o’zidan 

foydalanish  mumkin  Masalan  ot,  sifat,  fe’l,  ega/  Farida,  Gulnora,  Jo’rayeva, 

Sayyora.  

“Qatorni davom ettir’ metodikasi” - bolaning diqqatini va mantiqiy fikrlash 

jarayonlarini o’rganish imkoniyatini beradi  

Mantiqiy masalar va topishmoqlar  



 

 

 



 

 

37 



Masalan;  Yomg’ir  yog’di.  Qarg’a  archa  shoxiga  qo’ndi  Qarg’a  qanday 

shoxga qo’ndi// ho’l shoxga qo’ndi  

 


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling