Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy


II BOB. JISMONIY TARBIYA TIZIMI


Download 165.78 Kb.
bet6/45
Sana18.11.2023
Hajmi165.78 Kb.
#1783959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi uslubiy-fayllar.org

II BOB. JISMONIY TARBIYA TIZIMI

2.1. Jismoniy tarbiya tizimi rivojlanishining tarixiy 

qonuniyligi
Afsonalar, rivoyatlar, og‘zaki naqllar, madaniy ashyolar 
va turmush predmetlari, rasmlar, qoyaga o‘yilgan tasvirlar,
ilmiy ekspeditsiyalar paytida topilgan qadimgi madaniyat 
haykalchalari qadimgi odamning madaniyati haqida, shu
jumladan, jismoniy tarbiyasi haqida ham mulohaza yuritishga 
imkon beradi.
Jismoniy tarbiya masalasiga tatbiqan bu kuzatish va 
tekshirishlar natijasida olimlar mashq qiluvchanlik qadimgi
dunyo odamlariga ham xos bo‘lgan, degan fikrni bildirmoqdalar.
Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi uchun
jamiyatning ma’naviy-madaniyati va yuqori darajada moddiy 
ta’minoti zarur. Ibtidoiy jamoa tuzimida jismoniy tarbiya
tizimining faqatgina kurtagi vujudga keldi. O‘sha davrda har 
bir insonning jismoniy tayyorgarligiga talab juda katta bo‘lgan,
chunki og‘ir turmush sharoiti jismoniy tayyorgarlikka ehtiyojni 
talab qilar edi. Ammo o‘sha davrlarda tizimni yaratish uchun
turmushning past moddiy darajasi imkon bermadi.
O‘rta Osiyo ilm-fani va madaniyati tarixida qomusiy
bilimlar sohibi Abu Ali Ibn Sino (980-1037-y) muhim o‘rinda 
turadi. U “mo‘tadil ravishda va o‘z vaqtida jismoniy tarbiya
bilan shug‘ullanuvchi odam buzilgan holatlar tufayli kelib 
chiquvchi kasalliklar davosiga muhtoj bo‘lmaydi” deb bashorat
qiladi (1993, 316 bet).
Ibn Sino jismoniy tarbiya mashqlarining turlari va ular bilan
shug‘ullanish tartib-qoidalarini ham aniq ko‘rsatadi. Jismoniy 
tarbiyaning xillari turli bo‘lishini quyidagicha ifodalaydi:
kichigi va kattasi, juda kuchliligi va tez va susti, tez va shiddatli, 
nihoyat sust turiga bo‘lingan.



9
Amir Temur Kesh (Shahrisabz) tumanidagi Xo‘jailg‘or 


qishlog‘ida Barlos qavmi begi bo‘lgan Amir Tarag‘ay
xonadonida 1336 yil tavallud topgan. U yoshlik chog‘ida harbiy 
mashqlarga nihoyatda qiziqqan, feodal urushlarda bevosita
qatnashgan va tajribalar orttirib, mohir jangchi bo‘lgan. 
Jangchilarni tayyorlashda jismoniy mashqlardan keng ravishda
foydalangan.



Download 165.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling