Maktab nizomi
Download 107.89 Kb.
|
nizom2
VI. MAKTABNI BOSHQARISh
6.1.Maktabda ta’lim-tarbiya ishlari mazkur Ustavning 1,1 (birinchi qism birinchi bandida) ko‘rsailgan hujatlar asosida olib boriladi. 6.2.Maktabni boshqarish demokratiya, okoralik, o‘z-o‘zini boshqarish tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Maktab jamoasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni ota-onalar, mahalla qo‘mitalari keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda amalga oshiradi. 6.3.Maktab pedagogika kengashi maktabni boshqarishning oliy organi hisoblanadi. Maktab direktori o‘ lavozimi bo‘yicha pedagogik kengash raisi hisoblanadi. 6.4.Maktabda,pedagogik,metodik, vasiylik kengashlari hamda ota-onalar qo‘mitasi Xalq ta’limi vazirligi buyruqlari bilan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan tegishli Nizomlar asosida shakllanadi hamda faoliyat ko‘rsatadi. 6.5.Maktabning o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni maktab direktori olib boradi. Maktab direktori: 6.5.1.Maktab Direktori o‘quv-tarbiya jarayoniga va maktabning kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, maktabda ta’lim berish(o‘quv-tarbiya)ishini tashkillashtiradi, maktabning ma’muriy-xo‘jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta’minlaydi, maktabda xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi. 6.5.2.Maktab direktori tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi (XTB) mudirlarining taqdimotiga ko‘ra tegishli xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i (Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri) tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo‘shatiladi. Maktab direktori ish faoliyatida bevosita tuman (shahar) XTB mudiriga bo‘ysunadi. 6.5.3.Maktab direktori mehnat ta’tilida yoki vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo‘lgan davrda uning vazifalari direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari zimmasiga yuklanishi mumkin. Bu kabi hollada vazifalarni ijro etish direktor buyrug‘i yoki ob’ektiv sabablarga ko‘ra tegishli buyruq chiqarish uchun imkon bo‘lmasa tuman(shahar)XTB mudirining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. 6.5.4.Maktab direktori o‘z ixtisosligi bo‘yicha oliy ma’lumotga va pedagogik yoki rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish stajiga ega hamda tegishli attestatsiyadan o‘tgan kamida 1-toifali o‘qituvchi bo‘lishi lozim. 6.5.5.Maktab direktori maktab ichida yoki undan tashqarida o‘rindoshlik asosida boshq rahbarlik lavozimlarida (ilmiy va ilmiy-uslubiy rahbarlikdan tashqari) ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. 6.5.6.Maktab direktorining mansab vazifalari o‘rindoshlik asosida ijro etilishi mumkin emas. 6.5.7.Maktab direktoriga uning o‘rinbosarlari bevosita bo‘ysunadi. Maktab direktori o‘z vakolatlari doirasida maktabning har bir xodimi va o‘quvchisiga ular uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmani berishga haqli. Maktab direktori maktabdagi har qaysi boshqa xodim (uning o‘rinbosari yoki boshqalar)ning farmoyishini bekor qilishga haqli. 6.5.8.Maktab direktori o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi: Maktab Ustavi va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq maktab faoliyatining barcha yo‘nalishlari yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi, uning ishini dasturiy rejalash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi. Muassasaning rivojlanish dasturlarini, maktabdagi ta’limiy dasturlar, o‘quv rejalari, kurslar, fanlar, o‘quv-uslubiy hujjatlar, Ustav va ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi. Maktabning boshqa ichki me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi. Maktabni yangi o‘quv yiliga,kuz-qish mavsumiga tayyor bo‘lishini tashkil etadi va ta’minlaydi, maktabda obodonlashtirish,ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi; Maktab faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o‘quv-uslubiy,ma’muriy,moliyaviy, xo‘jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi. Maktabning pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Kadrlarni saralash, ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning mansab vazifalarini belgilaydi, ularnig kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi. O‘quvchilar uchun mashg‘ulotlar jadvalini, maktab xodimlarining ish jadvallari va pedagogik yuklamasini, tarifikatsion ro‘yhatlar va mehnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi. Xodimlarning ijodiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi, jamoada ijobiy ma’naviy sof muhitni shakllantiradi. Maktab o‘quvchilari va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash maqsadida maktabda umumiy ovqatlanish tashkilotlari va tibbiy muassasalar faoliyat ko‘rsatishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi. Jamoa shartnomasi bajarilishini ta’minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi. Kasaba uyushmasi tashkilotiga mo‘’tadil ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratadi. Davlat, jamoat va boshqa organlarda, tashkilotlarda va muassasalarda maktab manfaatlarini himoya qiladi. Jihozlarning muhandislik – texnikaviy kommunikatsiyalari havfsiz foydalanishini ta’minlaydi, ularni mehnat muhofazasi bo‘yicha amal qilayotgan standartlarga , qoidalarga va me’yorlarga muvofiq bo‘lgan holatga keltirish choralarini ko‘radi, ta’lim muassasasining binosi ko‘rikdan o‘tkazilishi va ta’mirlanishini o‘z vaqtida tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida va maktab ichki mehnat tartib qoidalarida belgilangan tartibda yangi hodimlar qabul qilinishini rasmiylashtiradi; Ishga qabul qilingan shaxslar bilan o‘rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolaydi, mehnat muhofazasi, texnik xavfsizligi bo‘yicha dastabki ko‘rsatma berish, ta’lim muassasasi xodimlari bilan ish joyida ko‘rsatma berish tadbirini o‘tkazadi, ko‘rsatma berish tadbiri o‘tkazilganligini daftarda rasmiylashtiradi. Xodimlar va o‘quvchilarning jarohatlanishi hollarini oldini olish va ular o‘rtasida kasallanish darajasini kamaytirish bo‘yicha profilaktik ishlarni tashkil etadi va olib boradi; Tibbiy xodimlar bilan xamkorlikda tibbiy hizmat ko‘rsatilishini va sog‘lomlashtirish ishini yaxshilash choralarini ko‘radi; Kasaba uyushmasi, Ota-onalar qo‘mitasi va Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda ovqatlanish tashkil etilishini yaxshilash, maktab oshxonasida sifatli ovqat tayyorlanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko‘radi; Ishlayotganlar va o‘quvchilarning o‘quv-mehnat yuklamasini, ularning ruhiy-jismoniy imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda, ta’minlaydi, oqilona mehnat va dam olish tartibini tashkil etadi. O‘quvchilar va ishlayotganlarning salomatligi uchun havfli sharoitlar yuzaga kelganda ta’lim jarayoni o‘tkazilishini ta’qiqlishga haqli. 6.6. Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari: 6.6.1.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktorining tavsiyasiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo‘shatiladi. 6.6.2.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktori bilan hamkorlikda maktabning o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etadi, maktab pedagoglari jamoasiga uslubiy jihatdan rahbarlik qiladi, o‘quv jarayonida havfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlaydi, o‘quv ishi bo‘yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta’lim bo‘yicha ishni tashkillashtiradi. 6.6.3.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi. 6.6.4.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bevosita (1)o‘qituvchilar,(2)o‘quvchilar,(3)labaratoriya xodimlari bo‘ysunadi. 6.6.5.Maktab direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi: Pedagogdlar jamoasining faoliyati kundalik istiqbolli rejalashtirilishini tashkil etadi. O‘qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o‘quv rejalarini va dasturlarini bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi. Zaruriy o‘quv-uslubiy hujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. Ta’lim jarayonining sifatini va o‘quvchilarning ta’limiy tayyorgarlik natijalari ob’ektiv ravishda baholanishini, to‘garaklar va fakultativlar ishini muntazam nazorat qiladi; maktab pedagog xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan darslar va o‘quv mashg‘ulotlarining boshqa turlariga tashrif buyuradi(o‘quv yili davomida kamida 180 soat), ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalarini pedagoglarga ma’lum qiladi. Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish ishlarini tashkil etadi. Ota-onalar uchun ma’rifat ishlarini tashkil etadi, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalarni (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi. Pedagog xodimlarga yangi (innovatsion)dasturlar pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi; O‘quv mashg‘ulotlari va ta’lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan o‘qituvchilarning darslari sifatli va o‘z vaqtida almashtirilishini ta’minlaydi, qoldirilgan va boshqa o‘qituvchi o‘rniga o‘tilgan darslarni qayd qilish jurnalini yuritadi. Belgilangan hisobot hujjatlari o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlaydi,pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa hujjatlar to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi. Pedagog kadrlarni saralash va joy-joyiga qo‘yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy mahoratini oshirish ishlarini tashkil etadi; uslubiy birlashmalar ishiga rahbarlik qiladi, o‘z malakasini oshiradi. Maktab pedagog va boshqa xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etadi; pedagoglar va o‘quv-tarbiya xodimlar tarkibini ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va maktab direktoriga topshiradi. Direktorning ma’muriy-xo‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ishtirokida o‘quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni pasportlashtirish o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini tashkil etadi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda amaliy va labaratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarda havfsizlik texnikasi bo‘yicha bo‘limlar ishlab chiqilishini va vaqti-vaqti bilan kamida 5 yilda 1 marta qayta ko‘rib chiqilishini tashkil etadi. Direktorning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda yo‘l harakati, ko‘cha-ko‘yda o‘zini tutish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi, o‘quvchilar bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishni amalga oshiradi. Kasaba qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘quv asboblari va jihozlari, kimyoviy reaktivlar, ko‘rgazmali qurollar,maktab mebelidan foydalanish va saqlash xavfsizliginig ma’muriy jamoa nazoratini amalga oshiradi. Namunaviy ro‘yhatlarda nazarda tutilmagan, shu jumladan tegishli ruhsatnoma-dalolatnomasiz ustaxonalarda,o‘quv xonalari va boshqa xonalarda o‘rnatilgan yasama kimyoviy reaktivlar,o‘quv jihozlari va asboblarni olib qo‘yish choralarini o‘z vaqtida ko‘radi, ta’lim muassasasi xonalarida xodimlar va o‘quvchilarning sog‘ligi uchun havfli sharoitlar yuzaga kelganida ta’lim jarayonini to‘xtatib turadi. Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamiyatdagi o‘rniga munosib bo‘lgan ahloqiy me’yorlarga amal qiladi. 6.7.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari: 6.7.1.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari direktorining taqdimotiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan olinadi. 6.7.2.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishni tashkil qiladi, tarbiyaviy jarayon yuzasidan umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, aniq bir tadbirlar o‘tkazilganida o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlashda havfsizlik texnikasi me’yorlariga va qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, mahalla qo‘mitasi va boshqa maktabdan tashqari tashkilotlar bilan hamkorlikda rahbarlik qiladi. 6.7.3.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi. 6.7.4.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga bevosita (1) sinf rahbarlari, (2) o‘quvchilar, (3) sardorlar, (4) qo‘shimcha ta’lim pedagoglari bo‘ysunadi. 6.7.5.Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi: O‘quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ish bo‘yicha joriy va istiqbol rejalar tuzilishini va uning o‘tkazilishini tashkil etadi. Maktabdan tashqari tashkilotlar: mahalla qo‘mitasi va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan olib boriladigan ishlar rejasi tuzilishini tashkil etadi . Tarbiyachilar,sinf rahbarlari, katta sardor va bevosita ushbu direktor o‘rinbosariga bo‘ysunuvchi boshqa xodimlarning ishini muvofiqlashtiradi. Muntazam ravishda tarbiyaviy jarayon sifatini, to‘garaklar ishini va maktabdan tashqari tadbirlarga, to‘garaklar mashg‘ulotlariga(o‘quv yili davomida kamida 180 soat)qatnaydi, ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, tahlil natijalaridan pedagoglarni habardor qiladi. Tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari bo‘yicha ota-onalarni(ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi. Maktab direktorining o‘quv-tarbiyaviy ish bo‘yicha o‘rinbosari bilan hamkorlikda tarbiyaviy va madaniy-bo‘sh vaqt faoliyati bo‘yicha mashg‘ulotlar jadvallarini tuzadi; vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimlarning o‘rniga darslar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlaydi. Maktab bo‘yicha belgilangan hisobot hujjatlari, shuningdek bevosita o‘ziga bo‘ysunadigan xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar tuzilishini ta’minlaydi. O‘quvchilar jamoalariga madaniy-okurtiv va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda yordam beradi, to‘garaklarda va h.k.larda o‘quvchilar kontingentini saqlash choralarini ko‘radi, maktabni o‘quvchilar bilan to‘ldirishda ishtirok etadi. Maktab pedagog va boshqa xodimlarni tayyorlashda ularni attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi. Sinf rahbarlari va bevosita ushbu direktor o‘rinbosariga bo‘ysunadigan xodimlar tomonidan ularning zimmasiga yuklangan tarbiyaviy ishni tashkil etish bo‘yicha vazifalar bajarilishini, o‘quvchilarning ixtiyoriy jamoatchilik uchun foydali mehnatini muhofaza qilish me’yorlari va qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ta’minlaydi. Sinf rahbarlari, guruhlar, to‘garaklar va sport seksiyalari rahbarlariga safarlar, ekskursiyalar, ishlab chiqarish va jamoatchilik uchun foydali mehnatni va h.k.larni tashkil etishda, shu jumladan o‘quvchilar mehnati muhofaza qilinio‘ini ta’minlash, jarohatlanishni va boshqa baxtsiz xodisalarni oldini olish masalalarida uslubiy yordam beradi. Tarbiyaviy tadbirlar va ta’lim muassasasidan tashqari o‘quvchilar bilan ish olib borishda sanitariya-gigiena me’yorlari va talablari, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in havfsizligi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi va ular bajarilishi uchun tegishli choralar ko‘radi. O‘quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan) ko‘chada, suvda va h.k.larda sodir bo‘ladigan jarohatlanishni, YTH, baxtsiz hoisalarni oldini olish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etadi; ota-onalarni o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ish olib borishga jalb etishni tashkil etadi, majmuaviy tarbiyalash tizimi yaratilishiga ko‘maklashadi. Maktabdan tashqari tarbiya bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yuritish uchun maktab bilan bolalar qo‘shicha ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni bog‘laydi va qo‘llab-quvvatlaydi. Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamoatdagi o‘rniga munosib ahloq me’yorlariga amal qiladi. 6.8.Direktorning moliyaviy hamda moddiy masalalar bo‘yicha vazifalari va majburiyatlari Yuridik shaxs maqomiga ega xalq ta’limi muassasasi, shu jumladan maktab Direktori fondining byudjet mablag‘larining bosh boshqaruvchisi mazkur muassasa rahbari hisoblanadi. Tegishli moliya tashkilotlarining xalq ta’limi muassasalarini moliyalash bo‘limlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: pedagog xodimlar tarifikatsiyasini hisobga olgan holda maktab shtat jadvali va harajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida ro‘yhatga olish; belgilangan tartibda ro‘yhatga olingan xarajatlar smetasini, tovarlar va hizmatlar etkazib berish bo‘yicha shartnomalarni faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy organlari orqali tuzishni hisobga olgan holda bajarish; belgilangan standartlarga muvofiq umumita’lim maktabi buxgalterlik hisob-kitobi va hisobotini olib borishini ta’minlash; to‘lovlar, oylik maoshni belgilash va to‘lash, nafaqa hamda unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek maktabda moddiy boyliklarning hisob-kitobini olib borishini tashkil etish va amalga oshirish; amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanaga shtatlar, smeta va moliya intizomiga qai’iy rioya qilishni ta’minlash; Byudjetdan ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar harajatlar smetasining tuzilishini tahlil qilish va tasdiqlash hamda ulardan samarali tejamkorlik bilan foydalanishni, hodimlarga ish haqi "Direktor jamg‘armasi”dan o‘qituvchilarga ustamalarni holisona tayinlanishi, mukofot va moddiy yordam pullarini asoslangan holda to‘lanishi, noqonuniy harajatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishi lozim. Ta’lim muassasasining tovar moddiy-boyliklarining saqlanishini ta’minlash, rivojlantirish, ta’lim muassasasida Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli qaroriga asosan servis hizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish, yuridik, jismoniy shaxslarning va chet el sarmoyadorlarining ixtiyoriy badallarini ta’lim muassasasining moddiy texnik bazasini rivojlantirishga yo‘naltirish va undan belgilangan tartibda foydalanishni tashkil etadi. Markazlashtirilgan tartibda ta’lim muassasasiga beriladigan (jihozlar, maktablarga beriladigan maktab hujjatlari, kam ta’minlangan oila farzandlariga beriladigan qishki kiyim-bosh, Prezident sovg‘asi, ko‘mir, va boshqa) moddiy boyliklar uchun ishonchnolmalar beradi, qabul qiladi, har bir o‘quvchiga etkazilishini ta’minlaydi. Ta’lim muassasasi binolarining texnik holatini, ya’ni saqlanishini, barcha moddiy boyliklar(inventarlar,turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar)ning saqlanishini nazorat qiladi. har o‘quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, labaratoriyalarni ta’mirlash, jihozlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib, ro‘yhat bo‘yicha jihozlash, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, labaratoriya mudirlariga belgilangan tartibda(topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olishni; kommunal hizmat ko‘rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda hududiy g‘aznachilik bo‘limlaridan ro‘yhatdan o‘tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etilishini ta’minlaydi. Kommunal to‘lovlar (gaz, elektr energiya, suv va issiqlik energiyasi) bo‘yicha hisoblagichlarni kundalik ko‘rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni; Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga habar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘rishni; Ta’lim muassasasining sanitariya holatini talab darajasida bo‘lishida farroshlar, binoni qo‘riqlashda qorovullar, atrof muhitni obodonlashtirishda bog‘bonlan ishining to‘g‘ri tashkil qilinishini ; muassasada xodimlar o‘rtasida shanbaliklarni, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni; qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda hizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining etarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik etarli darajada bo‘lmagan kunlarda hizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro‘yhatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun tshlab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirishini; kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirilishini ta’minlaydi. 6.9.Ta’lim muassasasi rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining yoki xo‘jalik murining moddiy javobgarlik bo‘yicha vazifalari va majburiyatlari 6.9.1.Maktab direktorining ma’muriy-xo‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari maktab direktorining taqdimotiga ko‘ra tuman xalq ta’limi bo‘limining mudiri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo‘shatiladi. 6.9.2.Maktab direktorining ma’muriy-ho‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bevosita maktab direktoriga bo‘ysunadi. 6.9.3.Maktab direktorining ma’muriy-ho‘jalik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini amalga oshiradi: Ta’lim muassasasi binolarining texnik holatiga, ya’ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar,turli o‘quv ko‘rgazmali jihozlar)ning saqlanishiga javobgardir. Ta’lim muassasasidagi xo‘jalik ishchilarini nazorat qilish, har oyda hisobxonaga, ishchi-hodimlarni ishga kelganligi haqida tabel topshirish. Hisobxonaga oy oxirida kirim, chiqim qilingan moddiy tovar boyliklarning (muassasaga olib kelingan inventarlarni, xo‘jalik va kontselyariyamollarini kirim qilish, ularni o‘z vaqtida tarqatish, ro‘yhatdan chiqarilgan moddiy boyliklarni chiqim qilish) aylanma qaydnomasini topshirish. Har o‘quv yili bolanguncha barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, labaratoriyalarni ta’mirlash,jihozlash, yangi o‘quv yiliga taxt qilib, ro‘hat bo‘yicha jihozlar, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinat mudirlariga, labaratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o‘quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olish. Kommunal hizmat ko‘rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda hududiy g‘aznachilik bo‘limlaridan ro‘yhatdan o‘tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etish. Kommunal to‘lovlar(gaz,suv,elektr va issiqlik energiyasi) bo‘yicha hisoblagichlarni kundalik ko‘rsatkichlarini olib,tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil qilish. Telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga habar berib, aloqani tiklash choralarini ko‘rish. Ta’lim muassasasining sanitariya holatini talablar darajasida bo‘lishida farroshlar,binoi qo‘riqlashda qorovullar, atrof-muhitni obodonlashtirishda bog‘bonlar ishini to‘g‘ri tashkil qilish. Bir yilda bir marta muassasa hisobchisi bilan birgalikda moddiy boyliklarni turlari bo‘yicha inventarizatsiya qilish. Muassasada hodimlar o‘rtasida shanbaliklarni, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va ularda faol qatnashish. Qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda hizmat ko‘rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining etarli darajada bo‘lishini, uning davomiyligini, issiqlik etarli darajada bo‘lmagan kunlarda hizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro‘yhatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun to‘lab beriladigan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirish. Kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kanalizatsiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirish. Yakka tartibda isitiladigan ta’lim muassasalarida qattiq va suyuq yoqilg‘i materiallarini vaqtida etkazish va sifatli saqlash, ulurni belgilanagan miqdorda sarflash hamda isitish tizimini optimal darajada ishlashini ta’minlash. Yong‘in havfsizligi asboblarini etarli darajada bo‘lishini nazorat qilish. 6.9.4.Ta’lim muassasasi rahbarining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining zimmasiga kassirlik vazifasi yuklatilgan holatda: Ta’lim muassasasi kassiri naqd pullarni davlat bankidan qabul qilish va topshirish bo‘yicha kassa operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjatlari shakllari bilan rasmiylashtiradi. Kassa operatsiyalari hisobini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanagan shakl bo‘yicha maxsus kassa daftarida yuritadi hamda kassa daftarini o‘chirishlar va tuzatishlar qilishga yo‘l qo‘ymasdan olib boradi. Ta’lim muassasasi xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (ya’ni hizmat safari harajatlari,kasallik varaqalari, suyunchi pullari,qarilik nafaqalari, 2yoshgacha bolasiga qarayotgan onalarga to‘lanayotgan nafaqalar) bo‘yicha bankda naqd pulga buyurtma beradi va naqd pul oladi hamda xodimlarga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi. Kundalik tarqatilgan naqd pullar haqida ta’lim muassasasi rahbariga hisobot berib boradi.Kassaga doir barcha moliyaviy hujjatlar va kassa kitobini yuritadi. Kassada pul mablag‘larining saqlanishi va tarqatilmagan pul mablag‘larini bank muassasasiga qaytib topshirishga javobgar hisoblanadi. 6.9.5.Maktablarda buxgalter, moddiy javobgar shaxs lavozimlari kiritiladi. Maktab buxgalteri o‘z vazifalarini uning vakolat va javobgarlik doirasi belgilanagan umumta’lim maktablari (maktab-internatlari) buxgalteri haqidagi tegishli Nizom talablari asosida amalga oshiradi: Download 107.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling