Maktab maslahatchisi


Download 14.81 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi14.81 Kb.
#1737961
Bog'liq
MASLAHATCHI MAJBURIYATI


PREZIDENT TA‘LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI PAXTAKOR TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

MAKTAB MASLAHATCHISI”


MAJBURIYATI VA HUQUQLARI

Jizzax-2022
91. Maktab maslahatchisining huquqlari:
Maktab maslahatchisi (o‘z kasbiga doir) faoliyatini amalga oshirish chog‘ida:
yangi ilg‘or uslublar va metodlarni yaratish, ulardan foydalanish, ilmiy-pedagogik tajribalar o‘tkazish, amaliyotda ilg‘or pedagogik tajribalarni joriy qilish;
faoliyatida yangi ilg‘or uslublar va metodlarni yaratganlik, ulardan foydalanganlik va joriy qilganlik uchun rag‘batlantirilish;
kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlarning yaratilishini talab qilish;
ixtisoslashtirilgan maktabning ichki me’yoriy hujjatlarida belgilangan tartibda o‘quv, uslubiy va ilmiy yo‘nalishlardagi xizmatlardan bepul foydalanish;
qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda o‘rindoshlik asosida ishlash;
o‘quvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari, qonuniy vakillari yoki vasiylari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamjihatlikda ishlash;
ixtisoslashtirilgan maktabning ustavi (ta’sis hujjati)da belgilangan tartibda uni boshqarishda, shu jumladan, kollegial boshqaruv organlarida ishtirok etish;
sha’ni va qadr-qimmati, odob-axloq me’yorlari buzilishini tekshirishda xolisona va adolatli yondashuvni talab qilish;
o‘z fikrini bayon etish va kasbiy daxlsizlik;
o‘quvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish huquqlariga ega.
Maktab maslahatchisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

92. Maktab maslahatchisining majburiyatlari:
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga keyinchalik o‘qishini davom ettirish masalalarida milliy va xorijiy umumiy o‘rta va oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
ixtisoslik fanlaridan fan to‘garaklari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolashni tashkil etadi va ijro monitoringini yuritadi;
ixtisoslik fanlaridan fan to‘garaklari oʻqituvchilarning oʻquv rejalarini va dasturlarini bajarish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
zaruriy oʻquv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
oʻquvchilarni kasbga yo‘naltirish, ularga keyinchalik o‘qishini davom ettirish uchun ko‘maklashishning samaradorligini taʼminlaydi;
taʼlim jarayonining sifatini va oʻquvchilarning oʻzlashtirish natijalari obyektiv ravishda baholanishini, toʻgaraklar va qoʻshimcha mashgʻulotlar ishini muntazam nazorat qiladi;
ixtisoslik fani bo‘yicha to‘garak rahbarlariga yangi dasturlar va pedagogik texnologiyalarni oʻzlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi;
oʻquv jarayonining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari bilan uzviyligini taʼminlash maqsadida mamlakatning turli oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda hamda boshqa ishlab chiqarish korxonalarida laboratoriya ishlarini oʻtashni tashkil etadi;
pedagog kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etishda, oʻquvchilar bilimlari boʻyicha monitoring oʻtkazishni ishtirok etadi;
oʻz malakasini oshiradi, xorijiy tajribani oʻrganadi hamda samarali deb topilgan metodlardan foydalanish boʻyicha maktab direktoriga taklif kiritadi;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Download 14.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling