Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


Download 165.78 Kb.
bet7/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

Jismoniy tarbiya tizimi jismoniy tarbiyaning g‘oyaviy,
ilmiy-metodik negizlari birligidan, shuningdek, respublika 
fuqarolarining jismoniy tarbiyasini amalga oshiradigan va
nazorat qiladigan tashkilotlar va muassasalar birligidan iborat.


2.2. Jismoniy tarbiyaning tamoyillari

2.2.1. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish tamoyili
Ma’naviy va jismoniy kuchlari har tomonlama kamol 
topgan kishilargina o‘z Vataniga sodiq bo‘ladi va uning
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Har taraflama barkamol 
kishilar osmondan tushmaydi. Ular muayyan ijtimoiy hayot
sharoitlari ta’siri ostidagina shunday barkamol kishilar bo‘lib 
yetishishi mumkinki, bu sharoitlar orasida tarbiya, jumladan,
jismoniy tarbiya alohida rol o‘ynaydi. 
Inson jismoniy va ma’naviy kamolotining yagonaligi tufayli
jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy va estetik tarbiya 
vazifalarini hal etish uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Bu
vazifalarni hal etish shaxsni har taraflama kamol toptirish omili 
sifatida jismoniy tarbiyaning rolini kengaytiribgina qolmay,
balki bevosita jismoniy tarbiyaning o‘z muvaffaqiyatini 
ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiya turlari bilan o‘zaro 
aloqasi inson kamolotining boshqa turli tomonlari yagonaligidan
tashqari bizning sharoitimizda tarbiya maqsadlarining birligi 
bilan ham belgilanadi. Shu sababli, insonni har taraflama kamol
toptirish tamoyili quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi:


10


Tarbiyaning turli tomonlari yagonaligiga qat’iy rioya 

qilish. Sportchilar mehnatning ilg‘or pozitsiyalarida bo‘lishlari
jamoa uchun kurashishlarining hal qiluvchi garovi, dastavval, 
ularning shu jamiyatning peshqadam kishilari sifatidagi ijtimoiy
ongliligidan iboratdir.



Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling