Maktab menejmenti kafedrasi
Moliya bozorining turlari, tarkibi va amal qilish mexanizmi
Download 152.06 Kb.
|
3.KURS ISHI HAYDARALI Yormatov
1.2. Moliya bozorining turlari, tarkibi va amal qilish mexanizmi
Bozor iqtisodiyoti tizimining to'laqonli amal qilishi va samaradorligini tovar-pul munosabatlarisiz tasawur qilib bo’lmaganidek, uning muhim unsuri bo'lgan moliya bozorini ham qimmatli qog'ozlar bozorisiz tasawur qilib bo‘lmaydi. „Qimmatli qog‘ozlar bozori bu jismomy va yuridik shaxslarmng qimmatli qog'ozlarni chiqarish, ulaming muomalada bo'lishi va so'ndirilishi bilan bog'liq munosabatlari tizimidir".4 Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo‘lsa ham oldi-sotdi obyekti bitta, ya’ni pul (pulga tenglashtirilgan qog‘ozlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablagiarga ega boigan xo‘jalik subyektlari o‘z moliyaviy resurslarini ularga ehtiyoj sezgan subyektlarga taklif qiladi. Moliya bozorini moliyaviy bitimlaming harakatiga qarab turkumlash mumkin. Bunda moliya bozori ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari bozori va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarzga olinadi va shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Kapital (mulk) bozorida jamg‘arishga qo‘yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag’lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini ikkita bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori - pul shaklidagi kapitalning foiz toiash sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabatidir. Bu bozorda asosan davlat va banklaming qisqa muddatli majburiyatlari muomalada bo’ladi. Xalqaro moliya munosabatlarining ob’ektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jaligi hamda undagi iqtisodiy aloqalar tizimi tashkil qiladi. Hozirgi zamon jahon xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar yig’indisidan iborat bo’lgan global iqtisodiy tizim bo’lib, bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro harakatiga muvofiq tarzda o’zgarib boradi. Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining milliy iqtisodiyotga ta’siri quyidagi muhim xususiyatlar orqali namoyon bo’ladi: Moliyaviy globallashuv jarayoni. Mazkur jarayon quyidagi o’zgarishlarni o’z ichiga qamrab oladi: mamlakatlarni jahon iqtisodiyotidagi jarayonlarga jalb etish; ishchi kuchi, texnologiya, kapital, mahsulotlar va xizmatlarning global bozorlarini barpo etish; jahon xo’jalik aloqalarining global infratuzilmasini yaratish; xalqaro moliya munosabatlari bilan milliy iqtisodiyotning qoidalarini universallashtirish; yirik ishlab chiqarishga asoslangan xalqaro ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish. Iqtisodiy integratsion hudud va birlashmalarning tashkil topishi. Milliy iqtisodiyotlarning xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayoni hisoblanadi. Xalqaro moliya bozorlaridagi o’zgarishlar. Milliy iqtisodiyotda faoliyat ko’rsatayotgan moliya institutlarining jahon moliya bozorlaridagi ishtirokini muvofiqlashtirib boradi. Global raqobatlashuv jarayonining keskinlashuvi. Ushbu holat, milliy iqtisodiyotlar tomonidan jahon bozorlarida o’rin egallash uchun yuqorisifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida vujudga keladi. Download 152.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling