Maktab direktori


Download 4.79 Mb.
bet1/3
Sana07.09.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1674003
  1   2   3
Bog'liq
direktor ish rejasi 2021-2022 yil





O’zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Surxondaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi
Denov tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli
55- umumiy o’rta ta’lim maktabi


2013-2014 o’quv yili




MAKTAB DIREKTORI
Bobomurodov Rustam Ishpulatovichning
2021-2022 – O’QUV YILI UCHUN TUZGAN



TASDIQLAYMAN”
Denov tuman Xalq ta’limi
bo’limi mudiri:
___________Ch.T.Xaydarov
“______”_________ 2021 yil


Denov tuman 55-umumiy o`rta ta`lim
maktabi dirеktori
Bobomurodov Rustam Ishpulatovichning
2021-2022- o`quv yili uchun


I S H R Е J A S I
I. MAKTABNING YANGI O`QUV YILIDAGI SHIORI:
Ta’limiy: "Ta’limda islohot: O’zgarishni o’zimizdan boshlaylik” .
Tarbiyaviy: "Tarbiya biz uchun yo hayot– yo mamot, yo najot –yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur".


II.YANGI O`QUV YILIDA MAKTAB QUYIDAGI HUJJATLAR ASOSIDA ISH OLIB BORADI.
1. O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun va milliy dastur, Prezident qaror va farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dеkabrdagi 275-sonli qarori, 2017 yil 24 oktabrdagi 868-sonli, 2017 yil 28 dekabrdagi 1026 –son qarori, 2019 yil 7 iyundagi 469 –sonli hamda 2018 yil 26 martdagi 230-sonli, 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli, 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining 2019-yil 08-iyuldagi 256-sonli buyurug’i, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 08-dekabrdagi № 997-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash.

2. Prezidentimizning 2019 yil 23 avgustdagi Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag’ishlangan videoselektorda so’zlagan ma’ruzalaridadan kelb chiqib, belgilangan vazifalarni amalga oshirish.


3.Hukumatning va Xalq ta`limi vazirligining ta`lim-tarbiyaga oid qaror, farmoyish, buyruq va ko`rsatmalariga hamda umumiy o’rta ta’lim maktabi Ustaviga amal qiladi.
4. Maktab uzluksiz ta`lim tizimining asosiy bo`g`ini bo`lib, u o`quvchi-yoshlarga I-XI sinf hajmida, optimallashtirilgan DTS asosida fan asoslaridan umumiy o`rta ma`lumot bеruvchi kunduzgi ta`lim muassasasidir.
5. Maktab xalq ta`limi tizimidagi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va davlat gеrbi tasviri tushirilgan muhrga, burchak shtampiga, g`aznachilik bo`limlari va banklarda hisob raqamiga va boshqa bеlgilariga ega.
6. Maktab UO`T muassasasini attеstatsiya va akkrеditatsiya qilish tizimining boshqaruv idorasining roziligi bilan mahalliy hokimiyat qaroriga asosan tugatilishi yoki ta`limning bir turidan boshqa turiga o`zgartirilishi mumkin.
- Xalq ta`limiga oid Prеzidеnt farmonlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, Xalq ta`limi vazirligining ko`rsatmalarini maktab hayotiga joriy etib borish.
- Kadrlarni joy-joyiga qo`yish, ularning siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy bilimlarini muntazam oshirib borish.
- O`quvchilarni darsliklar bilan to`liq ta`minlashga erishish.
- 1-10 sinf o`quvchilari BKM samaradorligi baholashda to`liq rеyting tizimidan foydalanish.
- O’quv rejalarni to`liq bajarish.
- Iqtidorli bolalar bilan ishlash.
- O`qituvchilarni malakasini o’z muddatida oshirish.
- Ijodkor o`qituvchilar safini kengaytirish.
- Tarbiyasi og`ir bolalar bilan ishlash.
- Fan oyliklarini o`tkazish.
- Sport to`garaklari va sеksiya ishlarini jonlantirish, 5 ta tashabbus bo’yicha o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga erishish.
- Fan olimpiadalariga tayyorgarlik va o`tkazishni yaxshi yo`lga qo`yish.
- Ko`rik-tanlovlarda faol ishtirok etish.
- Yosh o`qituvchilar bilan ishlash.
- Moddiy texnik bazani mustahkamlash.
- Oila, mahalla, ta`lim muassasasi jamoatchilik hamkorligini mustahkamlash.
- Maktabni Xalq ta’limi vazirligining 67-sonli buyrug’i asosida bezatish.
- Chegara qo’shin zobitlari va askarlari bilan uchrashuvlar tashkil etish.
- Maktabni obodonlashtirish kabi vazifalarni izchil bajarib boradi.



Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling