Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Jismoniy mashqlar ta’sir o‘tkazishini aniqlovchi


Download 165.78 Kb.
bet12/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

3.5. Jismoniy mashqlar ta’sir o‘tkazishini aniqlovchi 

omillar
Ma’lumki, ayni bir xil jismoniy mashq turli xil samaraga 
olib kelishi mumkin va aksincha, har xil jismoniy mashq bir
xil natijaga olib kela oladi. Bu jismoniy mashq o‘z-o‘ziga 
qandaydir xususiyatlarga bo‘linmaganligidan dalolat beradi.



17
Binobarin, jismoniy mashqlarning ta’sir o‘tkazuvchi omillarini 


bilish pedagogik jarayonning boshqaruvchanligini oshirishga
imkon beradi. Barcha xilma - xil omillarni quyidagi tarzda 
guruhlashtirish mumkin:
1. O‘quvchilar va o‘qituvchining shaxsiy tavsifi muhim 
omildir. Ikki tomonlama o‘qitish jarayoni – o‘qituvchi o‘rgatadi,
o‘quvchi o‘rganadi, shuning uchun jismoniy mashqlar teng 
darajada ta’sir o‘tkazishi o‘rgatayotgan va o‘rganayotgan
tomonining axloqiy sifatlari, aql-idroki bilimlari, ko‘nikma va 
malakasi, jismoniy rivojlanish darajasi, manfaatdorligi, faolligi
va boshqalarga bog‘liq.
2. Jismoniy tarbiya qonunlarining ilmiy omillari insonning
bilish darajasini xarakterlaydi. Jismoniy mashqning pedagogik, 
fiziologik fazilatlari qanchalik chuqur ishlab chiqilgan bo‘lsa, u
shu qadar samaralidir. Ulardan pedagogik vazifalarni yechishda 
foydalanish mumkin.
3. Uslubiy omili jismoniy mashqlardan foydalanish vaqtida 
amalga oshirishga tegishli talablarning keng guruhlarini
birlashtiradi.
4. Meteorologik omillari (havo harorati, namligi va
hokazolar) ta’sir o‘tkazishni bilish guruhlarini tashkil etadi.
5. Moddiy omillar (sport inshootlari, anjom-jihozlar,
kiyimlar) sport vazifalarini yechishga ko‘proq va kam darajada 
– umumta’lim, sog‘lomlashtirish vazifalarini yechishga ta’sir
qiladi.

3.6. Jismoniy mashqlar texnikasi
Texnika to‘g‘risidagi tushunchani pedagogik yoki 
biomexanik nuqtayi nazardan o‘rgansa bo‘ladi.
Pedagogik nuqtai nazardan jismoniy mashq texnikasi 
deyilganda harakatlartiruvchi ta’sirni bajarishning eng samarali
usuli tushuniladi.


18
Samaradorlik o‘quvchilar organizmiga eng oqilona ta’sir 


o‘tkazishi bilan ifodalanadi. Ammo ulardan eng oqilonasi
texnikaviy bajarilish deb ataladi. Masalan, har xil usullar bilan 
suzish mumkin (krolli, chalqancha va boshqalar), biroq ba’zilar
klassik usullarning birortasidan ham foydalanmasdan suzadilar. 
Jismoniy mashqlar texnikasi muntazam rivojlanadi:
odatlangan texnika takomillashtiriladi, ba’zida esa usullar 
barham topadi, yangilari tuziladi. Bu jarayon qator sabablar
bilan belgilanadi:
1. Sport tayyorligi darajasiga talablarning muntazam
o‘sayotganligi.
2. Harakatlar bajarilishning ko‘proq mukammallashgan
usullarini uzluksiz izlash muvofiq tekshirishlar natijasi va 
rolining oshishi.
3. Yangi sport jihozlarining yuzaga kelishi.
Jismoniy mashq texnikasi yetakchi sportchilar (ushbu vaqt
uchun) harakati bajarilish usullarini amaliyotda tekshirish va 
ilmiy tahlilning izlanish natijasidir. Bunday zamonaviy texnika
harakatni bajaruvchilarning barchasi uchun teng darajada eng 
oqilona asosni aks ettiradi va shu sababli andozali texnika deb
ataladi.

Harakatlarga ta’sir etuvchi harakatlarning ahamiyatliligi


bir xil emas. Shuning uchun texnika detallarga ajratish qabul 
qilingan. Harakatning ajralib turuvchi belgilarini aks ettiruvchi
harakat texnikaning asosini tashkil etadi. U belgilangan 
harakatni bajarish uchun mutlaqo majburiydir. Texnika
asosining harakatlardan birini bajarishga qaratilgani umuman 
harakatni buzib ko‘rsatishga olib keladi. (masalan, gavda va
oyoqlar harakatining xarakteri yugurib kelish bilan uzunlikka 
sakrashni bajarishdagi uchishning bir-biridan farqi texnikasini
ajratishga imkon beradi).
Texnika asosida yetakchi harakat ajraladi, ya’ni harakat



19
birinchi navbatda, harakatning natija ko‘rsatishi bilan bog‘liq. 


Masalan, suyanib sakrash vaqtida qo‘llar bilan siltanish.
Harakat faqat bitta harakat uchun xos emas. Masalan, 
sakrashda har xil usullar bilan uzunlikka yugurib borish
bilan sakrash. Masalan, yuqoriga sakrash vaqtida oyoq bilan 
siltash harakati detallarining o‘zgargan shakli – texnikani
individuallashtirishning asosiy yo‘lidir.



Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling