28. [-1; 2] kesmada joylashgan to‘plamning elementlar sonini aniqlng.
4
29. Chorvador 7 ta qoʻy va 6 ta echki sotmoqchi. Xaridor bitta qoʻy va bitta echki olmoqchi. U necha xil usulda sotib olishi mumkin?
42
30. Do‘konda 6 xil pidjak, 5 xil shim va 4 xil galstuk sotilmoqda. Pidjak, shim va galstukdan iborat uchlikni (to‘plamni) necha usul bilan sotib olsa boʻladi?
120
31. 10 dan katta 20 dan kichik juft sonlardan iborat to‘plam tuzing. Uning eng kichik elementini toping. 10 va 20 kirmaydi.
12
32. Odatda, uchburchakning uchlari lotin alifbosining katta harflari bilan belgilanadi. Lotin alifbosida 26 ta harf bor. Uchburchakning uchlarini necha xil usulda belgilash mumkin?
15600
33. Natural sonlar to‘plami va butun sonlar to‘plami birlashmasini toping.
butun sonlar to‘plami
34. 4 bilan tugaydigan 100 dan katta bo‘lmagan 2 xonali natural sonlar to‘plamining elementlar sonini aniqlang.
9
35. 4 xil bolt va 3 xil gaykadan bittadan olib necha xil juftliklar tuzish mumkin?
12
36. 4 bilan tugaydigan 100 dan katta bo‘lmagan natural sonlar to‘plamining elementlar sonini aniqlang.
10
37. Agar N natural sonlar to‘plami va B toq sonlar to‘plami bo‘lsa, N va B to‘plamlarning birlashmasini toping.
natural sonlar to‘plami
38. Tepalikdagi buloqqa 7 ta yoʻl olib boradi. Sayyoh borgan yoʻlidan qaytmaslik sharti bilan jami necha usulda buloqqa borib kelishi mumkin?
42
39. 10 dan katta 20 dan kichik toq sonlardan iborat to‘plam tuzing. Uning nechta elementi bor?
5
40. Agar qaralayotgan barcha to‘plamlar uning qism to‘plamlari bo‘lsa, U to‘plam … to‘plam deyiladi.
universal to‘plam
XXX 1. A={x: x∈N, x4-17x2+16≤0} va B={x: x∈R, x4-17x2+16=0} to‘plamlar berilgan bo‘lsa, A va B to‘plamlarning ayirmasini toping.
{2}
Do'stlaringiz bilan baham: |