III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Tashqi siyosat davlat faoliyatining u oz davlat chegaralaridan tashqarida xalqaro munosabatda ishtirok etish asnosida amalga oshiradigan sohasidir.
Har qaysi davlat boshqa davlatlar bilan nihoyatda xilma xil munosabatlarda boladi. Davlatlar ham, xuddi odamlar singari, bir biri bilan muloqotga kirishmasdan yashay olmaydi. Bunday muloqot oz munosabatlarida murosaga erishish va ozaro maqbul qoidalarni belgilash uchun bir birini tushunishda, ozlarining bir birlariga nisbatan ozaro mafaatlarini kelishib olishda ularga komak beradi.
Bizga yaxshi malumki, turli mamlakatlar va qitalar xalqlari qadim qadim zamonlardan boshlab ozaro aloqalarni yolga qoyishgan, dunyoning yangi qitalarini kashf etishgan, dostlashishgan va savdo sotiq qilishgan, yovlashishgan va yarashishgan, urushlar olib borishgan va sulhlar tuzishgan, xalqaro ishlarni hal qilishda hayot tajribalarini egallagan va boyitgan holda bir birlaridan bilimlarni hamda tajribalarni ozlashtirishgan. Chunki jahon xalqlari taqdiri xalqaro ishlarning hal etilishiga bevosita bogliqdir.
Shu tariqa, xalqlar muloqoti jarayonida asta sekin xalqaro munosabatda ishtirok etayotgan davlatlar manfaatlarini ifodalovchi va himoya qiluvchi qoidalar vujudga keldi.
Ozbekiston ham xalqaro munosabatlarning tola huquqli subyekti hisoblanadi. Faqat davlat mustaqilligiga erishilishi bilan mamlakatimiz xalqaro munosabatlarning tola huquqli subyektiga aylandi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |