III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Siyosiy huquqlar shaxsiy huquqlar bilan chambarchas bogliqdir. Keling, bir oylab koraylik: fuqaro, bordi-yu uning shaxsiy huquqlariga rioya etilishiga ishonchi komil bolmasa, mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etadimi?
Respublika Konstitutsiyasi oz fuqarolari uchun belgilagan siyosiy huquqlar - bular:
-jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi;
-О‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq mitinglar, tinch yig‘ilishlar va namoyishlar ko‘rinishida faollik ko‘rsatish huquqi;
-kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish huquqi;
-saylash va saylanish huquqi;
-vakolatli davlat organlari, idoralari va xalq vakillariga arizalar, iltimosnomalar, shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi.
Asosiy qonun belgilaydi:
Ozbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish ozini ozi boshqarish, referendumlar otkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yoli bilan amalga oshiriladi. (32-modda).
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |