III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Shaxs huquq va erkinliklari kishilik sivilizatsiyasining mushtarak yutugidir. Yuksak manaviyat yengilmas kuch asarida Prezidentimiz Islom Karimov manaviy jihatdan boy, shaxsni tarbiyalash va manaviy yuksalgan jamiyatni yaratish milliy goyaning asosiy vazifasi ekanligini takidlaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning uzluksizligi nechogliq ahamiyatga egaligi haqida soz yuritiladi va barkamol inson, ijtimoiy hamkorlik, diniy tolerantlik, millatlararo kelishuv tushunchalar milliy goyaning tarkibiy qismi ekanligini qayd etadi. Oz zamonasida Orta Osiyolik mashhur alloma va shoir Yusuf Xos Hojib (XI asr) mamlakatda kuch qudrat emas, balki qonun hukmronlik qilgan taqdirdagina davlat zabardast bolishi xususida yozgan edi. Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida birinchi navbatda shaxsiy huquq va erkinliklar, keyin esa siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar mustahkamlab qoyilgan.
Insonning eng muhim shaxsiy huquqi yashash huquqidir. Aynan shu boyicha mamlakatdagi demokratiya mavjudligi belgilanadi.
Davlat va jamiyatning asosiy burchi ana shu huquqni qol ostidagi barcha vositalar bilan kafolatlashdir. Bu huquqning royobga chiqarilishi davlat va jamiyat demokratik rivojlanishining muhim sharti soglom yashash huquqi, normal hayot sharoiti va hokazolar bilan chambarchas bogliq.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |