Maktab nizomi


VII. OTA-ONALAR YOKI ULARNING O‘RNINI BOSUVChI SHAXSLARNING HUQUQLARI, MAJBURIYAT VA MAS’ULIYATLARI


Download 107.89 Kb.
bet7/7
Sana20.06.2023
Hajmi107.89 Kb.
#1631541
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
nizom2

VII. OTA-ONALAR YOKI ULARNING O‘RNINI BOSUVChI SHAXSLARNING HUQUQLARI, MAJBURIYAT VA MAS’ULIYATLARI 

7.1.Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:


-o‘zlarining balog‘atga etmagan bolalari uchun ta’lim shakllarini umumiy ta’lim muassasasi turi va o‘qish turini tanlash;
-ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini , bolaga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini talab qilish;
-ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
7.2.Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
-bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari;
-bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishlari,bolada mehnatsevarlik, yaxshilik, muruvvat tuyg‘ularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy qadriyatlarga nisbatan hurmat fazilatlarini tarbiyalashlari;
-bolalarni maktabda o‘qitish uchun yoki belgilangan talablar hohishida (shartnoma asosida) pullik ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishlari shart.
7.3.Ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar maktabda o‘quvchilarni mafaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashishi huquqiga egadirlar.
7.4.Ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar farzandlarning maktabda DTS talablari doirasida ta’lim-tarbiya olishlari uchun amaldagi qonunlarga binoan maktab bilan barobar mas’uldirlar.

VIII. MAKTABNING MODDIY VA MOLIYAVIY XO‘JALIK TA’MINOTI

8.1.Maktabning moliyaviy ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 26 fevraldagi PF-3857-sonli "Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2007 yil 29 martdagi PQ-609-sonli "Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30 martdagi 63-sonli "Xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori va ular asosidagi Xalq ta’limi vazirligining buyruq va qarorlari asosida tashkil etiladi.


Maktabni moliyaviy ta’minlash belgilangan tartibda byudjetdan ajratilgan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari va mazkur Ustav asosida tuzilgan shartnomalarning bajarilishidan, shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
8.2.Maktabni samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sarf-harajatlar davlat tomonidan belgilangan huquqiy me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi va mahalliy byudjet hisobidan amalga oshiriladi.
8.3.Malaka toifalari "Attestatsiya haqidagi Nizom”ga muvofiq maktab xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida beriladi.
8.4.Pedagog kadrlarga kasb mahorati va sinfdan tashqari faoliyatlari uchun ustamalar, moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash Vazirlar Mahkamasining 2005 yil dekabrdagi 275-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
8.5.Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilariga tanlov bo‘yicha yoki fakultativ mashg‘ulotlar uchun o‘quvchilar sonidan qat’iy nazar faqat alohida sinf yoki guruh o‘quvchilari uchun o‘tilgan soatlar miqdoriga qarab ish haqi to‘lash amalga oshiriladi.
8.6.Maktabda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pullik hizmatlar ko‘rsatishga ruhsat etiladi:
8.7.Maktabni moddiy-texnika negizi tarkibiga er, binolar,sport inshootlari, kommunikatsiyalar, texnik vositalar, asbob-uskunalar, mebellar, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash uchun foydalanadigan boshqa mulklar kiradi.
8.8.Maktab binosi texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiena me’yorlariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi. Maktabni moddiy texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish mahalliy byudjet hisobidan, shuningdek, moliyaviy ta’minlashning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
8.9.Maktabning buxgalteriya hisobi boshqa hisob-kitob ishlari maktab direktori, moddiy javobgar shaxs va buxgalterlar tomonidan amalga oshiriladi ya’ni Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30 martdagi 63-sonli qarori asosida olib boriladi.

IX. MAKTABNI XALQARO HAMKORLIK FAOLIYATI

9.1.Amaldagi qonunchilikka asosan umumta’lim maktabi xalqaro faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.


9.2.Maktab xorijiy mamlakat o‘quv muassasalari bilan o‘qish, dam olish, olimpiadalarida, ko‘rik tanlovlari o‘tkazish yuzasidan tajriba almashish imkoniyatlari doirasida hamkorlik aloqalar o‘rnatish mumkin.
Download 107.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling