17
Binobarin, jismoniy mashqlarning ta’sir o‘tkazuvchi omillarini
bilish pedagogik jarayonning boshqaruvchanligini oshirishga
imkon beradi. Barcha xilma - xil omillarni quyidagi tarzda
guruhlashtirish mumkin:
1. O‘quvchilar va o‘qituvchining shaxsiy tavsifi muhim
omildir. Ikki tomonlama o‘qitish jarayoni – o‘qituvchi o‘rgatadi,
o‘quvchi o‘rganadi, shuning uchun jismoniy mashqlar teng
darajada ta’sir o‘tkazishi o‘rgatayotgan va o‘rganayotgan
tomonining axloqiy sifatlari, aql-idroki bilimlari, ko‘nikma va
malakasi, jismoniy rivojlanish darajasi, manfaatdorligi, faolligi
va boshqalarga bog‘liq.
2. Jismoniy tarbiya qonunlarining ilmiy omillari insonning
bilish darajasini xarakterlaydi. Jismoniy mashqning pedagogik,
fiziologik fazilatlari qanchalik chuqur ishlab chiqilgan bo‘lsa, u
shu qadar samaralidir. Ulardan pedagogik vazifalarni yechishda
foydalanish mumkin.
3. Uslubiy omili jismoniy mashqlardan foydalanish vaqtida
amalga oshirishga tegishli talablarning keng guruhlarini
birlashtiradi.
4. Meteorologik omillari (havo harorati, namligi va
hokazolar) ta’sir o‘tkazishni bilish guruhlarini tashkil etadi.
5. Moddiy omillar (sport inshootlari, anjom-jihozlar,
kiyimlar) sport vazifalarini yechishga ko‘proq va kam darajada
– umumta’lim, sog‘lomlashtirish vazifalarini yechishga ta’sir
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: