Maktab darsliklaridagi mashqlarni o’quvchi bilim darajasiga moslash mezonlari’’


Download 0.49 Mb.
bet6/16
Sana30.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1073065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Maktab darsliklaridagi mashqlarni ōquvchi bilim darajasiga moslash

Namuna boʼla olish mezoni. Ushbu mezonga koʼra tanlangan grammatik birliklar asosida, ularga andoza sifatida qarab koʼpdan-koʼp yangi grammatik hodisalarni hosil qilish imkoniyatini yaratish talab qilinadi. (Masalan: suffiks yordamida ot, sifat, ravishning yasalishi).

  • Maʼnodosh hodisalarni yakkalash mezoni. Qiyinchilikning oldini olish maqsadga grammatik sinonimiya tarkibidagi eng koʼp qoʼllanadigan va uslub jihatidan xolis birlik saylab olinadi, yaʼni grammatik sinonim xodisalar sirasidan boʼlib tanlanadi.

    Metodist olimlardan biri - V.S.Tsetlin fikriga koʼra grammatik materialni oʼzlashtirish jarayonida qiyinchiliklar quyidagilarga bogʼliq.

    • Grammatik hodisalarning xarakteriga, morfologik formalarning turli tumanligiga;

    • Oʼxshash hodisalarning oʼrganayotgan tilda mavjudligiga (omonimlar: koʼp maʼnolik, bunda bu qiyinchilik ichki interferentsiya bilan bogʼliq);

    • Chet tilidagi grammatik hodisalarning ona tili hodisalari bilan yasalish va maʼnosi oʼrtasidagi farq va oʼxshashlikka;

    Grammatik koʼnikma va malakalarni shakllantirish grammatik vositalardan ogʼzaki va yozma nutq jarayonida erkin foydalana olishni, shuningdek, eshitilgan va oʼqilgan nutqdagi grammatik belgilarni toʼgʼri farqlay olish darajasini anglatadi.
    Hozirgi zamon chet tili oʼqitish metodikasida grammatikaga oʼrgatish, grammatik koʼnikma va malakalarni shakllantirish mashqlari quyidagi umumiy printsiplarga binoan tashkil qilinadi :

    • Grammatikaga oʼrgatishning muloqotga oʼrgatish bilan bogʼliqligi printsipi. Bu printsip faqat grammatik qoidani oʼzlashtirishni emas, undan kommunikativ vaziyatlarda foydalanish zaruriyatini, oʼquvchilarda lingvistik va kommunikativ kompetentsiyalarni shakllantirishni ham koʼzda tutadi;

    • Grammatik materialni kommunikativ topshiriq ichida nutq vaziyatlarida oʼrgatish printsipi. Nutq vaziyatlari oʼrganilgan yangi grammatik materialni ogʼzaki nutqqa koʼchirishning, dastlabki grammatik va nutq koʼnikmalari shakllantirishning muhim omili vazifasini bajaradi;

    • Grammatik koʼnikma va malakalarni shakllantirishda avval qoidani oʼrgatish, keyin ularni bosqichma-bosqich (muloqat) koʼnikma va malakalariga aylantirish printsipi;

    • Grammatik materialni funktsional oʼrgatish printsipi. Bu printsipdan mavzu boʼyicha tuzilgan kommunikativ topshiriqlar orqali gramatik koʼnikma va malakalarni mustahkamlash bosqichida foydalaniladi;

    • Grammatik materialni grammatik strukturalar tarkibida oʼrgatish printsipi. Bu printsip kommunikativ topshiriqdagi nutq vaziyatlariga mos keluvchi, oʼquvchining kundalik turmush sharoitida eng koʼp ishlatiladigan nutq namunalarini oʼzlashtirib olishni koʼzda tutadi;

    • Grammatik materialni ona tili materiali bilan qiyoslab, ongli oʼzlashtirish printsipi. Bu jarayonda ona tilidan egallangan grammatik koʼnikma va malakalarning chet tili grammatik materialini oʼrganishga ijobiy taʼsiri namoyon boʼladi;

    • Grammatik materialni differentsiyalashtirib oʼrgatish printsipi. Bu printsip oʼrganilishi qiyin til materialini oʼquvchilarning oʼzlashtirish darajalariga moslashtirib, turlicha taqdimot oʼtkazishni, bajariladigan mashq va amaliy ishlarni reproduktiv nutq uchun alohida, retseptiv nutq uchun alohida tashkil qilishni koʼzda tutadi.

    Ma’lumki, hozirgi kunda umumta’lim maktablarida ingliz tili boshlang’ich - birinchi sinfdan boshlab og’zaki va o’yinlar asosida o’rgatiladi, bunda grammatik mavzularga e’tibor chuqur qaratilmaydi, balki asosiy maqsad o’quvchining til o’rganishga bo’lgan qiziqishini o’stirish, lug’at boyligini oshirishdan iborat bo’ladi. Ikkinchi sinfdan boshlab bosqichma-bosqich, oddiydan murakkabga tomon tilning grammatik tomoni o’rgatiladi, bunda grammatika qoidalar orqali emas, balki o’quvchilarda grammatik ko’nikma va malakalar eng optimal- zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan o’qitish usullari, interfaol metodlar va kommunikativ o’yinlar orqali shakllantiriladi.
    Fonetik mashq (zaryadka) uyushtirishdan asosiy maqsad oʼzlashtirilgan tovushlar, soʼzlarni darsning boshlanishida takrorlatish, bu orqali fonetik, leksik, grammatik qoidalarni yana bir bor oʼquvchi xotirasida tiklash, oʼquvchilarni chet tili darsiga hozirlashdir. Fonetik mashq (zaryadka) oʼqituvchi-sinf, oʼqituvchi–oʼquvchi-sinf, oʼquvchi-sinf rejimida xor, yoki individual talaffuz qilinadigan til materiali orqali uyushtiriladi. U odatda jadvalga yozilgan fonetik mashq yoki fonogramma, yodlashga berilgan feʼllar, rol ijro etib bajariladigan oʼyinlar orqali amalga oshiriladi. Jadvalda yangi tovushlarni ifodalovchi harflar alohida koʼrinib turishlari uchun qizil rangda yoziladi.

    Download 0.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling