Maktab darsliklaridagi mashqlarni o’quvchi bilim darajasiga moslash mezonlari’’
Download 0.49 Mb.
|
Maktab darsliklaridagi mashqlarni ōquvchi bilim darajasiga moslash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. MAKTAB DARSLIKLARIDAGI LEKSIK, GRAMMATIK VA FONETIK MASHQLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
retseptiv
reproduktiv Mashqlar sistemasi, shuningdek, nutq faoliyati turlari – gapirish, tinglab tushunish, o’qish va yozuv mashqlari, hamda til materiallari – leksika, grammatika va talaffuz mashqlaridan iborat. Hozirgi kunda chet tili darslarida, og’zaki va yozma mashqlar hamda sinf ishi va uy ishi uchun mo’ljallangan mashqlar bilan bir qatorda quyidаgi mаshqlаr turlаrdа аmаlgа оshirilаdi: - mахsus mаshqlаr (tаlаffuzni, gаpirishni, tinglаb tushunish, o’qib tushunish, fikrni yozmа bаyon qilish ko’nikmа vа mаlаkаlаrini shаkllаntiruvchi mаshqlаr); - mаtnni tаhlil qilish vа shаrhlаshgа оid mаshqlаr; - yozmа bаjаrilаdigаn mаshqlаr (bundаy mаshqlаr kоmmunikаtiv yondаshuvdа tаlаbаlаr tоmоnidаn uygа vаzifа sifаtidа bаjаrilаdi). - оg’zаki bаjаrilаdigаn, mulоqоtni o’rgаtishgа yo’nаltirilgаn mаshqlаr (bundаy mаshqlаr kоmmunikаtiv yondаshuvdа mulоqоt tоpshiriqlаrini juft yoki guruh bo’lib ishlаsh оrqаli tаshkil qilinаdi). - o’quv jаrаyonini rеjаlаshtirish, lоyihаlаsh mаshqlаri (хоrijiy til o’qituvchilаri tаyyorlаydigаn chet tili o’qitish mеtоdikаsi kursining аmаliy mаshg’ulоtlаridа аmаlgа оshirilаdi) 2. MAKTAB DARSLIKLARIDAGI LEKSIK, GRAMMATIK VA FONETIK MASHQLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Leksikani o’rgatish nutq faoliyatining turiga qarab amalga oshiriladi. Tinglab tushinish, gapirish, oʼqish, yozuvning leksikasini alohida maxsus tamoyillar asosida tanlanadi. Tajribalar shuni koʼrsatadiki, oʼquvchiga kam sonli leksikani oʼrgatishga tanlash, ularni nutq faoliyatlarida faollashtirishga koʼp vaqt qoldiradi. Koʼp sonli leksikani nutq faoliyatlarida qoʼllashni kam vaqtda amalga oshirib boʼlmaydi. Shu sababdan biz shunday leksikani tanlashimiz kerakki, bitta leksikani bir nechtasining oʼrniga qoʼllash mumkin boʼlsin. Dars berish jarayonida leksika ustida maxsus ish olib boriladi, biroq bu ish hamma vaqt ham kerakli natijalarni bermaydi. Buning sababi nisbatan yengil va birmuncha qiyin soʼzlarga bir xil vaqt sarflanishi, bir xil metod, usul, mashqlar qoʼllanilishidir. Mashqlarni tanlashda har bir soʼzning xususiyati qiyinchiligi eʼtiborga olinmaydi. Аgarda biz har bir soʼzni oʼrgatishda uning xususiyatini, qiyinchiligini hisobga olsak, soʼzlar yaxshi oʼzlashtiriladi, buning uchun esa koʼp vaqt sarf qilish kerak. Dars sharoitida vaqt esa chegaralangandir. Shuning uchun metodistlar leksikani metodik tipologiya qilish orqali har bir soʼzning xususiyatini, qiyinchiligini hisobga olib, oʼrgatishga kam vaqt sarflab, oldimizga qoʼygan maqsadga erishishlik mumkinligini ishlab chiqdilar. Buni leksikani metodik tipologiya qilish deb nomladilar. Leksikani metodik tipologiya qilish oʼqituvchining ishini ancha yengillashtiradi va oʼrgatishni birmuncha samaraliroq boʼlishini taʼminlaydi. Soʼzlar qoʼyilgan maqsadga qarab, turli guruhlarga kirishi yoki leksikani bir mavzu boʼyicha guruhlashtirish mumkin. Tipologiya soʼzlarni oʼzlashtirishda paydo boʼladigan qiyinchiliklarni hisobga olishni nazarda tutadi. Soʼzlarni oʼzlashtirishda uchraydigan qiyinchiliklar: - har bir soʼzning oʼzida (shakli, maʼnosi, qoʼlla nilishi boʼyicha) - ingliz tili, ona tili va rus tillari aloqasidan kelib chiqishi mumkin. Аktiv hamda passiv leksikada uchraydigan qiyinchiliklarning eng muhim tiplarini jamlab quyidagilarni taʼkidlash mumkin: Аktiv lugʼatda soʼzning ham mustaqil, ham yordamchi soʼz vazifasida qoʼllanishi, soʼzni erkin va erkin boʼlma gan holda qoʼllanishi, soʼzlarning talaffuzi, maʼnosi jihatdan (sinonimlar) oʼxshashligi, grammatik shakllar yasash usullarining ingliz va oʼzbek tillariga mos kelmasligi, ikki tilda soʼzlarning maʼno jihatdan mos kelib, ammo shaklan bir-biridan farq qilishi, ikki tildagi soʼzlarning maʼno hajmi va birikish qobiliyatini mos kelmasligi xususiyatlari uchraydi. Passiv lugʼatda esa soʼzlarning bir boʼgʼinliligi, koʼp maʼnolik va bir soʼzning oʼzini asosiy va yordam- chi, toʼgʼri va koʼchma maʼnoda qoʼllanilishi, ingliz tili soʼzlarining talaffuz jihatdan oʼxshashligi, ingliz tili soʼzlarning ona tilidagi soʼzlarga, maʼno jihat- dan farq qilsa ham shaklan oʼxshashligi metodik tipo- logayada hisobga olinadi. Oʼqituvchi oʼquvchilarga leksik mashqlarni tanalshda kelib chiqadigan qiyinchiliklarni aniqlab ularni tiplashtirishi mumkin. Keyin har bir tip uchun metod, usul, yoʼllarni, mashqlarning mosini tanlab oʼrgatiladi. Natijada har bir soʼzning xususiyati hisobga olinadi, oʼrgatishga kam vaqt ketadi. Bunda har bir soʼz uchun alohida-alohida usul, yoʼl, mashq ishlatilmay, har bir tip uchun ishlatiladi. Ingliz tili leksikasi alohida olinib, oʼzbek tili leksikasi bilan taqqoslanib, maʼnosi, shakli qoʼlla nilishi boʼyicha metodik tipologiya qilinadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling