Maktab darsliklaridagi mashqlarni o’quvchi bilim darajasiga moslash mezonlari’’
Kommunikativ mashqni erkin nutq vaziyatida foydalanish bosqichi
Download 0.49 Mb.
|
Maktab darsliklaridagi mashqlarni ōquvchi bilim darajasiga moslash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tinglab tushunish
4. Kommunikativ mashqni erkin nutq vaziyatida foydalanish bosqichi.
Bu bosqich oʼsha mashgʼulotning oxirida yoki navbatdagi mashgʼulotda oʼquvchilar juftliklarining, guruhlarining oʼzaro fikr almashuvini tekshirish va baholash sifatida tashkil qilinishi ham mumkin. Maʼlumki, barcha oʼquvchilarning oʼzlashtirishini har bir darsda sistemali nazorat qilish va baholash oʼquvchilar juftliklarini, guruhlarini oʼquv maʼsuliyatini yanada oshishiga, juftliklarda, guruh ichida yaxshi baho oilshdagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Yakka oʼquvchini emas, guruhning oʼzlashtirishini baholash bunday maʼsuliyatni yanada oshiradi. Belgilangan kommunikativ mashqni muloqot darajasida oʼzlashtirilganidan soʼng, dasturda belgilangan fonetik, leksik, grammatik qoidalar tushuntiriladi.Tabiiyki, muloqot darajasida oʼzlashtirilgan bilimlar osongina idrok qilinadi. Shundan soʼng kommunikativ topshiriqqa oid matnni tinglab tushinish, oʼqib tushunish, fikrni yozma bayon qilishga moʼljallangan mashgʼulotlar tashkil qilinadi. Bu bosqichda oʼquvchilar ilk bora oʼzlari muloqat jarayonida oʼzlashtirgan leksik birliklarning yozilish timsollari, grammatik va sintaktik qurilmalar bilan tanishadilar. Oʼrganilgan mavzu boʼyicha fikrlarni yozma bayon qilishga oʼrgatish darslarida oʼquvchilar muloqat jarayonida oʼzlashtirgan turli leksik, grammatik mashqlarni yozma shaklda bajarishga, savollarga yozma javob berishga, mavzu boʼyicha kichik bayonlar yozishga oʼrganadilar. Oʼquv mashgʼulotlarini kommunikativlik tamoyillariga asoslanib tashkil qilish, shunday qilib, dars samaradorligini oshishiga, mashgʼulotlarni noanʼanaviy shakllarda, interfaol usullarda tashkil qilishga, oʼquvchilarda kommunikativ salohiyatni shakllanishiga, turli kommunikativ vaziyatlarda oʼz fikrlarini erkin bayon qilishlariga olib keladi. Tinglab tushunish – retseptiv nutq faoliyati turlaridan biri bo’lib, so’zlovchining nutqini radiodan, magnitafondan va muloqot paytida tinglab tushunib, ma’lumot olish demakdir, shuningdek, tinglab tushunish gapirishning ajralmas qismi bo’lib, ular og’zaki nutqni tashkil qiladi. U murakkab nutq faoliyatdir, chunki tinglovchi tezda shaklni qabul qila olish, tezda mazmunni tushunishi, xotirada saqlanishi zarur, aks holda uni qaytadan koʼrib, oʼqib tushuna olishi uchun manbaa, sharoit va vositalar yoʼq. Tinglab tushunish boshqa nutq faoliyatlari: gapirish va oʼqish, yozish bilan aloqador, unga bogʼliq, ular bir-biriga yordam beradi. Tinglab tushunish gapirish bilan ogʼzaki nutqni tashkil etadi. Tajribadan maʼlumki, tinglab tushunishni rivojlantirishga qarab, gapirish ham rivojlanadi. Oʼquvchi ayniqsa dialogda yaxshi qatnasha oladi. Tinglab tushunishda ham, oʼqishda ham maʼlumot qabul qilinadi, tinglab, tushuna oladi. U oʼzi oʼqiy olmasa, talaffuz qila olmasa, soʼzlarini tinglaganda tushuna olmaydi. Tinglab tushunish boshqa nutq faoliyati turlarida vositachilik qiladi. Tajribalardan ma’lumki, oʼquvchi oʼqiganda yoki koʼrganda tinglab tushunishga qaraganda 6 marta koʼp maʼlumot olar ekan, shu sababli chet tili oʼqituvchilari oʼquvchilarda tinglab tushunish koʼnikmasini rivojlantirishning samarali usullari ustida izlanishlari lozim. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling