O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MOLIYA” KAFEDRASI
“MOLIYA” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Moliya bozorining mohiyati, zarurligi, asosiy vazifa va turlari.
Bajardi: Qosimov F.U
MM-51 2 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: Dots. Sh.Sultonov
TOSHKENT-2023
Mavzu: Moliya bozorining faoliyat xususiyatlari va yo‘nalishlari
Reja:
Kirish.
Moliya bozorining tuzilishi va moliya tizimida tutgan o‘rni.
Xalqaro moliya bozorining rivojlanishi va xalqaro kapital harakatining zamonaviy tendensiyalari.
SARS-COVID-19 pandemiyasining jahon moliya bozoriga ta’siri tahlili.
Mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda moliya bozori salohiyatidan foydalanish yo‘nalishlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Moliya bozori bo‘sh mablag‘ni safarbar etib, ularni moliyaviy resurslarga, aholi qo‘lidagi harakatsiz pulni daromad keltiruvchi manbaga aylantiradi. Depozitlar, veksellar, valyuta, aksiya, obligatsiya, derivativ (hosilaviy qimmatli qog‘ozlar) va sug‘urta bozorlarini o‘z ichiga oladigan moliya bozori odatda iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Moliya bozorini taraqqiy toptirish raqobat muhitini yaxshilash, moliyaviy boshqaruvning yangi turlarini qo‘llashga ko‘maklashish, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga investitsiyalarni jalb qilish bilan birga qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish orqali ijtimoiy muammolarni ham hal etishga xizmat qiladi. Shu boisdan, 2017-2021- yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida bu yo‘nalishda bir qator choralarni ko‘rish, chunonchi, moliya bozori uchun yagona davlat organini tashkil etish vazifasi belgilangan. Unga muvofiq, moliya bozorini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, shu kunlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda.
Moliya bozorini isloh qilishga esa bir qator omillar sabab bo‘lmoqda. Chunonchi, moliya bozorini davlat tomonidan tartibga solishning shakllari va uslublari eskirgan. Moliya bozorining iqtisodiyotdagi salmog‘i past darajada. Ushbu bozor orqali jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmi kam. Korporativ boshqaruvning moliyaviy bozorlar faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq xalqaro modellari keng tadqiq etilganligiga qaramasdan, mazkur ilmiy va amaliy tajriba mamlakatimiz iqtisodiyoti real sektorida amalda sust qo‘llanilmoqda. Oqibatda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida korporativ boshqaruv shartlari yetarlicha bajarilmayapti. Moliya bozori likvidliligi talabdagidek emasligi ikkilamchi bozor samaradorligining mavjud holati aholi va qimmatli qog‘ozlar bozori boshqa ishtirokchilarining moliya bozoridagi faoliyatini susaytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |